Yorliqlar bilan ishlash.
Paint dasturini yuqoridagi usulda, ya’ni Pusk (Boshla) menyusi orqali ishga tushirish Siz uchun qiyin bo‘lmasligi, lekin sizning olti yoshli ukangiz yoki farzandingiz uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ikkinchi tomondan, Sizning o‘zingiz ham dasturlarni tezroq va qulayroq usulda ishga tushirishdan bosh tortmaysiz. Pusk (Boshla) tugmasi asosan kam ishlatiladigan va malakasiz foydalanuvchilarning nazaridan yiroqda turgani ma’qul bo‘lgan dasturlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘p ishlatiladigan dasturlarni va boshqalar uchun mo‘ljal- langan hujjatlarni ish stoliga joylash mumkin. Buning uchun ish stolida ularga mos yorliq yaratish kerak.
Paint dasturi uchun yorliq yarataylik. Buning uchun bu dasturni ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan amallarni takrorlaymiz: Pusk (Boshla) tugmasini bosib bosh menyuga kiramiz, undan Vse programmы (Barcha dasturlar) bandini, hosil bo‘lgan menyudan Standartnыe (Standart dasturlar) bandini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan menyudan Paint bandi ustiga sichqon ko‘rsatkichini olib kelib, chap tugma o‘rniga o‘ng tugmani bosamiz. Natijada yangi menyu paydo bo‘ladi. Bu menyuning nomi kontekst menyu bo‘lib, har doim sichqonning o‘ng tugmasini bosish bilan faollashtiriladi va shu paytda bajarilishi mumkin bo‘lgan amallarning ko‘pchiligi bu menyu orqali tanlanishi mumkin.
Bu menyudan Otpravit (Jo‘nat) bandini tanlab hosil bo‘lgan menyudan Rabochiy stol (Ish stoliga) bandini tanlaymiz va sichqonchani bosamiz. Natijada Ish stolida yangi yorliq paydo bo‘ladi. Kontekst menyuda bevosita Sozdat yarlыk (Yorliq yaratish) bandini tanlab, yorliq yaratish mumkin. Yaratilgan yorliqni sichqon yordamida sudrab, ish stolining kerakli joyiga joylashtirishimiz mumkin.
Ctrl
Sudrash paytida tugmasini ham bosib tursak, yorliq o‘z o‘rnida qolib,
yangi joyda ikkinchi yorliq yaratiladi. Bu usulda birinchi yorliqning o‘zini ham yaratish mumkin. Barcha oynalarni yopib ish stolini ochamiz, Vse programmы (Barcha
Ctrl
dasturlar) menyusidan Paint dasturini tanlaymiz va tugmasini va sichqonning
chap tugmasini bosib turib, menyu bandini ish stolining bo‘sh joyiga sudrab kelamiz. Tugmalarni qo‘yib yuborganimizda ish stolida yangi yorliq paydo bo‘ladi va menyuning Paint bandi ham o‘z o‘rnida qoladi.
Dasturni ish stolidagi yorliq yordamida ishga tushirish uchun uning yorlig‘i ustiga sichqon ko‘rsatkichini olib kelib sichqonning chap tugmasini ketma-ket ikki marta bosish kerak. Lekin bu usul ham noqulay bo‘lishi mumkin. Masalan, ekranda o‘ndan ortiq dasturlarning oynalari mavjud bo‘lsa, yangi dasturni ishga tushirish uchun ularning barchasini yopib turish kerak. Buning uchun masalalar satridagi
Svernut vse (Barchasini yashir) tugmasi dan foydalanish mumkin yoki dastur yorlig‘ini har doim ekranda turadigan masalalar satriga Barchasini yashir tugmasi yoniga sudrab (Ctrl ni bosmasa ham bo‘ladi) olib kelib qo‘yish mumkin.
Dasturlarni Pusk (Boshla) tugmasining ustida joylashgan eng ko‘p ishlatila- digan dasturlar ro‘yxatidan ham tanlash mumkin. Bu ro‘yxat Windows operatsion tizimining o‘zi tomonidan tuziladi. Lekin foydalanuvchi bu ro‘yxatning yuqorisi- dagi dasturlarga yangi dasturlarni qo‘shib qo‘yishi mumkin. Buning uchun dastur yorlig‘i tanlanadi va sichqonning o‘ng tugmasini bosib, kontekst menyudan Zakrepit v menyu Pusk (Boshla menyusiga kiritish) bandi tanlanadi. Natijada Pusk (Boshla) menyusining yuqori qismida dasturning nomi paydo bo‘ladi.
BBB usuli (Bu usulda trening ishtirokchilari matn o‘qib chiqilgandan so‘ng matnni o‘qish jarayonida avvaldan bilgan ma’lumotlari uchrasa “Bilaman” ustuniga, yangi ma’lumotlar bilan tanishsa “Bilib oldim” ustuniga, yana nimalarni bilishni istasa “Bilishni xohlayman” ustunlariga yozib boradi. Mashg‘ulotlarni olib boruvchi trener ishtirokchilarning jadvalni to‘ldirishlarini kuzatib, umumlashtirib boradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |