Microsoft Outlook dasturining ishchi oynasi va tuzilmasi.
№
|
Bo‘lim nomi
|
Vazifasi
|
1
|
Dastur sarlavhasi
|
Dastur va hujjat nomini aks ettiradi
|
2
|
Bosh menyu
|
Barcha buyruq, dastur imkoniyatlari va sozlashlarni o‘ziga olgan
|
3
|
Uskunalar paneli
|
Keng qo‘llaniladigan va tez-tez murojaat
etiladigan uskunalarni o‘ziga olgan
|
4
|
Navigatsiya tugmalari
|
Oldingi yoki keyingi hujjatga o‘tish tugmalari
|
5
|
Adres (manzil)
|
Veb-sahifa, «Moy kompyuter», «Moi dokumentы» kabi internet manzillarni kiritish satri
|
6
|
Adresnaya kniga (kontaktы)
|
Manzillar kitobi
|
7
|
Soobщenie
|
Statistika qismi, yaratilgan, yuborilgan va qabul qilingan elektron pochta hujjatlari sonini ko‘rsatadi
|
8
|
Zadachi
|
Masalalar ro‘yxati
|
9
|
Moi yarlыki
|
Boshqa vazifalar bo‘limiga o‘tish, masalan, kelgan, yuborilgan, o‘chirilgan kabi hujjatlarni shu yerda batafsil ko‘rish mumkin.
|
10
|
Ish maydoni
|
Hujjatlar mazmunini qisqacha yoki to‘liq
tasvirlash maydoni
|
Windows operatsion sistemasi tarkibidagi Outlook Express dasturiga kirish uchun Pusk (Boshla) menyusiga, undan Programmы (Dasturlar)ga kirib, mazkur dasturni tanlaymiz va natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Microsoft Outlook Express dasturining ish oynasi va tuzilmasi
Yangi elektron pochta hujjatini yaratish uchun Bosh menyuning Fayl bo‘limidan Sozdat (Yaratish) farmoyishini yoki uskunalar panelidagi Sozdat soobщenie (Xat yaratish) tugmasini bosish kerak.
Hosil bo‘lgan oynada xatni kiritib, Komu: (Kimga) satriga xatni kimga yuborayotgan bo‘lsak, uning elektron pochta manzilini, agar kerak bo‘lsa ikkinchi manzilini ham ko‘rsatib, Otpravit (Jo‘natish) tugmasini bosamiz. Agar zarur bo‘lsa, xat bilan birgalikda boshqa matn bo‘lmagan ixtiyoriy faylni (arxiv, dastur, rasm, audio, video va hokazoni) yuborish mumkin. Buning uchun Vlojit (Joylash) tugmasini bosib, ularni ko‘rsatish kerak.
Qidiruv tizimlari va bepul xizmatlar to‘g‘risida tushuncha.
Internet tarmog‘ida har xil turdagi ma’lumotlarni topish mumkin. Lekin ma’lumotning aksariyat qismi ingliz yoki rus tilida bo‘ladi. Shunga qaramasdan, dunyodagi voqealardan, ob-havo, qimmatbaho qog‘ozlar narxlari, valyutalarning kurslari, so‘nggi yangiliklar va boshqa ma’lumotlarni aynan internetdan olgan afzalroq. Internet tarmog‘ida ma’lumotlar veb-sahifa shaklida bo‘ladi va har bir ma’lumotlar to‘plamidan iborat sayt yoki sahifa o‘ziga xos takrorlanmas manzilga ega. Masalan siz biron-bir mavzu bo‘yicha ma’lumot topmoqchisiz (Amir Temur to‘g‘risida). Internet tarmog‘ida aynan Amir Temur kabi sayt mavjud emas. Shuning uchun bizni qiziqtirayotgan ma’lumotni maxsus qidiruv (izlash) tizimlari (poiskovыy server) lardan foydalangan holda topamiz. Ularning asosiy vazifasi kiritilgan so‘rov asosida unga to‘liq va qisman javob beradigan veb-sahifalar ro‘yxatini topish va ro‘yxatini ekranga chiqarishdan iborat.
Bunday izlash-qidiruv tizimlariga Rossiya va xalqaro serverlardan quyidagilarini (ular mashhur bo‘lganligi uchun) alohida ta’kidlab o‘tish mumkin:
www.rambler.ru; www.lupa.ru; www.aport.ru; www.yandex.ru; www.yahoo.com; www.altavista.com.
Ular yordamida Siz siyosat, iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, ilm, moda, dunyo yangiliklaridan xabardor bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun siz yuqorida ko‘rsatilgan qidiruv serverlarining biriga kirib, sizni qiziqtirayotgan so‘rovni ingliz yoki rus tilida kiritib, Nayti (Qidiruv) tugmasini bosasiz. Natijada aniqlangan veb-saytlar ro‘yxati hosil bo‘ladi va siz keraklisini tanlab, izlagan ma’lumotni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
Misol tariqasida quyida mashhur qidiruv tizimlari veb-sahifalarining oynalari ko‘rsatilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |