Wordni ishga tushirish uchun quyidagi usullarning biridan foydalanish mumkin; 1) Ish stolidagi Word yorlig‘ini ikki marta chertish; 2) Pusk (Boshla) menyusining Vse programmы (Barcha dasturlar) bandidan Wordni tanlash; 3) Moy
kompyuter (Mening kompyuterim) orqali Microsoft Office katalogiga kirib, WinWord.exe dasturini ishga tushirish; 4) Moy kompyuter (Mening kompyuterim) orqali yoki ish stolidagi Wordda yaratilgan biror hujjatni tanlash va uni ochish.
Word matn muharririning tashqi ko‘rinishi va uni o‘zgartirish.
Wordning tashqi ko‘rinishi Microsoft firmasining boshqa mahsulotlarini- kidan deyarli farq qilmaydi.
Wordning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni Bosh menyuning Manzara (Vid) bandidagi farmoyishlar orqali bajarish mumkin. Word menyusida ham oxirgi paytda ishlatilmagan bandlar ko‘rsatilmaydi va barcha bandlarni ekranga chiqarish uchun menyuning oxiridagi bandini tanlash kerak.
Bosh menyuning Vid (Manzara) bo‘limidagi yangi menyuning dastlabki beshta bandi hujjatning ekranda qanday aks etishini belgilaydi. Ulardan Obыchnыy (Odatdagidek) bandi hujjatni chetidagi hoshiyalarisiz ko‘rsatsa, Razmetka stranisы (Sahifa hoshiyasi) hujjatni sahifa chetidagi hoshiyalari bilan birga ko‘rsatadi. Veb dokument (Internet hujjati) internetda e’lon qilish uchun tayyorlanayotgan hujjatlar uchun mo‘ljallangan. Struktura dokumenta (Hujjatning tarkibi) bir necha fayllarda saqlanadigan murakkab hujjatlarni
ko‘rish uchun, rejim chteniya (o‘qish tartibiga o‘tkazish) kiritilgan hujjatni qulay ko‘rinishda o‘qib chiqish uchun mo‘ljallangan.
Ekranning o‘ng tomonidagi masalalar sohasi menyuning Oblast zadach (masalalar sohasi) yordamida ekranga chiqariladi yoki yashirib qo‘yiladi. Ekranning matn kiritiladigan maydoni yuqori va chap tomonidagi chizgichlar menyuning Lineyki (Chizgichlar) bandi yordamida ekranga chiqariladi va yashirib qo‘yiladi. Vo ves ekran (To‘liq ekranga) bandi ekranni butunlay matn ixtiyoriga beradi. Masshtab bandi matnning kattaligini o‘zgartirmagan holda uning ekrandagi tasviri kattaligini o‘zgartiradi.
Menyuning Paneli instrumentov (Uskunalar panellari) bandi Wordning yigirmaga yaqin uskunalar panellaridan keraklisini ekranga chiqarish uchun xizmat qiladi. Odatda ulardan ikkitasi: Standartnыe (Standart) va Formatirovanie (Formatlash) panellaridagi amallar ko‘p ishlatiladi va ular har doim ekranda turadi. Qolgan panellar kerak paytida ularga mos amallar bajarilayotganda o‘zlari paydo bo‘ladilar va zarur amal bajarilgach yashirib qo‘yiladi. Agar hujjatda ko‘plab chizmalar bo‘lsa, Risovanie (Chizish) paneli ham ekranda turgani foydali. Panellarni ekranning chegaralari bo‘ylab yoki o‘rtasiga ham joylashtirish mumkin.
Uskunalar panelidagi tugmalar nima ish bajarishini sichqonni uning ustiga olib kelgan paytda paydo bo‘ladigan yozuvdan bilib olish mumkin. Agar bunday yozuv paydo bo‘lmasa, dasturni yozuvlar paydo bo‘ladigan tartibga o‘tkazish kerak.
Buning uchun Bosh menyuning Servis (Xizmat) bo‘limiga tegishli Nastroyka (Sozlash) bandi tanlanadi. Hosil bo‘lgan oynada Parametrы (Parametrlar) jildidagi Otobrajat podskazki dlya knopok (Tugmalar uchun yozuvni ko‘rsatish) va Vklyuchit v podskazku sochetaniya klavish (Yozuvda qo‘shtugmalarni ham ko‘rsatish) bayroqchalarini o‘rnatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |