Uchrashuvni yon hakamlar va 4 – hakam bilan birgalikda nazorat qilish;
2 – qoida talablariga asosan to’pni nazorat kilish;
4 – qoida talablariga asosan o’yinchilarning kiyimlarini nazorat qilish;
Uchrashuvni qayd etib borish;
Har qanday qoida buzilishlarda uchrashuvni to’xtatish, uzib qo’yish yoki butunlay to’xgatish o’yindagi bosh hakam qarashiga bog’liq;
Bosh hakam uchrashuvni har qanday tashqi muxitning
aralashuvida to’xtatishi yoki butunlay tugatishi mumkin;
Bosh hakam fikriga ko’ra maydondagi o’yinchi qattiq jaroxat olganda yoki o’yinchilarni maydondan evakuvastiya qilish zarur bo’lganda uchrashuvni vaqtinchalik yoki butunlay to’xtatishi mumkin;
Bosh hakam fikriga ko’ra o’yinchi engil jaroxat olganda to’p
maydondan chiqib ketmaguncha uchrashuv davom ettiriladi;
Har qanday o’yinchining jaroxatidan qon chiqsa, ushbu o’yinchini maydon tashqarisiga chiqishini ta’minlash hamda ushbu o’yinchi maydonga qaytayotganda qon oqishi to’xtaganiga ishonch xosil qilgandan so’nggina unga ruxsat berishi;
O’yin qoidasini buzgan jamoa darvozasi tomon hujum
bo’layotgan bo’lsa o’yinni tuxtashish zarur emas, hujum tugagandan so’ng yoki to’p maydondan tashqariga chiqqanda qoidabuzarni ogohlantirish zarur;
Qoidabuzar yoki ogohlantirilgan o’yinchi yana bir bor qoidani buzsa, o’yinchi shu zaxoti qattiq ogoxlantirilish bilan jazolanishi kerak;
Agar uchrashuvda qoida buzilsa, hakam to’p maydonni tark
etgandan so’ng qoidabuzarni albatta ogohlantirishi zarur;
Jamoalardagi o’zini tuta olmayotgan rasmiy vakillarga nisbatan maydondan, zaxira o’rindig’idan chetlatishi yoki ularga jazo qo’llashi mumkin;
Bosh hakam yo’l qo’yilgan qoidabuzarlikni ko’rmay qolgan vaziyatlarda uning yordamchisi etkazgan ma’lumotlar asosida jazo qo’llashi mumkin;
Maydonga futbolchilardan boshqalarni tushirmaslikni nazorat kilish;
O’yin to’xtatilganda davom ettirish;
O’yin bayonnomasi(bayonnomaga uchrashuv atrofida, uchrashuv boshlanishiga qadar, uchrashuv davomida, uchrashuvdan so’ng bo’lib o’tgan barcha voqealarni yozma ravishda)ni to’ldirish va uchrashuv tashkilotchilariga taqdim etish zarur.
Hakam qarori Har qanday o’yin holatida faqat bosh hakam yakuniy qaror chiqara oladi.
Agar hakam yordamchilari bilan maslaxatlashib noto’g’ri qaror qabul qilganini tan olsa, unda faqat o’yin to’xtatilgan vaziyatda o’z
qarorini o’zgartirishi mumkin.