Qaysi ulug’ shoir o’zining ruboiylaridan birida jon qancha shirin bo’lmasin, lekin umr barchasidan azizroq, degan falsafani
880.
Qaysi shoir asosan hajman ixcham g’azallar yaratgan? * Bobur
881.
Qaysi shoirning g’azalida siniq ko’ngil vayron bo’lgan Ka’baga qiyoslangan? * A.Navoiy
882.
Qaysi shoir o’z she’rida hamma qulluq qilib turgan, ta’rifiga hamdu sano keltirayotgan sevgiga qarshi bosh ko’taradi? *U.Nosir
883.
Qaysi shoir ko’nglida yotgan armonni cho’kib qolgan nortuyaga, quyosh tushmaydigan yerdagi erimay qolgan qorga qiyoslab
ta’riflagan? * Abay
884.
Qaysi shoir o’z she’rlarida “Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromovlar”, “Fayzullodek mardi rnaydonlar”, “jayrondek termulgan
Cho’lponlar”, “Olislarda qolgan Usmonlar”, “Qodiriyni sotib shoir bo’lganlar” kabi termalarni qo’llagan? * M.Yusuf
885.
Qaysi shoir to’qqiz yoshida “Mening maktab aro buldur murodirn, Xatimdek chiqsa imloyu savodim” deb yozgan va 21-22
yoshida devon tartib bergan edi? * Furqat
886.
Qaysi shoir vodiydagi gullagan o’riklarni yerga qo’ngan oq bulutlarga, tundagi oq mash’alaga qiyoslab tasvirlagan?
*Sh.Rahmon
887.
Qaysi shoirlarning she’riy asarlarida buralib oqib kelayotgan suv noz bilan suzilib kelayotgan suluv, go’zal qizga qiyoslangan?
*Ogahiy “Bahor”, Abay “Ko’klam”
888.
Qaysi shoirning g’azalida lirik qaxramonning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg’ayib ketib, oltinni yashiradigan
darajaga yetdi, ya’ni shunchalik sarg’aydiki, burring oldida tilloning sariqligi hech narsa bo’lmay qoldi, deb ta’riflanadi?
*Lutfiy
889.
Qaysi shoir o’zining asarida buquq “buqoq” so’zini izoxlar ekan,uning kasallik sifatida tarifini beradi, tarqatish donasini
belgilaydi, patalogiyasini tasvirlaydi, naslga o’tishiga diqqat qaratadi? * Maxmud Qoshg’ariy
890.
Qaysi shoir o’z turkiy devoni “Debocha “ sida o’z ona tilida she’r yozmaslik yoki yoza olmaslik o’sha shoir tabining “Qobi li
qusuri “Isdedod kamoli “ ga ,”Roxna” xisoblaydi? * Fuzuliy
891.
Qaysi shoir o’z asarlaridan birida tazod san’ati vositasida saltanat ishlarini yaxshi yo’lga qo’yish uchun qilinishi shart bo’lgan
yigirma ikki sifatni va saltanatni tanazzulga olib boradigan o’n sakkiz illatni ko’rsatib beradi? * Ogahiy
892.
Qaysi shoirning ruboiylari uning qabri ustiga o’rnatilgan maqbara devorlari peshtoqlariga badiiy naqsh sifatida tushirilgan?
*P.Mahmud
893.
Qaysi shoir “husn” ni “Mus’haf” (“Qur’on”)ga, “meng” (xol)ni oyatga o’xshatib, yor go’zalligini tasvirlashdan maqsad Alloh
ekanligiga ishora qilgan? * Atoiy
894.
Qaysi shoir “Kuntug’mish” dostoni qaxramoni Xolbekaning “Assalom alaykum, doming og’ochi” deb bolalari uchun faryod
chekkanini naqorat o’rnida qo’llab oltilik usulda she’r yozgan? * R.Parfi
Do'stlaringiz bilan baham: