Microsoft Word \312\356\357\350\377 Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl



Download 5,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/26
Sana26.05.2022
Hajmi5,55 Mb.
#609853
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
1 Zulmat ostonasidagi muhabbat

XI bob. Mushkulot 
Sinfxonaga yonma-yon kirib kelganimizda barchaning og’zi ochilib qoldi. E'tibor 
markazida bo’lsam ro’y beradigan hodisa yana takrorlandi, yani oyoqlarim chalishib 
qoqilib ketdim. Meni tirsagi bilan tutib qolgan Edvard Bella, dedi horg’in. U endi o’zini 
mendan olib qochmas, bir-birimizga turtina-turtina partaga borib o’tirdik. Ortimizdan 
g’ildirakli metall stulni surgancha janob Banner kirib keldi. Stulda eskigina televizor va 
videomagnitofon bor edi. Janob Bannerning ishiga puxtaligiga tan bermay iloj yo’q. 
Butun sinf kino ko’rish xabarini eshitib tantana qildi. Biologiya fanidan navbatdagi 
mavzu genetika bo’lgani uchun "Lorenso yog’i" filmini ko’rishimiz kerak edi. Bu 
leksiya eshitgandan ko’ra yaxshiroq albatta. Sinfda qorong’ulik cho’kkach, yonginamda 
o’tirgan Edvarddan meni o’ziga tortadigan kuchli energiya taralayotganini his qildim. 
O’z-o’zidan uning qo’lidan ushlagim kelardi. Uyalganimdan qizarib, shoshib 
qo’llarimni ko’ksimga chalishtirib oldim. Aqldan ozyapman shekilli. Ekranda yozuvlar 
paydo bo’lgach, sinf bir oz yorishdi, ko’z qirim bilan Edvardga qaradim. Kulgim keldi, 
chunki u ham xuddi menga o’xshab qo’llarini chalishtirib, ko’z qiri bilan qarab turardi. 
Ko’zlarimiz to’qnashgach, g’amgin jilmaydi. O’tkir nigohi qorong’uda ham 
yuragimgacha yetib borib ichimga o’t soldi. Nafas olishdan to’xtab qolmaslik uchun 
shoshib teskari o’girildim. 
Filmning so’nggi ko’rinay demasdi. Dars tugaguncha igna ustida o’tirgandek 
o’tirdim. Dars tugagach, yengil tin olib qimirlamay o’tiraverganimdan qotib qolgan 
qo’llarimni ishqaladim. Uzoq cho’zilgan darsdan keyin Edvard meni jismoniy tarbiya 
darsiga kuzatib qo’ydi. U bilan xayrlashaman deb o’girilganimda yuzidagi horg’inlik va 
chidab bo’lmas g’ussani ko’rib ko’nglim to’lib ketdi. Uning bag’riga boshimni qo’yib 
ovutish istagidan o’zimni zo’rg’a to’xtatdim. U ikkilanib qo’lini ko’tardi va 
barmoqlarining uchi bilan yuzimni siladi. Barmoqlari taftidan issig’im oshib ketgandek 
bo’ldi. Shundan keyin bir og’iz ham gapirmay, o’girilib ketvordi. Jismoniy tarbiyada 
beso’naqayligim uchun o’qituvchidan dakki eshitdim, menga uloqtirilgan voleybol 


@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun 
to’pini tutib qololmaganim sabab to’p to’g’ri peshanamga undan keyin meni himoya 
qilayotgan Maykning yelkasiga borib tegdi. Meni xijolatga qo’ymaslikka harakat 
qilishsada, sinfdoshlarimning yonida uyatdan yerga kirib ketay dedim. Darsdan keyin 
Mayk menga ergashdi:
― Xo’-o’-o’-sh? - dedi u ma'noli jilmayib. 
― Nima xo’sh? 
― Bella plyus Edvardmi? 
― Seni nima ishing bor? - dedim Jessikaning og’zida gap turmasligidan 
kayfiyatim buzilib. 
― Bu menga yoqmayapti. 
― Senga yoqishi shartmas! 
― U senga xuddi yeb qo’ygudek qaraydi... - Shunday deya u kulib yubordi. Javob 
o’rniga jahl bilan kiyinish xonasiga kirib ketdim. Kiyina turib oyoqlarim titrab ketdi. Bu 
do’stlarim bilan urishib qolganimdan emasdi, albatta. Boshqa tashvishlarim ham ko’p 
edi. Qiziq Edvard meni olib ketgani sportzalga kelarmikan yoki uni avtoto’xtash joyida 
kutsammi? Balki meni mashinasiz kelganimni unutgandir. Hozir hovlida uning 
qarindoshlariga duch kelsam-chi? Ularning sirlaridan xabardorligimni bilisharmikan? 
Agar bilishsa endi o’zimni qanday tutishim kerak? Shu xayollarda tashqariga chiqib 
endi uyga piyoda ketmoqchi bo’lib turgandim. Salom, degan qadrdon tovush eshitildi. 
U devorga suyangancha meni kutib turardi. Xavotirlarim tumandek tarqadi. 
― Jismoniy tarbiya darsi qanday o’tdi? - dedi u yelkam osha orqaga qarab. 
Ortimdan Mayk kelayotgandi. 
― Yaxshi. Nega so’rayapsan? - dedim uning jahli chiqayotganidan cho’chib. 
― Mayk Nyuton asabimga tegyapti. 
― Yana gap poyladingmi? 
― Peshanang og’rimayaptimi? - g’amho’rlik bilan so’radi u. 
― Sen sira o’zgarmaysan! - dedim mashinasi tomon yurib, u meni olib borib 
qo’yish niyati bor-yo’qligiga qiziqmadim ham. 
U tezda menga yetib oldi, keyin o’zing jismoniy tarbiya darsida meni 
ko’rmagansan, deganding-ku, shunga qiziqdim, deb o’zini oqladi. 
Baribir xafa bo’ldim. Kallenlarning mashinasi oldida to’dalanib turgan yigitlarni 
ko’rib qotib qoldim. Yigitlar qizil kabrioletni hayajon bilan chuvillashib tomosha 
qilishardi. Ular yonginasidan istehzoli jilmaygancha o’tib mashinasiga o’tirgan 
Edvardni sezmay qolishdi. Men ham uning ortidan bordim. U Rozalining mashinasi 
ishqibozlarini turtib yubormaslik uchun "volvo" mashinasini sekingina olib chiqdi. 
― Haliyam mendan xafamisan? - so’radi yosh boladek ko’zlarini pirpiratib. 
― Sen nima deb o’ylaganding? 
― Agar kechirim so’rasam kechirasanmi? 
― Balki... agar boshqa meni poylamaslikka va'da bersang, kechirarman. 
Uning ko’zlari ayyorona jilmaydi. 


@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun 
― Mayli kechirishing uchun sayohatga sening pikapingda borishga roziman, - yon 
bergan bo’ldi. 
Yaxshilab o’ylab ko’rib: 
― Roziman, - dedim. 
― Unda chin dildan kechirim so’rayman, - uning ko’zlarida bir zum samimiy 
pushaymonlik aks etdi, keyin yana sho’x jilvalandi: 
― Shanba kuni ertalab ostonangda bo’laman! 
― Dadamga begona "volvo" mashinasi eshigim tagida turganini qanday 
tushuntiraman? 
― Kim aytdi meni mashinada keladi deb? 
― Unda qanday... - deb boshlagandim u gapimni bo’ldi. 
― Xavotir olma, ostonangda hech qanaqa mashina bo’lmaydi.
― Yaxshi, unda ertalab uzilib qolgan gapimizga qaytamizmi? 
― Mayli. Hali ham bizning ov qilishimizni tomosha qilish istagidan 
qaytmadingmi? Qo’rqmaysanmi? 
― Yo’q, - dedim o’zimni tutib. ― Bu juda qo’rqinchlimi? 
― Juda. 
― Nega? 
Edvard chuqur xo’rsindi. 
― Ov qilayotganimizda, - dedi iloji boricha bosiqlik bilan gapirishga harakat qilib. 
― Aqlga emas, tug’ma sezgiga bo’ysunamiz. Agar shunday paytda sening hidingni 
sezib qolsam... - u bosh chayqadi. Men o’zimni bosishga urindim. 
Edvard hamon menga qarab turardi. 
― Bella, uyingga kelding, - buyurdi u ko’zini osmonga tikib. 
Bu gap tugadi degani edi. Istamaygina mashinadan tushdim. Arazlab ortimga 
o’girilmaslikka qaror qilib ketayotganimda mashina oynasi ochilgani eshitildi. 
― Bella, - chaqirdi Edvard xotirjam ovozda. U oynadan boshini chiqarib jilmayib 
turardi. 
― Ertaga mening navbatim. 
― Tushunmadim, nimani aytyapsan? 
― Savol berish navbati meniki, - shunday deya mashinani tezlik bilan o’rnidan 
jildirdi. 
Tunda yana tushimga Edvard kiribdi. Tuni bilan ag’anab chiqdim. Uyquga 
to’ymaganim uchun ertalab asabiylashib nonushta tayyorladim. 
― Shanba kuni Sietlga borish fikridan qaytmadingmi? - so’radi dadam 
asabiylashayotganimni tushunmay. 
― Yo’q. 
― Bazmga ulgurasanmi? 
― Dada men raqs tushmayman! 
― Nahotki, hech kim taklif qilmagan bo’lsa? - kayfiyati tushib so’radi dadam. 
― Bahorgi bazmga qizlar taklif qiladi! - tinchlantirdim uni. 


@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun 
― Rostdanmi, degancha dadam o’ylanib qoldi. Unga achinib ketdim. Ota bo’lish 
oson emas shekilli. Doim qizing ertaga boshqa oilaga ketishini yoki aksincha uni hech 
kim yoqtirmasligi mumkinligini o’ylab siqilishingga to’g’ri keladi... Sho’rlik dadam 
hozircha kimni yaxshi ko’rishimni bilmay turgani ma'qul. Dadamni ishga kuzata solib 
deraza yoniga yugurdim. Kumushrang volvo mashinasi ostonamizda turardi. Men unga 
peshvoz yugurarkanman munosabatlarimizning oxiri nima bilan tugashini o’ylardim. 
Abadiy bo’lganida edi... 
Edvard meni mashinada kutib turar eshikni yopganimda ham menga qaramadi. 
― Xayrli kun, yaxshimisan? - so’radi u meni lazer nuridek o’tkir nigohi bilan 
tekshiruvdan o’tkazib bo’lgach. 
U yonimda bo’ladi-yu kun xayrli bo’lmaydimi. 
― Charchaganga o’xshaysan. 
― Yaxshi uxlay olmadim, - dedim salqigan qovoqlarimni yashirish uchun yuzimni 
sochlarim bilan to’sib. 
― Men ham, - dedi u masxara qilgandek. 
― Tunda uxlamay nima qilding? - so’radim men ham o’sha ohangda. 
― E, yo’q, bugun savol berish navbati meniki, - dedi u ko’zlarini sho’x o’ynatib. 
― Mayli nimalarni bilmoqchisan? 
― Qaysi rangni yaxshi ko’rasan? - dedi xuddi jiddiy narsa so’rayotgandek. 


@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun 
Hayron qarab turganimni ko’rib, senga tegishli hamma narsa men uchun qiziq dedi 
va shundan keyin qanday disklarni eshitishim, qanaqa kitoblar o’qishim, qaysi janrdagi 
filmlar yoqishi qanday shaharlarga borishni istashim... Xullas, so’ramagan narsasi 
qolmadi. 
Umrimda o’zim haqimda shunchalik ko’p gapirmagandim. Hayotim zerikarli 
tuyilishidan ham uyalib ham qo’rqib javob berardim. Uning oxiri ko’rinmaydigan, katta 
qiziqish bilan berayotgam savollari meni javob berishga undardi. U oddiy narsalarni 
so’rar, faqat ba'zi savollarnigina meni qizarishga majbur etardi. Darslar orasida ham 
ruhiy testini davom ettirdi. Edvarddan alohida o’tiradigan darslarda shunaqa zerikdimki, 
qo’ng’iroq chalinishi bilan unga peshvoz yugurdim. U ham meni ko’rib ko’zlari 
porlaganda quvonchdan yuragim hayqirib ketardi. Maktabdan qaytishda Finiksda 
yashagan oxirgi yillarim haqida batafsil surishtirdi. Kitoblarga to’la kichkina xonamni 
ta'riflab bo’lganimdan keyin Edvard ko’nglim to’lgandek yengil tin oldi va boshqa savol 
bermadi. 
― Tugatdingmi? - dedim kulib. 
― Yo’q. Dadang ishdan qaytadigan payt bo’ldi. 
Qarasam, uyga allaqachon yetib kelibmiz. 
― Dadam?! - qichqirib yubordim, dadam borligi esimga tushib, Qorayib 
borayotgan osmonga qarab: 
― Soat nechchi bo’ldi? - dedim shoshib. 
― Qosh qorayib qoldi, zulmat bostirib kelyapti, - shivirladi Edvard osmondan ko’z 
uzmay. Uning xayollari allaqayerlarda uchib yurardi. Keyin keskin menga o’girildi va: 
― Sutkaning eng yaxshi, eng xotirjam pallasi... Ko’ngilga ma'yuslik soladi, chunki 
kun tugab, tun kirib kelayotganini bildiradi. Zulmat sirli tuyulmaydimi senga? 
― Tun ajoyib, - e'tiroz bildirdim. ― Kunduzi yulduzlarni ko’rib bo’larmidi? 
Edvard kuldi. 
― Dadang kelishiga kam vaqt qoldi. Ertangi rejalaringni aytasanmi unga? 
― Bilmadim. Demak ertaga savol berish navbati menikimi? 
― Yo’q. Hali tugatmadim deb ogohlantirdim-ku. 
― Yana nimani so’raysan, hammasini bilib olding-ku, - hayron bo’ldim. 
― Ertaga bilasan, - shunday deya men tomondagi eshikni ochish uchun engashdi, 
lekin ochmadi. Qo’llari ko’ksimning yonida turganini his qilib yuragim qattiq urib 
ketdi. 
― Shu yetmay turuvdi, - to’ng’illadi u kutilmaganda. 
― Nima bo’ldi? - qo’rqib ketdim. 
― Navbatdagi mushkulot! - tund javob berdi u va tezda o’zini orqaga tashladi. 
Sharros yog’ayotgan yomg’ir orasidan allaqanday qora mashina bizdan sal narida 
to’xtaganini ko’rdim va sakrab mashinadan tushdim. Qanchalik harakat qilmay yomg’ir 
quyuqligidan mashina rulidagi odamni ko’ra olmadim. Chiroqlar yorug’ida Edvardning 
mashinasi shinalarini chiyillatib ko’zdan yo’qoldi. U hatto, xayrlashish uchun ham 
o’girilmadi. 


@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun 
― Salom, Bella! - tanish ovoz eshitildi. 
― Jeykob? - hayratimni yashira olmadim. Ularning orqasidan dadamning 
mashinasi ham yetib keldi. 
― Qora avtomobil rulida Jeykob o’tirardi. Uning tabassumi qora tunni yoritib 
yuborgandek bo’ldi. ― Yonida esa dadasi Billi. "Navbatdagi mushkulot" deganda 
Edvard nimani nazarda tutganini tushundim. "Mushkulot" menga xavotir aralash tikilib 
turardi. Nahotki, Billi amaki Edvard Kallenni tanigan bo’lsa? Menga teshib yuborgudek 
tikilib turishiga qaraganda tanigani aniq. 

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish