O’rta Osiyo xonliklari davridagi etnik jarayonlarda Dashtiqipchoq
o’zbeklarining tutgan o’rni va roli.
Inson uchun tarixdan judo bo’lish
Hayotdan judo bo’lish demakdir.
(I.A.Karimov)
O’zbeklar alohida etnik sifatida Movaraunnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman
Sharqiy Turkistonning g’arbiy mintaqalarida shakllangan. O’zbek xalqining
shakllanish jarayoni asosan, IX-XII asrlarda tugallangan bo’lsada keying
asrlarda ham bu jarayon davom etgan. Xususan, O’rta Osiyo xonliklar
davrida: XVI asr birinchi yarmi va XIX asr davomida etnik jarayonlar davom
etgan. Aynan shayboniylarning kirib kelishi o’zbek degan etnonimni olib
kelgan.
Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi natijasida Jo’jixon
avlodlari XVI asr boshlarida Shayboniyxon boshchiligida O’rta Osiyoga
bostirib kirib, juda oz fursatda bu zaminda o’z hukmronligini o’rnatdilar.
Shundan boshlab Movaraunnahr va Xorazmda o’zbek nomi paydo bo’ldi
1
.
Dashtiqipchoq o’zbeklarining ayrim guruhlari (jalair, orlot, nayman, man-
g’it, qo’ng’irot, ming, qushchi) XIV-XV asrlar davomida ham Movaraunnahr va
Xorazmga kelib o’rnashganlar. Ammo ular o’sha kezlarda o’z xonlari
yetakchiligida emas, balki o’z urug’-aymoqlari va qabila nomlari bilan kirib
kelgan edilar. Demak, turk-mo’g’ul qabilalarining birinchi bor “O’zbek
urug’lari” nom i ostida xon boshchiligida Movaraunnahr va Xorazmga kirib
kelishi Shayboniyxondan boshlangan
2
.
O’rta Osiyo xonliklari davridagi etnik jarayonlar xususida olim
K.Shoniyozov o’zbek xalqining etnik jarayonlari bo’yicha fundamental asar
1
A.Asqarov “O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi” Toshkent. 2015 y. 266-bet.
2
A.Asqarov “O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi” Toshkent. 2015 y. 267-bet.
yaratgan. Akademik K.Shoniyozov o’zining “O’zbek xalqining shakllanish
jarayoni ” nomli asarida O’rta Osiyo xonliklari, xususan, Dashtiqipchoq
o’z beklari davrida kechgan etnik jarayonlar xususida o’z fikrlarini bildirgan.
Movaraunnahrga XVI asrda ko’chib kelgan Dashtiqipchoq o’zbeklarining
soni haqida ikki xil fikr mavjud. Bularning biri ko’chmanchi o’zbeklar
mahalliy aholidan ko’p bo’lgan desa, ikkinchisi ular uncha ko’p bo’lmagan
deydilar. Movaraunnahr hududiga Dashtiqipchoq o’zbeklari bir vaqtda ko’chib
kelmaganlar. Ularning ayrimlari XVI asrning boshlarida kelgan bo’lsalar,
boshqalari shu asr davomida va undan ham keyinroq kelganlar.Shuningdek
Movaraunnahr va Xorazmga kirib kelgan dashtiqipchoq o’zbeklarining miqdori
bo’yicha ham ko’plab olimlar turli faktlarni keltiradi. Dashtiqipchoqdan
Movaraunnahrga ko’chib kelgan etnoslarning hammasi ham ko’p sonli
bo’lavermagan
3
.
Ularning faqat ayrimlari, jumladan, qipchoq , saroy, qo’ng’irot, yuz,
nayman, mang’it , xitoy kabilar nisbatan yirik etnik guruhlar edilar. Bularning
har birining soni 30-50 mingdan 200 minggacha bo’lgan bo’lishi mumkin.
Ularning ichida eng ko’p sonlisi qipchoqlar bo’lgan. Yana shuni ham hisobga
olish kerakki , Movaraunnahrga Dashtiqipchoq o’zbeklarining hammasi ham
ko’chib kelmagan. Ularning kata qismi Dashtiqipchoqda qolib ketgan.
Ayni paytda Dashtiqipchoqdan ko’chib kelgan aholi Movaraunnahr va
Xorazm o’troq hayotga o’ta boshlagan. Bu borada akademik K.Shoniyozov
shunday ma’lumot beradi: ko’chmanchi o’zbeklar o’troqlikka o’tishi bilan muhim
etnik jarayon yuz berdi. Chiqib kelishi har xil bo’lgan ko’chmanchi urug’
qabilalar orasida o’zaro aralishish boshlandi. Ayni bir vaqtda Dashtiqipchoq
o’zbeklarining mahalliy aholi bilan aralashib, qorishib borish jarayoni jadallashdi.
Vaqt o’tishi bilan, bu jarayonlar tufayli aholi nomida ham o’zgarish jarayoni
bo’ldi.
3
K.Shoniyozov “O’zbek xalqining shakllanish jarayoni” Toshkent. 2001 y. 414-b.
O’zbek xalqi XVI-XVII asrlardagi etnik taraqqiyotida ham oldingi davrlar-
dagidek qo’shni tojik, turkman,qozoq,qirg’iz,qoraqalpoq xalqlari bilan yaqin etnik,
iqtisodiy, madaniy aloqada bo’lib kelgan
4
. Demak, avvaldan qardosh qozoq,
qir-g’iz, qoraqalpoq,tojik,turkman xalqlari o’zbek xalqining etnonegizida muhim
rol o’ynagan. Dashtiqipchoq o’zbeklari xususida o’sha davr tarixchisi
Ro’zbexon “Mehmonxonai Buxoro” asarida malumot beradi. Asarda o’zbeklar
uch toifaga bo’linganligi aytiladi.
Dashtiqipchoq o’zbeklarining Movaraunnnahrga kirib kelishi bu yerda
yashayotgan aholining so’zlashuv tiliga ta’siri haqida olimlarning turli
mulohazalari mavjud. Dashtiqipchoqliklarning tili qipchoq –o’g’uz lahjasida
bo’lgan . Mahalliy turkiyzabon aholi esa qarluq -chigil lahjasida gaplashgan.
Movaraunnahr turkiylarning qadimiylari qarluq lahjasida , turkiygo’y
ko’chmanchilar esa turkiy tilning qipchoq va o’g’uz lahjalarida ham
so’zlashganlar. XVI asr boshlarida Shayboniy o’zbeklarining bu zaminga
kata-katta guruhlar bo’lib kirib kelishi bilan qipchoq va o’g’uz lahjalarida
so’zlovchi aholi yanada qalinlashadi.Chunki unga qadar ham bu lahjalarda
so’zlashuvchi etnik guruhlar Movaraunnahr va Xorazmda keng tarqalgan
edi.
Keyinchalik qipchoq va o’g’uz lahjalarida so’zlashuvchi aholining o’troq
hayotga o’tganlari mahalliy tubjoy aholi bilan aralashib ketadi.Ana shu uch
turkiy til lahjasining qorishuvi natijasida shakllangan til o’zbek tilshunoslik
fanida shartli ravishda “chig’atoy tili” yoki “eski o’zbek tili” deb ataladigan
bo’ldi. Shundan boshlab eski o’zbek tili Movaraunnahr va Xorazm
aholisining umumxalq tiliga aylanadi. Ammo eski o’zbek tili haqida gap
ketganda aslida XI-XII asrlarda g’arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida aynan
Movaraunnahrda umumturk tilidan ajrab chiqib qarluq chigil lahjalari asosida
shakllangan turkiy tilni tushunmoq kerak. Bu til juda qadim zamonlardan
4
K.Shoniyozov “O’zbek xalqining shakllanish jarayoni” Toshkent. 2001 y. 418-b.
sug’diy va xorazmiy , VIII-IX asrlardan boshlab arab va fors tojik so’zlari
bilan boyib bordi.
Eski o’zbek tilida so’zlashuvchilar tarkibiga XVI-XVIII asrlar davomida
qipchoq va o’g’uz lahjalarida so’zlashuvchi etnik guruhlar yanada ko’proq
qo’shilsada , ammo u qarluq- chigil lahjalari asosida yuksak cho’qqiga
ko’tarildi. Shuningdek, o’zbek etnonimi xususida ham turli nazariyalar mavjud.
Xulosa qilib aytganda
, o’zbek xalqining shakllanish jarayoni qadimgi
Qang’ davlati davrlariga borib taqaladi. Bu jarayon IX-XII asrlarda
Somoniylar va Qoraxoniylar davlatlari davrida asosan tugallangan. Lekin,
o’zbek xalqining shakllanish jarayoni keyinchalik ham davom etgan.
Xususan, XVI asrdan o’lkamizga kirib kelgan Dashtiqipchoq o’zbeklari etnik
jarayonga o’z ta’sirini o’tkazgan. Mustaqillik yillarida birinchi Prezidentimiz
I.Karimov o’zbek xalqining shakllanish tarixi bo’yicha fundamental asar
yaratish kerakligini tarixchilar oldiga vazifa qilib qo’ygan. Bu mavzuda
olimlardan K.Shoniyozov, A.Asqarov, Sh.Shaydullayev kabilar asarlar
yaratishgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Toshkent. “Sharq”
nashriyoti 1998-yil.
2.
A.Asqarov “O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi” Toshkent
“O’zbekiston” nashriyoti 2015-y.
3.
K.Shoniyozov “O’zbek xalqining shakllanish jarayoni” Toshkent
“Sharq” nashriyoti 2001 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |