Microsoft Word aktiv va passiv êèòîáè



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/149
Sana30.06.2022
Hajmi1,91 Mb.
#720338
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   149
Bog'liq
Aktiv va passivlarni boshqarish SAMISI

a) Reputasiya
. Mazkur jarayon shaxsiy muomala, ham shaxsiy, ham ish 
boʻyicha tajribasidan iborat boʻlishi kerak (kreditor, mahsulot yetishtirib 
beruvchilar va mijozlarni tekshirish). 


211 
b) Imkoniyatlar
. Qarz oluvchi oʻzining barcha operatsiyalari boʻyicha 
(oʻzining butun faoliyati davomida qarz oluvchining olgan pullari) yoki aniq loyiha 
boʻyicha mablagʻ olish va pul vositalarini boshqarish qobiliyati. 
v) Kapital
. Qarz oluvchining kapital bazasi va kredit soʻralgan loyiha uchun 
oʻzining mablagʻlarini sarflashga doir qatʻiligi. Qarz oluvchi loyiha xavfi 
masʻuliyatini kredit beruvchi bank bilan birga oʻz zimmasiga olishi, oʻzining 
hissadorlik kapitalining qabul qilinishi mumkin boʻlgan qismini taqdim etib, oʻziga 
tegishli boʻlgan majburiyatlarni zimmasiga olishi kerak. 
g) Shart-sharoitlar
. Mahalliy, hududiy va umummilliy iqtisodning joriy 
ahvoli va tavsifi, shuningdek, qarz oluvchvi xoʻjaligining sohalari. 
d) Garov
. Kreditni garov yoki kafillik shaklida ishonchli taʻminlash boshqa 
tomondan kuchsizliklarni yoʻqqa chiqarib qoʻyadi. Yaxshi bir qoida bor: faqat 
garov va kafillik asosida hech vaqt kredit bermang. 
Har bir kreditor oʻzining kredit risklarini va yoʻqotishlarini imkon qadar 
pasaytirishga intiladi. Hozirgi kunda kredit risklarini tahlil qilish va ularni 
kamaytirish boʻyicha turli yondashuvlar mavjud. Banklar kredit risklarini 
kreditlarning barcha turlari boʻyicha baholashlari lozim. Kreditlarning 
turkumlanishi banklar tomonidan mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida 
auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi zarur. Xoʻjalik yurituvchi 
subyektning aktivlarini tahlil qilishda banklar tomonidan foydalanadigan mezonlar 
roʻy berish ehtimoli boʻlgan yoʻqotishlarni qoplash uchun rezervlarni shakllantirish 
va ulardan foydalanishga doir qarorlar qabul qilish hamda ijro etish tadbirlari, 
shuningdek, ularni amalga oshirishga nisbatan yondashuvlar bankning kredit va 
hisob siyosatini belgilaydigan hujjatlarida qayd etilishi lozim. 
Aksiyadorlik tijorat bankining ijroiya organi kredit risklarini boshqarishga 
doir strategiya va kredit siyosatining muhim qoidalarini tasdiqlash hamda vaqti-
vaqti bilan qayta koʻrib chiqish (bir yilda kamida bir marta) uchun masʻul 
hisoblanadi. Tijorat bankining ijroiya organlari kredit riskining maqbul darajasini 
va bank oʻz zimmasiga turli kredit risklarini olishi natijasida kutilayotgan 
daromadlilik darajasini aks ettirishi lozim. Bank rahbariyati ijroiya organ 


212 
tomonidan qabul qilingan kredit riskini boshqarishga oid strategiyani amalga 
oshirish, bunday risklarni nazorat qilish va baholash uchun masʻuldir. Bu alohida 
kredit boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarga ham, butun kredit portfeli 
boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarga ham taalluqlidir. Kredit risklarini tahlil 
qilar ekan, banklar ham, xoʻjalik yurituvchi subyektlar ham oʻzlariga bevosita 
bogʻliq boʻlmagan qator muammolar: mamlakatdagi iqtisodiy ahvol, siyosiy ahvol, 
meʻyoriy-huquqiy tizim, uning mamlakatning kreditlash sohasidagi real holatga 
muvofiqligi, inflyatsiya darajasi, bank tizimining rivojlanish darajasi kabilarni 
hisobga olishlari zarur. Bularning barchasi kredit risklarining yuzaga kelish 
ehtimoli va ularni baholash usullariga taʻsir koʻrsatadi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish