Microsoft Word 5-Amaliy ish. Bo'laklash shtamplarining konstruksiyalari



Download 377,61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.09.2021
Hajmi377,61 Kb.
#178109
Bog'liq
5-Amaliy ish



5-Amaliy ish 

Bo’laklash operatsiyalari shtamplarining konstruksiyasi va blok tipini tanlash 

Yassi  detallarni  teshish  uchun  bo’laklash  shtamplarining  quyidagi 

konstruksiyalari qo’llanilishi mumkin: 

a)  qo’zg’almas yo’naltiruvchi ajratkichga ega; 

b)  yuqorigi siqish shaybasiga ega; 

c)  umumlashgan harakatli. 

Qo’zg’almas  yo’naltiruvchi  ajratkichga  ega  shtamplar  quyidagilar  hisobiga 

yuqori samaradorlikni ta’minlaydi: 

a) 

kengaygan  (konussimon)  teshik  orqali  detalni  avtomatik  chiqarib 



yuborish bilan; 

b) 


shtamplash 

jarayonini 

tezkor 

press-avtomatlar 

vositasida 

avtomatlashtirish imkoni bilan; 

c) 

ko’pqatorli  va  ko’po’tishli  shtamplashni  keng  qo’llash  imkoni  bilan. 



Ammo  shtamplash  vaqtida  detal  va  chiqindi  yassiligining  qisman  buzilish  holi 

uchrab  turadi.  Shu  sababli  qo’zg’almas  yo’naltiruvchi  ajratkichga  ega  shtamplar 

keng tarqalgan.  

 Yuqorigi siqish shaybasiga ega shtamplar ham ushbu afzalliklarga ega, ammo 

ushbu  shaybaning  mavjudligi  shtamplar  bikrligini  pasaytiradi,  bu  esa  shtamp 

konstruksiyasini  murakkablashtiruvchi,  qo’shimcha  yo’naltirish  qurilmalarini 

qo’llashni  taqozo  qiladi;  ishning  xavfsizlik  sharoiti  biroz  yomonlashadi; 

qurilmaning  tannarxi  qo’zg’almas  yo’naltiruvchi  ajratkichga  ega  shtamplardan 

yuqori bo’ladi. Ammo siquvchi shaybaning mavjudligi kesilish sirtining sifatini va 

detalning yassiligini orttiradi. Yuqorigi siqish shaybasiga ega shtamplarni qalinligi 

0,5  mm  dan  yupqa  materiallardan  detallarni  ko’pqadamli  shtamplash  vaqtida 

foydalanish tavsiya etiladi. 

Umumlashgan  harakatli  shtamplarni  quyidagi  hollarda  qo’llash  tavsiya 

etiladi: 

a)  yuqori aniqlikdagi (8-11 - kvalitetlar) detallarni shtamplashda; 



b) 

konturga  nisbatan  teshiklarning  joylashuv  o’lchamlariga  qat’iy 

dopusklar qo’yilganida (20 mm gacha o’lchamlar uchun ±0,1 mm dan kichik va 20-

50 mm o’lchamlar uchun ±0,15 mm dan kichik); 

c) 

aylanish jismlari shaklidagi detallar uchun. 



Umumlashgan harakatli shtamplarni qo’llashda shtamplanuvchi detallarning 

konstruktiv elementlari 1-jadvalda keltirilgan tavsiyalarga muvofiq bo’lishi kerak. 



1-jadval. Shtamplanuvchi detallarning konstruktiv elementlari 

 

 

Blok tipini tanlashda quyidagi tavsiyalarga amal qilinadi: 

a) 

ustunchalar va vtulkalar diagonal bo’ylab joylashuvchi bloklar (ГОСТ 



13124) shtamplar aniqligi va turg’unligiga, shuningdek, kesilish sirti sifatiga yuqori 

talablar qo’yiladigan, bo’laklash va kombinatsiyalashgan tarzda ishlovchi shtamplar 

uchun qo’llaniladi; 



    

 

b) 



ustunchalar  va  vtulkalar  orqa  tomonda  joylashuvchi  bloklar  (ГОСТ 

13125)  nomurakkab  bukish,  bo’rttirish,  shuningdek,  ustunchalarning  konsol 

joylashishi  ishchi  detallarning  turg’unligiga  va  kesilish  sirti  sifatiga  ta’sir 

qilmaydigan  hollarda,  bo’laklash  shtamplari  uchun  qo’llanilsin.  Ushbu  bloklar 

chiqindilardan shtamplashda ham qo’llaniladi; 

c) 


ustunchalari  va  vtulkalari  oqiy  joylashuvchi  bloklar  (ГОСТ  13126) 

yakka zagotovkalar uchun mo’ljallangan bo’laklash va shakl hosil qilish shtamplari 

uchun qo’llaniladi; 

         

 

d) 


sharikli  yo’naltiruvchilarga  ega  bloklar  (ГОСТ  14672,  ГОСТ  14674) 

yalpi ishlab chiqarish sharoitida, ayniqsa qalinligi 0,5 mm dan yupqa materiallardan 

shtamplanuvchi  detallar  aniqligi  va  shtamplar  turg’unligiga  yuqori  talablar 



qo’yilganida  qo’llaniladi;  shuningdek,  qattiq  qotishmalardan  tayyorlangan 

shtamplar uchun qo’llaniladi; 

e) 

pretsizion  (aniq)  bloklar  kichik  o’lchamli  orttirilgan  aniqlikdagi 



detallarni shtamplashda qo’llaniladi; 

f) 


bo’laklash shtamplarining almashuvchi paketlarga ega bloklari (ГОСТ 

17662,  ГОСТ  17668)  shtamplar  to’liq  yeyilishga  ulgurmaydigan,  8  mm  gacha 

qalinlikdagi  materialdan  mayda  seriyali  va  seriyali  ishlab  chiqarish  sharoitida 

detallar tayyorlashda qo’llaniladi. 

            

 

1,5  mm  gacha  qalinlikdagi  metallar  va  qotishmalar,  shuningdek,  nometall 



materiallardan  shtamplanuvchi  detallar  ustunchalari  diagonal  yoki  o’qiy 

joylashuvchi bloklar vositasida tayyorlanadi. 



Download 377,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish