11. Moliya shartlari
Mazkur Nizom 2005 yilda o’tkaziladigan O’zbekiston chempionati, Kuboklari va birinchilik musobaqalariga taklif (vo’zov) vazifasini o’taydi.
O’zbekiston chempionati va Kubok musobaqalarini o’tkazish xarajatlari (sport inshootlaridan foydalanishga ketadigan mablag’, hakamlar uchun to’lov, ovqatlanish, joylashish, yo’l xarajatlari (yo’l xarajatlari, musobaqa xakamlik to’lovlari, jamoa va o’yinchilarni taqdirlash) O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari va sport Vazirligi hisobidan qoplanadi.
O’zbekiston chempionati va Kubok musobaqalarida qatnashish
uchun sarf-xarajatlar (yo’l xarajatlari, ovqatlanish, joylashish) musobaqaga qatnashuvchi tashkilot hisobidan qoplanadi.
1986-87 yillarda tug’ilgan o’smirlar (qizlar) orasida O’zbekiston Respublikasi birinchiligi o’tkazish sarf-xarajatlari (sport inshootlar arizasi, ishtirok-chilarni joylashtirish va ovqatlantirish, yo’l xarajatlari; hakamlarni joylashtirish, ovqatlantirish, maosh to’lash,
jamoa va o’yinchilarni taqdirlash) O’zbekiston Respublikasi
Bet
Madaniyat ishlari va sport Vazirligi mablag’i xisobidan amalga oshiriladi.
Birinchilik musobaqalariga qatnashuvchi jamoalar yo’l xarajatlari, musobaqaga qatnashmokchi bo’lgan tashkilot hisobidan qoplanadi.
1988-89, 1990-91 yilda tug’ilgan o’smirlar (qizlar) orasida O’zR birinchiligini o’tkazish sarf-xarajatlari musobaqaga qatnashuvchi va musobaqani o’tkazuvchi tashkilotlar mablag’i xisobidan amalga
oshiriladi.
O’zbekiston chempionati va Kubok musobaqalariga ishtirok etuvchi barcha jamoalar chempionatning 2-turi boshlangunga qadar federastiya ishini tashkil etish, shuningdek, chempionatni o’tkazish va o’yinchilar, murabbiylar va hakamlarni rag’batlantirish uchun – O’zGF hisobiga 100000 (yuz ming) so’m badal to’lashi shart.
12. Taqdirlash
Birinchi o’rinni egallagan jamoaga «O’zbekiston Respublikasi chempioni» unvoni va O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari va sport Vazirligining I darajali diplomi beriladi.
Jamoa o’yinchilari O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligining I darajali diplomlari va qimmatbaho mukofotlari
bilan mukofotlantiriladilar.
2, 3-o’rin sohiblari tegishli darajali diplomlar bilan taqdirlanadilar.
Eslatma: Oliy o’quv yurtlariga imtiyoz beruvchi musobaqalar hisoboti musobaqalar tugagandan so’ng 3 kun mobaynida O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligining
OSYu boshqarmasiga topshirilishi shart, o’z vaqtida topshirilmagan hisobotlar qabul qilinmaydi.
O’zRGF Prezidiumi tomonidan tasdiqlangan chempionat, Kubok va birinchiliklarga kelishilgan «qo’shimchalar», ayrim uzgarishlar kiritilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |