Tayanch soʻz va iboralar
Kredit riski, operatsion risk, huquqiy risk, sugʻurta riski, transfert riski,
bozor riski, foiz riski, likvidlilik risk, reputasiya riski, valyuta riski,
“Mudis”
218
xalqaro reyting agentligi,
opsion, GEP usuli, Dyuratsiya usuli, imitatsion
modellashtirish usuli, statistik tahlil usullari.
Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar
1.
Bank riski tushunchasining iqtisodiy mohiyati nima?
2.
Amaliyotda bank risklarini baholash usullari?
3.
Bank risklarini boshqarishda qanday usullardan foydalaniladi?
4.
Bazel Qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatda risklarning qanday
turlari mavjud?
219
16-BOB: MOLIYA VA ELEKTRON PUL BOZORLARI
AKTIVLARINI BOSHQARISH
§
16.1. Moliya bozori va uning segmentlari
§
16.2. Elektron pul bozori tushunchasi va unda toʻlovlarni amalga oshirish
tartibi
§
16.3. Elektron pullar muomalasini boshqarish usullari
§
16.1. Moliya bozori va uning segmentlari
Moliya bozori – bu moliyaviy xizmatlar taklif etiladigan bozordir.
Moliya bozorining quyidagi segmentlari mavjuddir:
- ssuda kapitallari bozori;
- valyuta bozori;
- qimmatli qogʻozlar bozori;
- sugʻurta bozori;
- lizing bozori.
Ssuda kapitallari bozorida kredit resurslari oldi-sotdi qilinadi. Ssuda
kapitallari bozorining oʻzi 2 ta segmentga ega:
1. Qisqa muddatli pul bozori;
2. Kapital bozori
Valyuta bozorida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadi.
Qimmatli qogʻozlar bozorida qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi qilinadi.
Sugʻurta bozorida sugʻurta xizmatlari taklif etiladi.
Lizing bozorida lizing kompaniyalari va tijorat banklari tomonidan lizing
xizmati taklif etiladi.
Moliya bozorining emitentlarini quyidagi belgilarga asosan tasniflash
mumkin:
1. Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha: davlat organi, turli mulkchilik asosidagi
yuridik shaxs.
220
2. Faoliyat yoʻnalishi boʻyicha: davlat, xalqaro va nodavlat moliyaviy
institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar.
3. Moliyaviy instrumentlari boʻyicha: davlat, munisipal, xalqaro va nodavlat
(korporativ) instrumentlar chiqaruvchi tashkilotlar.
4. Emission siyosati boʻyicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar,
budjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi
tashkilotlar, investitsion siyosat (strategik, portfel, xorijiy investorlarga qaratilgan
siyosat) yurituvchi tashkilotlar.
5. Milliyligi boʻyicha: rezidentlar va norezidentlar.
6. Emission potensiali boʻyicha: katta, oʻrta va kichik hajmda moliyaviy
instrumentlarni chiqaruvchi tashkilotlar.
7. Imidji va riski boʻyicha: yuqori, oʻrta va kamnufuzli va riskli tashkilotlar.
8. Moliyaviy instrumentlarining jalbdorliligi boʻyicha: yuqori, oʻrtacha va
kam jalbdor emitentlar.
Investorlarni quyidagi belgilarga asosan tasniflash mumkin:
1. Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha: davlat tashkiloti (davlat boshqaruvi va
hokimiyati organi), turli mulkchilik asosidagi yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar
(fuqarolar va vaqtinchalik fuqarolik xuquqiga ega emaslar).
2. Faoliyat yoʻnalishi boʻyicha: individual va institusional boʻlgan davlat,
xalqaro va nodavlat moliyaviy institutlar va nomoliyaviy tashkilotlar, jismoniy
shaxslar.
3. Investitsion vositalari boʻyicha: pul, valyuta, kredit, mulk, tovar-xom-
ashyo, qimmatli qogʻozlar va h.k. resurslariga ega boʻlgan investorlar.
4. Investitsion siyosati boʻyicha: davlatning iqtisodiy siyosatini (monetar,
budjet-soliq) yurituvchi vakolatli tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy siyosatni yurituvchi
tashkilotlar, investitsion siyosat yurituvchi shaxslar.
5. Milliyligi boʻyicha: rezidentlar (ichki) va norezidentlar (tashqi).
6. Investitsion potensiali boʻyicha: katta (institusional, strategik), oʻrta va
kichik (minoritar) hajmda investitsiyalarni yoʻnaltiruvchilar.
7. Riski boʻyicha: yuqori, oʻrta va kam riskli investorlar.
221
8. Strategiyasi boʻyicha: agressiv, konservativ va ularning gibridiga
asoslangan investorlar.
9. Investitsiyalar turlari boʻyicha: portfel, toʻgʻri investitsiyalar qiluvchi
investorlar. Portfelli investorlar spekulyativ-portfel va strategik-portfel turida
boʻlishi mumkin.
10. Investitsiya muddati boʻyicha: qisqa, oʻrta va uzoq muddatli investorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |