1.3.
Firmalarning asosiy shakllari
.
Tadbirkorlik aksariyat xollarda firmalar doirasida boradi. Firma inglizcha (firm) so‘z
bo‘lib, kommerssiya korxonasi degan ma'noni bildiradi. (tijorat maqsadlarini ko‘zlovchi
korxona, kompaniya va boshqa xo‘jalik tashkyoloti degan ma'noni anglatadi.)
Firma sanoat, transport, yeki qurilish soxasidagi korxona. qishloq xo‘jaligidagi
korxona esa fermer xo‘jaligi va agrofirma deb yuritiladi.
Firma (korxona)- bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etishning asosiy shakli va bevosita ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi
milliy iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘ladi. Firmalar o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadlariga mos va xos ravishda ma'lum soxalarga ixtisoslashadilar.
Iqtisoslashuv darajasi va faoliyati yunalishiga qarab korxonada ishlab chiqarish omillari
uyg‘unlashadi.
Korxonalar ma'lum bir soxalarda ixtisoslashadilar va maxsulotning ayrim
qismlarinigina yaratadilar. (tayyor maxsulotning murakkabligiga qarab uni ishlab
chiqarishda yuzlab, xatto minglab, bir yoki bir necha mamlakatlarning korxonalari ishtirok
etadilar.) Masalan, traktor zavodi, aviatsiya zavodi.
Korxonalar mexnat faoliyati soxasi va ixtisoslashuviga qarab sanoat, transport,
qurilish, aloqa, qishloq xo‘jaligi, savdo, tijorat, maishiy xizmat, madaniy xizmat, davolash,
o‘qitish va boshqa korxonalarga bo‘linadi.
O‘tish davrida erkinlik darajasiga qarab korxonalar uch toifaga bo‘linadi:
A)
Davlat buyurtmasi saqlangan korxona;
B)
Xam buyurtma, xam bozorga ishlaydigan korxona;
V) Faqat bozorga ishlaydigan korxona.
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi korxonani iqtisodiy mustaqil bo‘lishini
ta'minlaydi, ya'ni nima ishlab chiqaradi, qancha, kim bilan xamkorlik qiladi, daromadni
qanday ishlatadi o‘zi xal qiladi.
Demak, korxona faqat bozorga ishlay boshlaydi. Korxona bozor bilan muntazam
aloqada bo‘ladi, ammo boshqalardan olaxidalashgan xo‘jalik yurituvchi
13
sub'ekt sifatida maydonga chikadi. Korxonaning mana shu maqomi uning iqtisodiyerkin
bo‘lishi, mustaqil ish tutishini bildiradi.
Firma (korxona) larning shakllari qo‘yidagicha bo‘ladi: Xususiy firmalar;
Mas'uliyati cheklangan firmalar;
Ma'suliyati cheklanmagan firmalar, ya'ni shirkatlar; Davlat korxonalari- firmalari;
Aralash korxonalar;
Korxonalar birlashmasi (konsorsium va konsern); Firmalar shaxobchasi
(bo‘linmasi) va vakolat xonasi.
Mulkiy jixatdan firmalar to‘rt xil bo‘ladi:
1.
Xususiy
2.
Davlat
3.
Jamoa
4.
Aralash (xorijliklar ishtiroqidagi) firmalar.
Xususiy firmalar- ayrim shaxslarga va oilalarga qarashli bo‘lib, individual xususiy
mulk xisoblanadi. Bunday korxonalar kichik, o‘rta biznes va kishlok xo‘jaligi soxalarida
faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat korxonalari- davlat mulki bo‘lgan va uning nazorati ostida bo‘lgan
korxonalar. Mazkur korxonalar davlat va maxalliy xokimiyat organlariga karashli bo‘ladi
va birgalikdadavlat sektorini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida YaIM ishlab
chiqarishda davlat sektorining xissasi yil sayin kamayib bormokda. Bu xolat o‘z-o‘zidan
bozor munosabatlarining rivojlanib, takomillashib borayotganidan darak beradi.
Aralash korxonalar-turli mulk shakllariga ta'luqli firmalar bo‘lib, xususiy, davlat va
jamoa mulkining aralash mabla-lari asosida tashkil etiladi. Ular sirasiga qo‘shma
korxonalarni xam kiritish mumkin. Qo‘shma korxonalar xorijiy va milliy kapitalning
aralashuvida vujudga keladi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |