6-AMALIY MASHG‘ULOT
FREZALASH DASTGOHLARIDA KESUVCHI ASBOBLARNI
O'RNATISH UCHUN MOSLAMALAR
ISHDAN MAQSAD:
kesuvchi asboblarni o'rnatish uchun moslamalarning turlari bilan tanishish.
NAZARIY MA’LUMOTLAR
Frezalash dastgohlarida turli konstruksiyadagi kesuvchi asboblarni dastgoh
shpindeliga o’rnatish uchun parmalash va frezalash patronlari, o’tuvchi vtulkalar va
opravkalardan foydalaniladi.
Dum qismi konussimon shakldagi kesuvchi asbobni o’rnatish uchun keng
qo’llaniladigan moslama – bu o’tuvchi vtulkadir (1-rasm). Bunday moslama asosan
kichik raqamli Morze konusiga ega kesuvchi asbobni dastgoh shpindelining katta
raqamli Morze konusiga moslashtirish uchun qo’llaniladi.
1-rasm. O’tuvchi vtulkaning konstruksiyasi
Dum qismi silindrik shakldagi kesuvchi asbobni o’rnatish uchun Weldon tipli
patrondan foydalaniladi (2-rasm). Bunday moslamaga kesuvchi asbob tashqi
silindrik sirti bo’yicha o’rnatiladi va undagi yassilik (лыска) bo’yicha vint
yordamida mahkamlanadi.
2-rasm. Weldon tipli patronning konstruksiyasi
Toresli frezalarni o’rnatish uchun kalta (konsol) opravkalar qo’llaniladi (3-
rasm). Bunday moslamaga kesuvchi asbob ichki silindrik sirti bo’yicha o’rnatiladi
va opravka toresidagi rezbali teshikka maxsus vint yordamida mahkamlanadi.
3-rasm. Toresli freza uchun kalta (konsol) opravkaning konstruksiyasi
Parmalash ishlarida dum qismi silindrik shaklga ega parmalarni o’rnatish
uchun uch mushtchali parmalash patronlari qo’llaniladi (4-rasm). Bunday universal
moslamaga parma tashqi silindrik sirti bo’yicha o’rnatiladi va mahkamlanadi. Ular
3-16 mm yoki 1-13 mm o’lchamlar diapazoni uchun ishlab chiqariladi.
4-rasm. Uch mushtchali parmalash patronining konstruksiyasi
Termopatronlar silindrik dum qismiga ega kesuvchi asboblarni yuqori bikrlik
bilan o’rnatish uchun qo’llaniladi (5-rasm). Bunday maxsus moslamaga kesuvchi
asbob tashqi silindrik sirti bo’yicha o’rnatiladi va mahkamlanadi. O’rnatish
patronning ishchi teshigini qizdirish bilan va mahkamlash uni qayta sovutish bilan
amalga oshiriladi.
5-rasm. Termopatronning konstruksiyasi
Sangali patronlar silindrik dum qismiga ega kesuvchi asboblarni o’rnatish
uchun qo’llaniladi. Bunday moslamaga kesuvchi asbob tashqi silindrik sirti bo’yicha
o’rnatiladi va mahkamlanadi. Sangali patronlar ikki turda ishlab chiqariladi: tashqi
sirti silindrik sangali patronlar va tashqi sirti konussimon sangali patronlar (6-rasm).
6-rasm. Tashqi sirti silindrik va tashqi sirti konussimon sangalar konstruksiyalari
Konussimon sangali patronlarga ER, OZ va SK tipidagi patronlar kiradi (7-
rasm). Bunday patronlarning ichki konussimon sirti bo’ylab kesiklarga ega sanga
siljitiladi, buning hisobiga sanga siqiladi va ichki silindrik sirti bo’yicha kesuvchi
asbobni o’rnatadi.
7-rasm. Konussimon sangali patron konstruksiyasi
Silindrik sangali patronlarga kuchli frezalash patronlari va gidroplastli
patronlar kiradi (8-rasm).