Microsoft Word aktiv va passiv êèòîáè


 Tijorat banklari amaliyotida foydalaniladigan foiz stavkalari



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/149
Sana30.06.2022
Hajmi1,91 Mb.
#720338
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   149
Bog'liq
Aktiv va passivlarni boshqarish SAMISI

17.2. Tijorat banklari amaliyotida foydalaniladigan foiz stavkalari, 
ularning asosiy turlari va boshqarish usullari 
Foiz stavkasi – jalb qilingan mablagʻlar boʻyicha kelishilgan daromadlilik 
stavkasidir. Amalda mablagʻlarni jalb qilish turlari qancha koʻp boʻlsa, ularni foiz 
stavkasi turlari ham shuncha koʻp boʻladi. Misol, qarz oluvchi uy sotib olish 
maqsadida berib turilgan qarz pul uchun mazkur zayom boʻyicha foiz stavkasi 
toʻlaydi, bu, oʻz navbatida, qoʻyilgan mablagʻ(naqd, mulk va boshqalar) boʻyicha 
foiz stavkasi deb yuritiladi; bankni firmadan ushlayotgan stavkasi esa tijorat 
krediti boʻyicha foiz stavkasi deyiladi. 
Foizlarni hisoblashda tartib boʻyicha diskret (diskret foizlari) usulida, bunda 
ham hisoblash davrlari oy, chorak va yil sifatida qabul qilinadi. Ayrim hollarda 
har kunlik hisoblash qoʻllanilib, (misol, uzoq muddatli investitsiyalarni tahlil qilish 


240 
uchun), mijozlarga maʻqul kelishi uchun ayrim hollarda foizni uzluksiz hisoblash 
usuli qoʻllaniladi.
Foiz stavkasini son jihatdan moliyaviy tahlil etishda nafaqat qarz 
summasini koʻpayish quroli koʻrinishda, balki kengroq maʻnoda bevosita 
mablagʻlarni bir egasidan boshqasiga oqib oʻtish va koʻpayish orqali tijorat va 
moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlilik darajasini oʻlchash uchun joriy 
etiladi. Foiz stavkalar avvalgi u yoki bu boshlangʻich summasiga yoki avalgi 
davolar uchun hisoblangan foiz summasiga ssudani mazkur muddatni barcha 
davolari (oddiy foiz stavka)ga qoʻllaniladi. Shunga oʻxshash, hisob stavkalari 
ham qoʻllaniladi. Mos holda, asosiy foiz stavka 4 turi bir-biridan tubdan farq 
qiladi: oddiy va murakkab foiz stavkalari, oddiy va murakkab hisob stavkalari.
Amaliyotda fiksirlangan stavkadan tashqari suzib yuruvchi yoki
oʻzgaruvchan stavkalari mavjud. Ba’zi holatlarda shartnomalarda ayrim bazaviy
stavkalari (pul bozoridagi stavkani vaqtlar boʻyicha oʻzgarishidan, misol uchun 
London banki tomonidan oʻrnatilgan «LIBOR»stavkasi)ga fiksirlangan 
qoʻshimcha daromad-marja qoʻshiladi. Shunday qilib, umuman, stavka qaysiki, 
foiz hisoblanayotgan stavka bazaning oʻzgarishi hisobiga oʻzgarib turadi. 
Shartnomalardagi marjaning hajmi vaqtlar boʻyicha oʻzgarishi orqali koʻrsatilishi 
mumkin. 
Nominal foiz stavkasi deganda eʻlon qilingan foiz stavkasi tushuniladi. Real 
foiz stavkasi deganda nominal foiz stavkasini pulning qadrsizlanish darajasiga 
muvofiqlashtirilgan darajasi tushuniladi. Foizning nominal stavkasi (i) va real 
stavkasi (r) deb belgilansa: 
r = i + x, 
bu yerda, x – inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi. 
Rivojlangan davlatlar pul-kredit tizimida foiz stavkalarning turli-tumanligi 
mavjud. Foiz stavkalarning birinchi darajasi – Markaziy bank tomonidan tijorat 
bankiga taqdim etiladigan kreditlar boʻyicha belgilanadigan rasmiy foiz 
stavkasidir. Mazkur foiz stavkasi hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz 
stavkasi deb ataladi. 


241 
Foiz stavkalarning navbatdagi darajasi kredit resurslarining banklararo 
bozoridagi taklif stavkalaridan iboratdir. Yetakchi banklar birinchi darajali banklar 
yevrovalyutalarida ushbu banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish orqali 
kreditlashni taklif stavkalari boʻyicha amalga oshiradi. Misol sifatida LIBOR 
(LIBOR – London Inter Bank Offered Rate) London banklararo taklif stavkasini 
keltirish mumkin. Ushbu stavka rasmiy asosda belgilanmaydi, balki har bir tijorat 
banki mazkur stavkani har bir ish kunining birinchi yarmi, yaʻni soat 11.00 
holatiga pul-kredit bozorining konʻyunkturasidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. 
LIBOR stavkasi deganda ushbu banklar boʻyicha oʻrtacha arifmetik miqdor 
sifatida hisoblangan oʻrtacha stavka tushuniladi. 
FV = 1000 dollar x 1,10 = 1100 dollar. 
Agarda siz 1100 dollarni hisob raqamida yana bir yilga qoldirsangiz, unda 
ikkinchi yil yakunida pulingiz qancha boʻladi? Ikkinchi yil davomida siz 1100 
dollarli summaga yillik 10% hajmida daromad olasiz va hisoblangan foizlarning 
summasi 0,10 x 1100 = 110 dolarga teng boʻladi. Demak ikkinchi yilning oxiriga 
kelib siz 1210 dollarning egasi boʻlasiz. 
Murakkab foizlarning tabiati toʻgʻrisida aniq bir tasavvurga ega boʻlish 
uchun biz istiqboldagi qiymatni (1210 dollar) uch tarkibiy qismga boʻlamiz.
Birinchi qism – bu dastlabki 1000 dollar. Ikkinchi qism boʻlib esa mazkur 1000 
dollarga birinchi yil uchun 100 dollar va ikkinchi yil uchun 100 dollar hajmida 
hisoblangan foizlar hisoblanadi. Omonatning asosiy summasiga hisoblangan 
foizlar oddiy foizlar (simple interest) deb ataladi 
Endi, yana 10 dollar hajmidagi foizlar mavjud, ular ikkinchi yili olingan 
boʻlib, birinchi yil uchun foizlar sifatida olingan 100 dollarlik summaga 
hisoblangan. Toʻlangan foizlarga nisbatan hisoblangan foizlar murakkab foizlar 
(compound interest) deb ataladi. Foizlarning umumiy hisoblangan summasi (210 
dollar) oddiy foizlar (200 dollar) va murakkab foizlar (10 dollar)dan iborat. 
FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1² = 1210 dollar. 
Uch yildan soʻng ushbu summa 
FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1³ = 1331 dollar. 


242 
Respublikamiz bank amaliyotida foiz stavkasining qatʻi va suzib yuruvchi 
foiz stavkalaridan foydalaniladi. Bu foiz stavkalari banklarning depozit va kredit 
siyosatiga taʻsir koʻrsatadi. Tijorat banklari kreditor sifatida suzib yuruvchi foiz 
stavkalarini oʻrnatishdan manfaatdor. Chunki bunda bank foiz stavkalarini 
tebranishidan oʻzini manfaatini aniqlaydi. Mijozlar esa kredit olishda qatʻi foiz 
stavkalaridan foydalanishga harakat qiladilar. Qatʻi foiz stavkalarida kredit olish 
mijozni foiz stavkasini oshib ketishi natijasida ortiqcha xarajat qilish xavfidan 
ozod etadi. Mijozlar tijorat banklariga depozit qoʻyishlarida aksincha, bank bilan 
shartnomada kelishgan holda suzib yuruvchi foiz stavkalarini oʻrnatilishidan 
manfaatdordir. Bu holatda mijozlarning qayta moliyalashtirish stavkasining 
oʻzgarishi va boshqa omillarni hisobga olgan holda belgilangan foiz stavkasining 
oshishi natijasida qoʻshimcha daromad olish imkoniyatlari paydo boʻladi. 
Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish