@Elektron_kitoblar_Uz
kanali uchun
XXIII bob. Farishta
Hushimni yo’qotib xayolimda tubi yo’q quduqqa tushib keta boshladim. Qulog’im
ostida ham yoqimli, ham dahshatli tovushlar jaranglar. Kutilmaganda qo’limda qattiq
og’riq his qilib, quduqdan sakrab chiqqandek bo’ldim. Lekin ko’zimni
ochishni
istamadim. Nazarimda bu dunyoni tark etdim shekilli. Chunki quduq tubidan turib
yuqoridan meni chaqirayotgan farishtaning ovozini elas-elas eshitgandek bo’ldim.
― Yo’q, Bella, yo’q - o’tinardi farishta. Yoqimli ovoz bilan birga allaqanday
shovqin, nimalarningdir qasirlab singani, urilgani eshitilardi...
Kutilmaganda hammasi
to’xtadi! Quloqni yorgudek sukunatni farishtaning ovozi buzdi:
― Bella, iltimos!
Unga javob bermoqchi bo’ldimu, lekin ovozim chiqmadi.
― Karlayl! - chorasiz ovozda qichqirdi farishta, keyin esa yig’lab yubordi. ―
Iltimos, Bella...
Nahotki, farishtalar ham yig’lasa? Bu yerda nimalar bo’lyapti o’zi? Farishtani
tinchlantirgim, ovutgim keldi. Lekin oxir suvni yorib chiqa olmadim. Tanamni teshib
o’tgudek qo’zg’algan og’riq azobidan dodlab, tubsizlik qaridan chiqishga urinardim.
― Ko’p qon yo’qotibdi,
boshidagi yarasi chuqur emas, - dedi xotirjam ovoz. ―
O’ng oyog’ini ehtiyot qilinglar, singan.
Farishta ingrab yubordi.
― Qovurg’alari ham singan shekilli...
Qo’limning og’rig’i boshqa og’riqlarni bosib ketdi. Menga nima bo’lyapti o’zi?
― Edvard... - shivirladim. Tilim shishib ketgani uchun aylanmadi.
― Bella, meni eshityapsanmi? Hammasi yaxshi bo’ladi, men seni yaxshi
ko’raman, Bella...
― Edvard, - dedim bor kuchimni to’plab. Nihoyat meni eshitishdi.
― Men shu yerdaman, Bella, gapir.
Jonim qattiq og’riyapti...
― Bilaman, Bella, bilaman! - tinchlantirdi Edvard. ― Nahotki hech nima qilib
bo’lmasa? - so’radi kimdandir.
― Elis, chemodanim qani? - dedi xotirjam ovoz.
Elis ham shu yerdami, degan savol o’tdi miyamdan.
― Elis seni topishda yordam berdi, - degan javob eshitildi tepamdan. ―
Xavotir
olma, Karlayl senga yordam beradi.
― Qo’lim kuyyapti, qattiq og’riyapti, - qichqirdim zulmat orasini yorib chiqib.
Nega qo’limdagi olovni o’chirishmayapti axir?
Olovni o’chiringlar, qo’lim yonyapti.
― Qo’lidan tishlabdi, - ovoz endi xotirjam emasdi. - Edvard dahshatdan tildan
qoldi. ― Bir qarorga kelishing kerak, - allaqayerdan Elisning ovozi eshitildi.
― Yo’q! - o’kirib yubordi Edvard.
― Hali qutqarib qolishimiz mumkin...
@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun
― Qanday qilib? - yig’lamsirab so’radi Edvard.
― Jarohatdagi zaharni so’rib tashlash kerak, - maslahat berdi Karlayl.
― Bu yordam beradimi? - cho’chib so’radi Elis.
― Bilmadim... - ikkilandi Karlayl. ― Nima bo’lganda ham shoshilish kerak.
― Karlayl men... - esankiradi Edvard. ―
Bilmadim, irodam yetadimi... - men
uchun hayot manbai bo’lgan ovoz dardga to’la edi.
― O’zing bilasan. Bu yerda men senga yordam bera olmayman. Agar zaharni
so’rib tashlamoqchi bo’lsang, qonni to’xtatish kerak.
Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi, [06.11.18 20:01]
Og’riqdan qovjiraganim sayin oyog’im battar og’riq berardi.
― Edvard! - chinqirdim, ko’zlarim yumilib ketayotganini his qilib.
Endi uning
yuzini qaytib ko’rmasam kerak. Quduqqa qayta tushib ketmaslik uchun nima qilsam
ekan?
― Elis oyog’ini bog’la, - buyurdi ovoz. ― Edvard tezroq bo’l, bo’lmasa kech
bo’ladi.
Men sevgan chehra alam va og’riqdan burishdi keyin uning ko’zlarida qatiyat
chaqnadi. Muzdek qo’llar qo’limdan mahkam tutib, lablari yaramga yopishdi...
Og’riq battarroq kuchaygani sabab men o’zimni to’rt tomonga urib, qichqirardim,
lekin Edvardning kuchli qo’llaridan chiqib keta olmasdim. Boshimni Karlayl mahkam
ushlab turar, Elis esa oyoqlarimga yopishgandi. Qo’lim muzlab,
yerga yopishib
qolgandek bo’ldi. Nihoyat kuydirayotgan og’riq to’xtadi yoki yana hushimdan
ketdimmi?
Edvardni chaqirdim, lekin ovozim o’zimga eshitilmadi.
― U shu yerda, Bella.
― Meni tashlab ketma...
― Hech qayerga ketmayman, - dedi u horg’in. Shundan keyin qo’limdagi olov
kuydirishdan to’xtadi, og’riq ham pasayib uyquga keta boshladim.
― Bo’ldimi? - uzoqlardan Karlaylning ovozi eshitildi.
Menimcha bo’ldi, - shivirladi Edvard. ― Yarasida zahar bor ekan... Endi qoni
toza.
― Bella? - chaqirdi doktor Kallen.
Men eshityapman degandek ingrab qo’ydim.
― Kuydirmayaptimi?
― Yo’q, rahmat Edvard!
― Men seni yaxshi ko’raman.
― Bilaman, - dedim xo’rsinib. Uning sekingina kulgani eshitildi.
Bir ozdan keyin doktor Kallen yana chaqirdi:
― Oying qayerda, Bella? - so’radi u.
@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun
― Floridada. Jeyms meni aldabdi. Eski kassetalarni qo’yib eshittirgan ekan... -
Kutilmaganda xotiram tiklangandek bo’ldi va tipirchiladim: ― Elis... Jeyms o’tgan
hayotingda kim bo’lganingi bilarkan!..
― Uni olib ketish kerak! - buyurdi Karlayl gapimni bo’lib.
― Yo’q, uxlagim kelmayapti.
―
Uxla azizam, o’zim seni ko’tarib olib ketaman - dedi Edvard va ehtiyotlab
ko’tardi. Og’riq qayoqqadir yo’qolgandek bo’ldi. ― Uxla, Bella, uxla, - dedi u
allalagandek mayin ovozda. O’z-o’zidan ko’zim uyquga ketdi...
Do'stlaringiz bilan baham: