3.
Yig’ish-payvandlash texnologik jarayonini tuzish talablari
Yig’ish-payvandlash texnologik jarayonini tuzishda quyidagi talablar asosiy
hisoblanadi:
tayyorlanayotgan yig’ma birliklarning yig’ish aniqligi;
yig’ishning eng kam davomiyligini ta’minlash;
mehnat sharoitini maksimal yengillashtirish va ishning xavfsizligini ta’minlash.
Asosiy detaliga bir yoki bir nechta boshqa detallar payvandlanadigan, mayda
va nomurakkab yig’ma birliklarni tayyorlash texnologik jarayonida, odatda,
maxsus yoki universal qurilmali statsionar payvandlash mashinalaridan
foydalanish ko’zda tutiladi. Bu holda, payvandlash, odatda, detallarni ularda
oldindan shtamplangan chuqurchalar, chiqiqlar, teshiklar va boshqalarga qayd
qilish bilan bajariladi. Operatsiyalararo tashish aravachalar yoki yopiq konturli
osma konveyerlar orqali bajariladi.
O’rta o’lchamli yig’ma birliklarni tayyorlash texnologik jarayoni o’z ichiga
dastlab, ularning tarkibiga kiruvchi mayda yig’ma birliklarni yig’ish ketma-
ketligini, so’ngra ularni osma payvandlash mashinalarida konduktorlarda va ko’p
nuqtali payvandlash mashinalarida ketma-ket operatsiyalararo yig’ishni o’z ichiga
oladi. Mayda va o’rta yig’ma birliklarni tayyorlashning eng zamonaviy texnologik
jarayonlari zagotovkalarni uzatish va yig’ilgan mahsulotlarni yechib olishni
avtomatlashtiruvchi robotlashgan texnologik komplekslarni qo’llash bilan amalga
oshiriladi.
Yirik yig’ma birliklarni, shuningdek, kuzovlarni yig’ish-payvandlash uchun,
texnologik jarayonni quyidagicha tuzish xarakterlidir: alohida yig’ma birliklarni
yig’ish-payvandlash; yirik yig’ma birliklarni kuzovga yig’ish.
Yirik yig’ma birliklarni yig’ish-payvandlash texnologik jarayoni ikki usulda
tuzilishi mumkin:
yig’ish-payvandlash moslamasi (konduktori) ga yig’ma birlikga kiruvchi
barcha detallarni birdaniga yuklash va ularni navbat bilan yig’ish, so’ngra
yakuniy operatsiya – yaxlit konstruksiyani payvandlash bilan;
yaxlit yig’ma birlikni birdaniga payvandlashning qiyinligi yoki ilojsizligi
sharoitlarida konstruksiyani asta-sekin to’ldirib borish bilan.
Birinchi usul bo’yicha, odatda, kuzovlar asoslari va abtobuslar kuzovlarining
karkaslarini yig’ish-payvandlash bajariladi.
Ikkinchi usul bo’yicha avtomobillar kuzovlari, eshiklari va yon devorlari
(боковина) ni yig’ish-payvandlash texnologik jarayonlari tuziladi.
Kuzovlarni
yig’ish-payvandlash
texnologik
jarayoni
darhol
bikr
konstruksiyani hosil qilish yoki dastlab yarimbikr konstruksiyani hosil qilish va
keyinchalik uni bikr holatgacha yetkazishni ko’zda tutib tuziladi. Zamonaviy
avtomobil korxonalarida, yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda kuzovlarni
yig’ish-payvandlash texnologik jarayoni dastlab yarimbikr konstruksiyani hosil
qilishga mo’ljallab tashkil qilinadi. Uni hosil qilish uchun yig’ma birliklar ma’lum
hajmda prixvatka qilinadi. Yig’ish, odatda, konduktorga yig’ilgan asos (pol) ni
yotqizish bilan boshlanadi va so’ngra boshqa yig’ma birliklar ham yig’iladi.
Yig’ish shunday tarzda o’tkaziladiki, bunda baza o’lchamini belgilab beruvchi
birikma oxirida payvandlanadi. Bu ish oldingi operatsiyalarda yo’l qo’yilgan
kamchiliklarni ushbu birikmada to’g’rilab yuborish uchun qilinadi. Oxirgi
birikmalar, odatda, mingashtirib bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |