Microsoft Word aktiv va passiv êèòîáè



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/149
Sana30.06.2022
Hajmi1,91 Mb.
#720338
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   149
Bog'liq
Aktiv va passivlarni boshqarish SAMISI

 
16.3. 1-jadval
Bitcoinlarning emission holati
(05.01.2009 –04.01.2016-yillar) koʻrsatkichlari 
№ 
Koʻrsatkichlar 
Bitcoinlarning emission holati (birlikda) 

05.01.2009 
4 333,33 

04.01.2010 
1 681 250,00 

03.01.2011 
5 068 778,57 

02.01.2012 
8 040 842,86 

07.01.2013 
10 650 996,43 

06.01.2014 
12 239 789,29 

05.01.2015 
13 703 039,29 

04.01.2016 
15 056 114,29 
 
Keltirilgan 16.3. 1-jadvalda, 2009-yildan 2016-yilga qadar Bitcoinlarning 
emission holatining umumiy qiymati doimiy oʻzgaruvchan ekanligini koʻrishimiz 
mumkin. Bitcoinlarning emission jarayoni 2009-yildan boshlangan boʻlsa, oʻsha 
davrda Bitcoinlar emissiyasining umumiy qiymati 4333,33-birlikni tashkil etgan 


233 
edi, 2010-yildan boshlab uning hajmi 1 mln. birlikdan oshganini, 2013-yilning 
boshidan boshlab Bitcoinlarning emissiyasi hajmi 10 mln. birlikdan oshganini, 
2016-yil boshidan boshlab esa uning koʻrsatkichi 15 mln. birlikdan oshganini 
koʻrishimiz mumkin. Bu holatni, Bitcoinlarga va uning emissiyasiga boʻlgan 
qiziqishning vaqt oʻtgan sari oshib borayotganining isboti sifatida kuzatishimiz 
mumkin. 
Bitcoin narxining oʻzgarishi va bir birlik Bitcoin emission jarayonini kuzatar 
ekanmiz uning yana bir koʻrsatkichi bizni tobora qiziqtirib bormoqda. 
Bitcoinlarning 15 mln.dan ortiq birliklari moliyaviy bozorda qanday ulushga ega, 
uning kapitalizatsiya darajasi qay darajada, ushbu tahliliy maʻlumotlarni biz yana 
bir muhim koʻrsatkich sifatida oʻrganishga harakat qildik. 
2010-2016-yillarda dunyo moliya bozorida talab va taklif qonunlari asosida 
Bitcoinlarning elektron birjalarda shakllangan umumiy kapitalizatsiya qiymatini, 
keltirilgan 16.3.3-jadvalda koʻrishimiz mumkin. 
16.3. 2-jadval 
Bitcoinlarning umumiy bozor kapitalizatsiya darajasi 
(17.07.2010-01.01.2016 yillar) koʻrsatkichlari 
№ 
Koʻrsatkichlar 
Bitcoinlarning umumiy kapitalizatsiya summasi 
(AQSH dollarida) 

17.07.2010 


18.07.2010 
295 941,80 

01.01.2011 
1 508 865,00 

01.01.2012 
42 191 322,77 

01.01.2013 
141 264 250,15 

01.01.2014 
9 403 148 823,76 

01.01.2015 
4 293 100 779,20 

01.01.2016 
6 531 195 386,40 
Keltirilgan 16.3.2-jadvalda dunyo mamlakatlari birjalarida Bitcoinlarning 
umumiy bozor kapitalizatsiya darajasi, 2010-yilning 17-iyul oyidan boshlab 2016-
yilning 1-yanvar holatidagi oʻzgarishlar tahlilini keltirdik. Bitcoinlarning umimiy 
bozor kapitalizatsiya darajasi 2010-yilning 18-iyulida 295941,8 AQSH dollarini 
tashkil etgan boʻlsa, 2014 yilning boshida uning summasi 9 mlrd. AQSH 


234 
dollaridan oshganini koʻrishimiz mumkin. 2010-yildan to 2014-yilga qadar, qisqa 
davr mobaynida Bitcoinlarning bozor kapitalizatsiya qiymatining keskin 
oʻzgarishini, 31773 koeffitsiyentga oshganlik darajasini sezilarli koʻrsatkich deb 
taʻkidlab oʻtishimiz zarur. 2016-yil 1-yanvar holatida uningkapitalizatsiya darajasi 
6,5 mlrd. AQSH dollaridan oshgani, uning dunyo moliya bozorida oʻz oʻrni 
borligini anglatmoqda. 
Taʻkidlab oʻtganimizdek, bugungi kunda bir birlik Bitcoinning narxi 
oʻrtacha 700-750 AQSH dollari miqdorida boʻlsa ham, mutaxassislarning turli 
xildagi ijobiy va salbiy fikr va qarashlariga sabab boʻlmoqda. Masalan, baʻzilari 
kelajakni belgilab beruvchi kashfiyot deyishsa, boshqalari hali yetilmagan oddiy 
iqtisodiy va moliyaviy konsepsiya deb qarab, Bitcoinni tanqidga olishmoqda. 
Toʻgʻri hamma narsaning oʻz salbiy tomonlari boʻlgani singari Bitcoin ham 
kamchiliklardan holi emas. Bulardan biri, balki eng koʻzga koʻringani uning 
taminlanmaganligidadir. Bitcoin bir oʻzi hech qanday qiymatga ega emas, uning 
qiymati va barqarorligini taminlash va nobarqaroligining oldini olishning yagona 
yoʻli bu uni ommalashtirishda deb oʻylaymiz. Agar ishonchlilik va taʻminlanganlik 
sifatlarini olgan holda Bitcoinga turli savdo saytlari toʻlovlarni qabul qila 
boshlasalar, Bitcoin oʻz oʻrnida ularning tovarlari bilan taʻminlanib boradi. 
Bitcoinning qanchalik koʻp muomalada boʻlishi, uning qadrli boʻlishi va 
dunyo moliya bozorida oʻz oʻrnini mustahkam egallab turishi elektron birjalarda 
shakllangan talab va taklifdan kelib chiqishini unutmaslik lozim. 
Xulosa oʻrnida shuni taʻkidlash kerakki, tez rivojlanib borayotgan 
texnologiyalar davrida bitta gʻoyaning uzoq qolishiga ishonish qiyin. Hech narsa 
mukammal boʻlmaganidek, Bitcoinlar kamchilik va yutuqlarga ega. Maqsad uning 
yutuqlaridan foydalangan holda, kelajakda asrlar davomida rivojlanib kelayotgan 
pulni mazmun va mohiyatini yana bir pogʻona yuqoriga koʻtarishdan iboratdir. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish