§
17.3. Xorijiy davlatlar bank amaliyotida foiz stavkalarini
shakllantirish tajribasi
Piter Rouz (1997) ning fikriga koʻra, tijorat banklari tomonidan toʻqnash
keladigan risklar orasida foiz riskining xavflilik darajasi yuqori boʻladi, chunki
foiz stavkalarining keskin oʻzgarishi banklarning daromadiga hamda bank
aktivlari, passivlari va kapitali qiymatiga taʻsir etadi. Foiz riskining oldini olish
uchun moliyaviy operatsiyalarni xedjerlash kerak boʻladi. Foiz riskini xedjerlash
moliyaviy instrumentlarni sotish yoki sotib olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ularni foizli opsionlar, foizli fyucherslar va foizli svoplar orqali himoyalash
mumkin:
•
foizli opsion zayomda belgilangan narxda kelishilgan maʻlum bir davrda
oʻrnatilgan foiz stavkasida (majburiy boʻlmagan holda) foiz toʻlash yoki
olish huquqini beradi;
•
foizli fyuchers kelajakda belgilangan muddatda foiz stavkasida kreditlar
berish yoki depozitlar olishga majburiyat beradi;
243
•
foizli svop-toʻlovlarni suzib yuruvchi foiz stavkasidan qatʻi belgilangan foiz
stavkasiga yoki teskarisini qoʻllashga imkon beradi.
Klassik nazariyada Keyns Dj.M. (1899) foiz stavkasi va uning meʻyori
haqida foiz meʻyori bozorda kapitaldan foydalanganlik uchun toʻlanadigan baho
sifatida aniqlanadi, degan fikrni bildirgan. Amerikalik iqtisodchi I.Fisher (2001)
foiz stavkasiga quyidagicha taʻrif beradi: “Foizning darajasini foiz mukofoti
sifatida aniqlasak boʻladi, chunki u pulda aks etgan boʻlib shartnomada kelishilgan
davrdan keyin toʻlanishi kerak”. O.I.Lavrushin (2014) ssuda foizi turli narxdagi
qiymatining bahosi, uning maʻlum bir foydalanilgan davrdagi qiymat hisobidan
kelib chiqishini bildirgan. Agar ilmiy nuqtayi nazardan qarasak, ssuda uchun
belgilangan foiz stavkasi qarz oluvchining daromadini bir qismidan kelib chiqadi.
I.Ya. Qulliyev (2010) tijorat banklarida kredit bahosini shakllantirishda bir qator
omillar oʻz taʻsirini koʻrsatadi degan fikrda. Tijorat banklarining kredit bahosining
meʻyori banklar tomonidan jalb qilingan depozitlar bahosi, kredit operatsiyalari
boʻyicha bankning operatsion xarajatlari, kredit riski boʻyicha ustama hamda
bankning marjasi oʻz taʻsirini koʻrsatadi. Bu holatda kreditning bahosini quyidagi
formula orqali aniqlagan:
=
+
+ + +
Bunda: R – bank krediti bahosi; Dr – bankning jalb qilingan mablagʻlari
bahosi; Do – tijorat banki operatsion xarajatlari; P – kredit riski boʻyicha ustama; S
– bank marjasi; A – bank tomonidan belgilanadigan qoʻshimcha toʻlovlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 30-yanvarda 1306-son
bilan roʻyxatga olingan “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash toʻgʻrisida”gi
nizomga asosan kredit berilgan kundan foizlar 16309- hisobvaraqda hisobga olib
boriladi (Nizom, 2004). Shartnomada belgilab berilgan muddatlarda foiz summasi
undiriladi. Agar mijoz oʻz vaqtida kreditni qaytarmasa, bu holda foiz stavkasi
shartnomaga asosan muddatli kreditga nisbatan yuqoriroq boʻladi. Muddati oʻtgan
foizlarning hisobi 16377- hisobvaraqda hisobga olib boriladi va har bir oʻtgan kuni
uchun 0,1% miqdorida mijoz tomonidan jarima toʻlanadi. Bankda aktiv
244
operatsiyalar boʻyicha foiz stavkalarini shakllantirishda quyidagi omillar inobatga
olinadi:
•
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi;
•
bozor sharoitlari;
•
pul mablagʻlarini oshirish xarajatlari;
•
proyektning riskli darajasi;
•
qarzdorning
moliyaviy
darajasi,
ishonchlilik
darajasi,
toʻlovga
qobiliyatliligi.
Bank kreditidan foydalanilgan vaqt uchun haq toʻlash kredit narxini yoki
bahosini tashkil etadi, u hisobot oyi boshlangunga qadar bank boʻyicha yuzaga
keladigan oʻrtacha foiz stavkasi va marjani oʻz ichiga oladi. Bank oladigan va
toʻlaydigan foiz oʻrtasidagi farq marja deb yuritiladi. Baʻzi adabiyotlarga koʻra foiz
marjasi – bank aktiv va passiv operatsiyalari boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari
orasidagi farqdir. Yo.Abdullayev, T.Qoraliyev fikriga koʻra, “foiz marjasi – bank
aktivi keltirgan daromad foizi bilan bank majburiyatlari boʻyicha xarajat foizi
oʻrtasidagi tafovutdir”. Marja – kreditlar va sof toʻlovli majburiyatlar foiz
stavkalari oʻrtasidagi farqdir. Xalqaro standartlarga asosan marja 2 foizdan kam
boʻlmagan miqdorni tashkil etishi tavsiya qilinadi. Demak, yuqoridagi fikrlarni
umumlashtirgan holda foizli marja – bu bank aktivlaridan daromad keltiruvchi
foizli daromad va bank majburiyatlari boʻyicha foizli xarajat oʻrtasidagi farq degan
xulosa qilish mumkin. Foizli marjani foizlar boʻyicha keladigan sof daromad ham
deb atashadi. U quyidagi formula orqali hisoblanadi:
M = (Df – Rf)/ Ad
∗
%
M – foizli marja;
Df – foizli daromad;
Rf – foizli toʻlovlari boʻyicha xarajatlar;
Ad – foiz koʻrinishida daromad keltiradigan aktivlar. Foiz marjasi-bu
bankning foiz boʻyicha koʻrgan daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi farq
hisoblanadi. Marja bank xarajatlarini qoplash uchun, risklarni, inflyatsiyani
inobatga olgan holda daromad koʻrish uchun moʻljallangan. Xalqaro amaliyotda
245
tijorat banklarini daromadlarini hisoblashda operatsion marja ham ishlatiladi.
Operatsion marja bankning asosiy operatsiyalaridan koʻradigan daromadlari,
quyidagi formula orqali hisoblab topiladi:
OpM = Dbokd / Adka * 100%
Dbokd – bankning asosiy operatsiyalaridan koʻradigan daromadlari; Adka –
daromad keltiruvchi aktivlar. OpM – operatsion marja.
Tijorat banklarining asosiy operatsiyalaridan koʻradigan daromadlari tarkibi:
•
sof foizli daromad;
•
valyuta operatsiyalaridan koʻrilgan sof daromad;
•
qimmatli qogʻozlar boʻyicha qilingan operatsiyalardan koʻrilgan sof
daromad;
•
lizing operatsiyalaridan koʻrilgan sof daromad;
•
qimmatbaho metallar bilan qilingan operatsiyalardan koʻrilgan sof daromad.
Haqiqiy marjani olish uchun bankning jami foizli daromadlari va jami foizli
xarajatlari oʻrtasidagi farqdan yoki maʻlum bir foizli aktiv operatsiyalari
oʻrtasidagi farqdan koʻrish mumkin. Masalan, kreditlar boʻyicha foiz undiruvi va
kredit resursi uchun foizli xarajatlar farqi. Haqiqiy foizli marja quyidagi formula
orqali aniqlanadi:
M = Fk − Fr
M – haqiqiy foizli marja;
FK – kreditlar boʻyicha oylik foiz stavkasi;
FR – resurslar boʻyicha oylik foiz stavkasi.
Foizli marjaning hajmiga, kreditlarning tarkibi, tuzilishi va ularning
manbalari asosiy faktorlar boʻlib hisoblanadi. Kreditlarni muddatlari boʻyicha
joylashtirish, riskdan himoyalash, kredit maqsadlari, kreditning daromadliligini
taʻminlaydi. Bu holatda, depozitlarning hajmi, turi va muddatlari muhim oʻrin
tutadi. Foizli marjaning oʻzgarishi banklarning aktiv operatsiyalari boʻyicha foiz
stavkalarining koʻtarilishi va tushishi bilan bogʻliq boʻlishi, jalb qilingan pullik
resurslarning passiv operatsiyalarga taʻsiri va uning kreditlardagi ulushi ham taʻsir
etishi mumkin. Jalb qilingan pullik resurslarni muddatlari va kreditlarning
246
muddatlari marjaga taʻsir etadi. Tijorat banklarining hisob kitoblarini samarali olib
borilayotganini hisoblash uchun tijorat bankining spredini aniqlash kerak boʻladi.
Hamda sof foizli marja, tijorat bankining faoliyatini raqobatbardoshliligini va
boshqa jihatlarini oʻz ichiga oladi. Spred quyidagi formula orqali aniqlanadi.
Spred = Fd /Ad – Fx / -Mxt
Bu yerda:
Fd – foizli daromad;
Ad – daromad keltiruvchi aktivlar;
Fx – foizli xarajat;
Mxt – xarajatga tortiluvchi majburiyatlar.
Tijorat banklarining spred koʻrsatkichi orqali banklar omonatchilar va
kreditorlar oʻrtasida vositachilik xizmati koʻrsatishi qanchalik toʻgʻri yoʻlga
qoʻyilganligi hamda banklar oʻrtasidagi raqobatni koʻrsatadi. Banklar oʻrtasida
raqobatni kuchayishi, odatda, kreditlar va xarajatga tortiladigan majburiyatlari
boʻyicha oʻrtacha foizli daromad hamda xarajatlarning orasidagi farqini
qisqarishiga olib keladi. Ushbu holatda boshqa faktorlar taʻsiri yoʻq deb
hisoblasak, tijorat banklari daromad topishning boshqa yoʻllarini izlashiga toʻgʻri
keladi.
Yana ushbu koʻrsatkichning ahamiyati shundaki, bankning xizmat
koʻrsatishdan koʻrgan daromadiga va moliyaviy natijalariga belgilangan foiz
stavkalari oʻz taʻsiriga ega. Ushbu koʻrsatkichni bogʻliq banklar yoki bogʻliq
boʻlmagan banklar koʻrsatkichi bilan solishtirganda tijorat bankining foiz
siyosatini qanchalik samarali ekanligini baholash mumkin.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston bank tizimi mustahkam iqtisodiy-huquqiy
bazaga ega boʻlishi bilan birga, islohotlarning faol ishtirokchisi sifatida ham ajralib
turibdi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro moliya bozorining
qatnashchisiga aylanishi, bank faoliyatini yanada erkinlashtirish, bank xizmatlari
bozorida raqobatning oshishi tijorat banklari tomonidan mablagʻlar jalb qilinishi va
oʻz oʻrnida kredit operatsiyalarni bajarishda foiz siyosatini ishlab chiqishi va uni
toʻgʻri yuritilishi talab etiladi. Shu oʻrinda taʻkidlash lozimki, Markaziy bank
247
tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati inflyatsiya darajasining
belgilangan prognoz koʻrsatkichlar doirasida boʻlishini taʻminlash bilan birga,
banklarning investitsion faolligiga ijobiy taʻsir koʻrsatmoqda. Markaziy bank
tomonidan iqtisodiyotning pulga boʻlgan talabini qondirish va makroiqtisodiy
oʻsish surʻatlarini taʻminlash maqsadida hamda inflyatsiya darajasidan kelib
chiqqan holda qayta moliyalash stavkasi doimo oʻzgartirib borilmoqda.
Tijorat banklari tomonidan kreditlar va depozitlar boʻyicha foiz stavkalarini
shakllantirishda pul va moliya bozorlaridagi foiz stavkalari hisobga olinadi. Pul va
moliya bozorlaridagi foiz stavkalari esa Markaziy bankning pul-kredit siyosati va
boshqa bir qator omillar taʻsirida shakllanadi. Shunday qilib, respublikadagi
barqaror makroiqtisodiy holat va yuritilayotgan qatʻi pul-kredit siyosati pul va
moliya bozorlaridagi foiz stavkalari, jumladan, tijorat banklarining kreditlari va
depozitlari boʻyicha foiz stavkalari dinamikasida oʻz aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |