Alohida – alohida baholashning taxminiy shkalasi
Natija
|
Jamoalar bo’yicha baholash ochkolari
| | | | | | |
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
G’alaba
|
18
|
15
|
12
|
9
|
6
|
3
|
Durang
|
12
|
10
|
8
|
6
|
4
|
2
|
Mag’lubiyat
|
6
|
5
|
4
|
3
|
2
|
1
|
O’yinga kelmaganlik
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
Musobaqada o’rinlar jamoalarning hamma o’yinlarda to’plagan ochkolari yig’indisiga qarab uzil-kesil aniqlanadi. Eng ko’p ochko
to’plagan jamoa
Bet 15
g’olib hisoblanadi. Agar dastlabki bir necha
jamoalarning to’plagan ochkolari soni bir xil bo’lsa, g’olibni uzil-kesil aniqlash uchun ular o’rtasida qo’shimcha o’yinlar o’tkazilishi mumkin yoki o’rinlar kiritilgan va o’tkazib yuborilgan to’plar nisbati bo’yicha, yoki ular o’rtasida musobaqa jarayonida o’tkazilgan o’yin natijalari bo’yicha aniqlanadi.
Jismoniy tarbiya kollektivining barcha jamoalari musobaqada ishtirok etish natijasida to’plagan ochkolari yig’indisiga qarab
klublar bo’yicha g’oliblar aniqlanadi.
Quyida nisbatan qisqa muddatlarda ko’p jamoa ishtirokida o’tkaziladigan musobaqalarda qo’llaniladigan davrali o’yin tizimining xillarida biri keltiriladi. Bu tizimda hamma jamoalar bir necha guruhga bo’linadi. Har bir kichik guruhdagi o’yinlar davrali tizim bo’yicha ochkolar berish yo’li bilan o’tkaziladi. Shundan so’ng kichik guruh g’oliblaridan yoki kichik guruhlarda 1-2-o’rinlarni olgan jamoalardan yangi guruhlar tuziladi va bu guruhlar ham davrali tizim bo’yicha o’yinlar o’tkazadi. G’olibni aniqlash uchun bo’ladigan final o’yin guruh g’oliblari o’rtasida o’tkaziladi. Qolgan hamma o’rinlar kichik guruhlarda tegishli o’rinni egallagan jamoalar o’rtasida o’yinlar o’tkazish bilan aniqlanadi.
Masalan: Germaniyada bo’lib o’tgan 16 jamoa o’rtasidagi 1974
yilgi jahon birinchiligi musobaqalari shunday tizim bo’yicha o’tkazilgan. Dastlabki bosqichda hamma jamoalar to’rtta guruhga bo’lingan edi:
I guruh: 1, 2, 3, 4-nomerlar
II guruh: 5, 6, 7, 8-nomerlar nomerlar
III guruh: 9, 10, 11, 12-nomerlar
IV guruh: 13, 14, 15, 16-
Jamoalar raqamlari qur’a tashlash bilan aniqla-nadi. Ayrim hollarda, jahon birinchiligida bo’lgani kabi, har bir guruhga avvalgi jahon birinchiligida katta natijalar ko’rsatgan jamoalardan ajratiladi. Kichik guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha o’ynaydilar.
Kichik guruhlarda o’tkazilgan o’yin natijalariga qarab, har birida 4
tadan jamoa bo’lgan ikkita guruh tuziladi (mazkur musobaqada 1- bosqichdan keyin 8 ta jamoa o’yindan chiqib ketar va ularning o’rni aniqlanmas edi, garchi buni xuddi shunga o’xshash tizim bo’yicha aniqlash mumkin bo’lsa ham):
«A» guruh
I guruh 1- o’rin II guruh 2 - o’rin III guruh 1 –o’rin IV guruh 2- o’rin
«B» guruh I guruhdagi 2- o’rin II guruhdagi 1- o’rin
III guruhdagi 2- o’rin IV guruhdagi 1- o’rin
«A» va «B» guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha bir davra o’yin o’tkazadilar. Finalda birinchi o’rin va chempionlik unvonini olish uchun «A» va «B» guruhlarning g’olib jamoalari o’ynaydilar, 3- 4 o’rinlar uchun esa guruhlarda ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar kuch sinashadilar. Shunday sxema bo’yicha 16 jamoa bo’lganda, dastlabki to’rt o’rinni aniqlash uchun 38 ta o’yin o’tkazilgan bo’lishi kerak.
Guruhlarda tegishli o’rinlarni egallagan jamoalar o’rtasida o’tkaziladigan shunday o’yinlar yordamida barcha sakkiz o’rinni
aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |