TO’RTINChI HAKAM
Musobaqa reglamentiga ko’ra har bir o’yinga to’rtinchi hakam tayinlanishi mumkin. Agar maydonda harakat qilayotgan 3 hakamdan birontasi o’zining vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib qolsa, unda 4-hakam uning o’rniga almashtiriladi. Agar hakam o’z vazifasini bajara olmaydigan darajadagi vaziyatga tushib qolsa unda hakamlarni almashtirish tartibi musobaqa reglamenti asosida amalga oshiriladi. Bosh hakam ko’rsatmasiga binoan to’rtinchi hakam o’yingacha, o’yin paytida va o’yindan keyin bosh hakamga barcha tashkiliy ishlarda yordam berishi mumkin. To’rtinchi hakam o’yin paytida futbolchilarning almashtirish jarayoniga bevosita yordam berishga majbur. Agar o’yin jarayonida o’yindagi to’pni almashtirish zaruriyati tug’ilsa, unda to’rtinchi hakam bu ishga ma’suldir. O’yin vaqtini cho’zmaslik uchun to’rtinchi hakamda zaxira to’pi bo’lishi lozim. To’rtinchi hakam futbolchi zaxiradan maydonga tushishidan
oldin o’yinchini tekshirib ko’rish huquqiga ega. Agar futbolchining kiyinishada xatolikni sezsa buni darhol bosh hakam yordamchisiga ma’lum qiladi. U esa o’z o’rnida bosh hakamga bu haqda ma’lumot beradi.
To’rtinchi hakam barcha masalalarda bosh hakamga yordam beradi. O’yin tugashi bilan to’rtinchi hakam o’yin haqidagi
bayonnomona musobaqa o’tkazuvchi tashkilotga olib borib beradi. Agar o’yin vaqtida bosh hakam va uning yordamchilari rasmiy shaxslarning o’zlarini noto’g’ri tutishi va baxtsiz hodisalarni nazaridan chetda qoldirgan bo’lsa, unda to’rtinchi hakam hakamlar
Bet 49
jamoasi bilan kelishilgan holda bu haqda bayonnomada aks ettirish lozim.
O’yin qoidalari va reglament
To’rtinchi hakam tomonidan o’yindagi to’xtalishlar hisobiga yo’qotilgan vaqtni e’lon qilish
7 – Qoida: O’yining davomiyligi. Vaqt qo’shib berish.
O’yinning har bir bo’limida quyidagi holatlar uchun vaqt yo’qotilishi tufayli qo’shimcha vaqt qo’shib beriladi:
- o’yinchi (lar) almashtirish,
- o’yinchi jarohati darajasining jiddiyligini baholash,
uchun
- kuzatib qo’yish (o’yinchiga yordam ko’rsatilishi maydondan tashqariga chiqarish),
- o’yinni cho’zish,
- boshqa biror sabab.
Vaqtni qo’shish bosh hakam ko’rsatmasiga binoan amalga oshiriladi.
Musobaqalar reglamentida belgilanishicha, o’yin vaqtida
stadionlardagi soatlar ishlashi mumkin, yagona shart shundan iboratki har bir bo’lim, ya’ni 45 va 90 daqiqa tugagach, soatlar to’xtatiladi. Ushbu shart final o’yinlarining qo’shimcha bo’limlari uchun ham taalluqli. (Ya’ni, soatlar15 va 30 daqiqa o’tgach, to’xtatiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |