Microsoft Word 33-variant doc



Download 318,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana17.02.2021
Hajmi318,33 Kb.
#59038
  1   2   3
Bog'liq
33-variant



33-variant 

1.Fanning tadqiqot usullari  

2.Antik davr geografiyasi: Strabon va Ptolomeyning geografiya faniga qo’shgan hissasi 

3.Iqtisodiy geografik rayonlashtirish   



 

Hozirgi  davrda,  “Iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiya”  fanining  asosiy  obyekti,  hududiy  

ishlab    chiqarish    va    ijtimoiy    tizimlar    bo‘lib,    ularning    hududiy    joylashishi,    shakllanishi,  

rivojlanish  qonuniyatlari  va  xususiyatlari fanning predmetini tashkil etadi.  Tabiat  va  jamiyat  

o‘rtasidagi    aloqadorlik    va    ijtimoiy-iqtisodiy    tizimlarni    hududiy    tadqiq    qilish    g‘oyat  

murakkab  jarayon  hisoblanadi.   

Ushbu    masalalarni    o‘rganishda    inson    geografiyasi,    asosan,    quyidagi    usullarga  

tayanadi: 

kartografiya usuli;  

geografik taqqoslash usuli;  

tarixiy usul;  

rayonlashtirish usuli; 

statistik tahlil usuli;  

iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli;  

tizim-tarkib usuli; sotsiologik so‘rov usuli;  

 aerokosmik tadqiqotlar usuli;   

klaster va boshqalar.  

 

Kartografik  usul  orqali  o‘rganilayotgan  hodisa  va  voqeliklar umumlashtirilib, kartaga 



tushiriladi. Bu esa geografiya fanining o‘ziga xos mezoni ham hisoblanadi. Chunki hudud obyekt 

sifatida  ko‘rilmasa  va    uni  karta  yoki  karta-sxemalarda  aks  ettirish  imkoni  bo‘lmasa,  u  holda 

bunday  tadqiqotning    o‘zi    ham    geografiyaga    tegishli    emas.    Inson    geografiyasi  doirasida  

kartalar,    asosan,    ijtimoiy-iqtisodiy    mazmunga    ega:    sanoat,  qishloq    xo‘jaligi    tarmoqlari,  

transport,  aholi,  uning  milliy  va  hududiy tarkibi, shaharlar va qishloqlar to‘ri va tizimi kabi 

kartalar va hokazo. 

Geografik  taqqoslash  usuli  –  bu  usul  taqqoslanayotgan  obyektlar uchun  umumiy  va  

o‘ziga    xos    tomonini    ochib    beradi.    Ammo    taqqoslash  usulida,    eng    avvalo,    ikki    jihatga  

e’tibor    qaratish    lozim.    Birinchidan,  taqqoslanayotgan  obyektlarning  katta-kichikligi,  o‘z 

ko‘lami jihatidan birbiriga ma’lum darajada teng bo‘lishi shart.  

Shuningdek,  tarixiy  usuldan  ishlab  chiqarish  kuchlarining  yaqin  va  olis  istiqboldagi  

rivojlanish  yo‘nalishlarini belgilashda ham foydalaniladi. Iqtisodiy  rayonlashtirish  usuli  orqali  

mamlakatlarning    tabiiy,    ijtimoiy-iqtisodiy    mintaqalarining    mamlakat    ichki    mehnat  

taqsimotidagi    o‘rni,    ixtisoslashuv    holati    o‘rganiladi,    shuningdek,    bu    usul    mintaqalar  

bo‘yicha    uzoq    muddatga    mo‘ljallangan    ijtimoiy-iqtisodiy    va    ekologik    siyosatni  ishlab  

chiqish va amalga oshirish imkonini beradi.  

Geografiyada  iqtisodiy  rayonlashtirish  usulini  qo‘llash  natijasida  mamlakat  har  bir  

mintaqasining    o‘ziga    xos    tabiiy    sharoiti,    tabiiy    resurslarining    iqtisodiyotning  

rivojlanishidagi    o‘rni,   xo‘jalikning   tarixiy-iqtisodiy   rivojlanishi    va    hozirgi  hududiy tashkil 

etish  holati,  mavjud  ilmiy-texnika  salohiyatlardan    foydalanish    negizida    samarali    ishlab  

chiqarish    tizimini    shakllantirishning    yo‘nalishlari  belgilanadi.  Statistik  tahlil    iqtisodiy-

geografik  va  ekologik  tadqiqotlarning  muhim    usullardan  biri  bo‘lib,  u  aholining  ijtimoiy-

iqtisodiy  faoliyati  va  hududlar    bo‘yicha  majmuali  ma’lumotlar  tizimini  tadqiq  qilish  imkonini 

beradi.  Bu  usul orqali  xalqaro, mintaqaviy  va  mahalliy  ijtimoiy-iqtisodiy tizimga doir   fakt va 

raqamlar  tahlil  qilinadi,  chunki  statistik  fakt  va  raqamlar  iqtisodiy    geografik    tadqiqotlarning  

asosini  tashkil  qiladi.   

Sta-tistik  ma’lumotlarni  tahlil  qilish  asosida  hududlardagi  iqtisodiy-ijtimoiy  jarayon,  

aholining  joylashishi, umumiy demografik jarayon, mehnat resurslari, urbanizatsiya,  shahar  va  

boshqa    aholi    punktlari,    shuningdek,    iqtisodiyotning    muhim    sohalari    –    sanoat,  qishloq 



xo‘jaligi, transport, ish-lab chiqarish va noishlab  chiqarish sohalarining rivojlanish va joylanish 

xususiyatlari o‘rganiladi. 

 Iqtisodiy-matematik    modellashtirish    usuli    xo‘jalik    va    aholiga    doir    raqamlar  

majmuasini    tahlil    qilish,    o‘rganilayotgan    jarayonni    miqdoriy    baholash    imkonini    beradi.  

Ijtimoiy-iqtisodiy   jarayonlardagi   miqdor  bog‘lanishlarning   matematik   ifodasini  kibernetika  

fanlarida    model,    uni    tuzish  esa  modellashtirish  deyiladi.  Modelning  aniqligi,  to‘plangan 

ma’lumotlar  darajasi  va  hajmiga,  ularning  to‘g‘riligiga,  tadqiqotchining  malakasi    va  

modellashtirish  jarayonidagi  aniqlanadigan  masalaning  ko‘lamiga  bog‘liq.   

Keyingi    yillarda    tarmoqlararo    va    hududlararo    ishlab    chiqarish    tizimlarini  

muvozanatlashtirish,    iqtisodiyot    tarmoqlarini    va    ishlab    chiqarish    kuchlarini    oqilona  

joylashtirishning    turli    variantlarini    aniqlashda    modellashtirishdan    foydalanilmoqda.  

Iqtisodiy-matematik    modellashtirish    kompyuterlar    orqali    amalga    oshirilib,    bunda    chiziqli  

dasturlashtirish  qo‘llaniladi.   

Chiziqli    dasturlashtirish    xilma-xil    iqtisodiy    jarayonlar    uchun    oqilona  yechimlarni 

aniqlash  imkonini  beruvchi  matematik  dasturdir.  Tizim-tarkib    usuli,    aslini    olganda,    falsafiy  

qarashlarning   mahsuli   bo‘lib, u o‘rganilayotgan  hodisa  yoki  borliqning o‘zinigina emas, balki 

uni  boshqa  undan  kattaroq  doirada,  birgalikda  va  o‘zaro  aloqadorlikda  tahlil  qilishni  talab  

qiladi.   

I.M.Maergoyzning  fikricha,  iqtisodiy  va  sotsial    geografiya  xalq  xo‘jaligining  hududiy 

tarkibini o‘rganishi lozim. Bu tarkib  4  xil  bo‘ladi:  moddiy  ishlab  chiqarish,  aholi  va  aholi  

punkt-larining    hududiy    joylanishi,    ularning    o‘zaro    munosabati,    tabiiy    sharoit    va    boylik 

hamda    ishlab    chiqarish    infrastrukturasi.    O‘z    navbatida,    bu    bo‘laklar    o‘zining    hududiy  

tarkibiga    ega.    Jumladan,    moddiy    ishlab    chiqarish    hududiy    tarkibi    bu    hududiy    ishlab  

chiqarish    majmuasi,    tabiiy    sharoit    va    boyliklar    tarkibida    esa    tabiiy    hududiy    kompleks  

(landshaft).   

Xuddi    shunday    infrastrukturada    hududiy    infrastruktura    kompleksi,    aholi  

geografiyasida aholi joylashuvining hududiy tizimini ko‘rish mumkin. Sotsiologik  so‘rov  usuli  

tadqiqotlarda    keng    qo‘llaniladigan    usullardan  bo‘lib,  aniq  sharoitda  hududlar,  tarmoqlar 

bo‘yicha keng ma’lumotlar  olish  imkonini  beradi.   

Bu  usul,  ayniqsa,  hududlardagi   mavjud   ijtimoiyiqtisodiy  va  ekologik   muammolar  

majmuasini  aniqlashda,  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilishning  turli  shakllarida  yuzaga  kelgan  

muammolarni  o‘rganishda,  qolaversa,  aholi  va  mehnat  resurslari  bilan  bog‘liq  jarayonlarni  

tadqiq  qilishda  zarur  bo‘lgan  muhim  ma’lumotlar  yig‘ish  imkonini  beradi.  

Aerokosmik    tadqiqotlar    usuli    samarali    tadqiqot    usullaridan    biri    bo‘lib,    inson  

geografiyasida  kenglik  bo‘yicha,  ya’ni  katta  hududlarda  (kichik  masshtabli)  tabiat,  xo‘jalik,  

aholi,  atrof  muhit  majmuasini  tadqiq  qilishda  keng  foydalanilmoqda.  Ayni  vaqtda,  aniq  

hududlarda   ishlab  chiqarish kuchlarining rivojlanishi,  hududiy tashkil qilish,  xo‘jalik  va aholi  

joylashuvi,  shaharlar,  aglomeratsiya  va  iqtisodiy  rayonlar  chegaralari,  atrof    muhit  holati 

to‘g‘risida aniq va yangi ma’lumotlar olish imkonini  beradi.   

Bu    tadbirlar    majmui    esa    dasturni  tashkil  qiladi.  Shu  bois,  mazkur  usul  maqsadga 

dasturli yondashuv  deb nomlanadi. Uni, ayni vaqtda, hozirgi zamon tili bilan aytganda, klaster  

usuli deb ham belgilash mumkin. Shuningdek,  “Inson  geografiyasi”  fanida  olib  boilayotgan  

tadqiqotlarda  SWOT-tahlil,  guruhlashtirish,  ekspert  baholash,  prognoz  qilish, faktlar tahlili, 

balans va boshqa usullardan ham foydalaniladi.  

SWOT-tahlil  usuli    orqali  hududning  kuchli,  zaif,  imkoniyat  va  tahdid    tomonlari  

belgilanadi.    Natijada,    o‘rganilayotgan    obyektning    raqobatbardoshligiga    erishish    yo‘llari  

aniqlanadi.  Eng  muhimi,  bunda  zaif  tomonlar va imkoniyatlarga ham e’tibor qaratiladi, tahdid 

hisobga olinadi  va shu asosda istiqbolda rivojlanish yo‘llari belgilanadi.  

Guruhlashtirish    usuli    –    ommaviy    statistik    ma’lumotlarning    bir    xil,    tipik  bo‘lgan 

belgilarga  ko‘ra  guruhlarga  ajratish  usuli  hisoblanadi.  Bu  usul    o‘rganilayotgan    ijtimoiy-

iqtisodiy  jarayonlarni  hududlar  va  tarmoqlar  bo‘yicha umumlashtirish imkonini beradi.  



Ekspert baholash usuli  –  ishlab chiqarish kuchlarining tarmoqlar va  hududlar  bo‘yicha  

istiqbolda  rivojlanishini  yuqori  malakali  ekspertlar  yordamida baholashdir. Ekspert baholash 

usuli,  ayniqsa,  insonning  xo‘jalik    faoliyati    tufayli    atrof    muhitda    yuz    berayotgan  

o‘zgarishlarni  baholashda  keng qo‘llanilmoqda.  

Prognoz qilish usuli  –  iqtisodiyotning rivojlanishi, aholi soni va tarkibini,  hududlarning  

kelajakda  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotini  ilmiy  bashorat  qilishdan  iboratdir.   

Iqtisodiy    bashorat    qilish    ijtimoiy-iqtisodiy    muammolarni  oldindan  bilish,  bu 

muammolarni  aniqlash  va  jamiyat taraqqiyotining  ilmiy  asoslangan  yechimlarini  ishlab  chiqish 

imkonini beradi.  

Faktlar  tahlili  usuli  asosida  tarmoqlar  o‘rtasida  hamda  tarmoqlar   ichidagi   farqlar  

aniqlanadi    va    korxonalar    yo‘nalishi    belgilanadi.    Faktlar    tahlili    ko‘plab    hodisalarni  

umumlashtirish    hamda    tarmoqlarni    modellashtirish  uchun  kerakli  ma’lumotlarni  tayyorlash 

imkonini beradi. 

 Balans usuli  –  iqtisodiyot tarmoqlari, tarmoqlararo, ijtimoiy sohalarda  doimo  o‘zgarib  

turuvchi  iqtisodiy  ko‘rsatkichlar  muvozanatini  ifodalovchi tizimdir.  

Yuqoridagilar  bilan  birga,  “Inson  geografiyasi”  fani  yuzasidan  amalga    oshirilayotgan  

tadqiqotlarda    quyidagi    yo‘nalish    usullariga    ham    alohida    ahamiyat  qaratiladi:  -tarmoqlar  

bo‘yicha  (mamlakatlar  va  iqtisodiy  rayonlar  xo‘jaligining  alohida tarmoqlarini, shuningdek, 

jahon xo‘jaligining tarmoq tarkibini); -rayonlar  bo‘yicha:  (mamlakatlar  va  iqtisodiy  rayonlar  

xo‘jalik  majumasini);  -mahalliy  (lokal),  ya’ni  alohida  olingan  sanoat  korxonasini,  firmalar  

faoliyatini,    aholi    punktlari,    dehqon-fermer    va    uy    xo‘jaliklari,    assotsiatsiyalar    va    boshqa  

korxonalar    xo‘jalik    faoliyatini    tadqiq    qilishda    keng  foydalaniladi.  “Inson    geografiyasi”  

fanida  tarmoqlar  bo‘yicha  tadqiqot  usullari  muhim  o‘rin  tutadi.   

Bu  usul  orqali  jahon  xo‘jaligi,  iqtisodiy  rayon  va  mamlakat  bo‘yicha  iqtisodiyot  

tarmoqlarining    rivojlanishi    va    joylashish    xususiyatlari,    tarmoqning    iqtisodiy    rayon    va  

mamlakat    xo‘jalik    ixtisoslashuvida    tutgan    o‘rni,    istiqbolda    rivojlanishi    hamda    iqtisodiy  

rayonlarning shakllanishidagi o‘rni tadqiq qilinadi.  

Rayonlar    bo‘yicha    mamlakat    xo‘jalik    majmuasini,    mavjud    tabiiy    sharoit,    tabiiy,  

ijtimoiy-iqtisodiy  resurslar  hamda  ilmiy-texnika  inqilobi  yutuqlari  asosida  samarali  hududiy  

ishlab  chiqarish  tizimini  rivojlantirish  va shakllantirish tadqiq qilinadi.  

Shuningdek,  rayon  va  mamlakat  bo‘yicha    majmuali    tadqiqotda    rayon    va    mamlakat  

hududida  rivojlanayotgan  ishlab  chiqarishni  hududiy  tashkil  qilishning  samarali  shakllari,  

hududiy    ishlab    chiqarish    majmualari    va    agrosanoat    majmualari,    vertikal    va    gorizontal  

ishlab  chiqarish  aloqalari  hamda  energiya  ishlab  chiqarish  bosqichlari  (sikllari) o‘rganiladi.  

Ishlab  chiqarishni  hududiy  tashkil  qilishni  takomillashtirish    va  o‘ziga    xos  

xususiyatlarini  o‘rganishda  mahalliy  miqyosdagi  tadqiqotlar,  ya’ni  aniq  korxona,  firmalar  

faoliyati,  aholi  yashash  manzilgohlari,  assotsiatsiyalar,  dehqon-fermer  va  uy  xo‘jaliklarining  

iqtisodiy    holatini    tahlil    qilish    muhim    ahamiyatga    ega.    Bunda    asosiy    e’tibor    mahalliy  

sharoit,    mehnat    resurslari,    ishlab    chiqarish    aloqalari    hamda    istiqbolda    rivojlanish  

masalalariga qaratiladi.  




Download 318,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish