3-AMALIY MASHG‘ULOT
MOSLAMALARDA SIQISH KUCHINI HISOBLASH USULLARI BILAN
TANISHISH VA BERILGAN DETALNI SIQISH KUCHINI ANIQLASH
ISHDAN MAQSAD:
moslamalarda zagotovkalarni siqish kuchlarini hisoblash metodikasi bilan
tanishish.
NAZARIY MA’LUMOTLAR
Ishlov berish vaqtida zagotovkaga kesish kuchlari, ikkinchi darajali va
tasodifiy tabiatli hajmiy kuchlar ta’sir qiladi va ular ta’sirida zagotovkaning siljishi
sodir bo’lishi mumkin. Kesish kuchlari miqdori, yo’nalishi va qo’yilish joyi
bo’yicha o’zgaruvchan omillar sanaladi. O’rnatilmagan ma’romda kesish kuchi
noldan maksimumgacha ortadi (asbobning kirishi) va maksimumdan nolgacha
kamayadi (asbobning chiqishi). Shuningdek, o’rnatilgan ma’romda ham kesish
kuchi doimiy emas va muayyan chegaralargacha o’zgarib turadi. Ushbu holda
kesish kuchi tebranishlarining amplitudasi uning nominal miqdorining 10 % igacha
yetadi. Kesish kuchining qo’yilish joyi ishlov berish jarayonida ishlanayotgan sirt
bo’ylab siljiydi, shu sababli kesish kuchi statik emas, balki dinamik tabiatga ega
bo’ladi. Asbobning o’tmaslashishi bilan kesish kuchi 3-30 % ga va undan
ko’proqqacha ortadi.
Siqish kuchining zaruriy miqdorini zagotovkani unga ta’sir qiluvchi kuchlar
ta’sirida muvozanatda bo’ladi deb qarab, statika masalasini yechish asosida
aniqlaydilar. Buning uchun hisobiy sxemani tuzish, ya’ni o’rnatish sxemasida
zagotovkaga ta’sir qiluvchi barcha kuchlarni ko’rsatish lozim: kesish kuchlari va
moment, siqish kuchi, tayanchlar reaksiyalari, zagotovkaning o’rnatish elementlari
va siqish qurilmalari bilan tutashuv joylaridagi ishqalaninsh kuchlari va boshqa
kuchlar. Hisobiy sxemani ishlanayotgan sirt uzunligi bo’yicha kesuvchi asbobning
eng noqulay ish joyi uchun tuzish lozim. Hisobiy sxema bo’yicha zagotovkaning
kuchlar va momentlar ta’sirida mumkin bo’lgan siljish va buralish yo’nalishlarini
ko’rsatish lozim, barcha kuchlarning siljish yo’nalishiga proyeksiyalari miqdorini
aniqlash, hamda kuchlar va momentlar tenglamalarini tuzish lozim. Ushbu statika
tenglamalarini yechish asosida siqish kuchining zaruriy miqdorini aniqlaydilar.
Kesish kuchlari va momentlarining miqdorlarini bildirgich adabiyotlarda
keltiriladigan formulalar bo’yicha aniqlaydilar. Lekin ishlov berish jarayonidagi
kesish kuchlari zagotovka materialining mexanik xususiyatlari o’zgarishi,
zagotovkalarda puxtalanishning va shukastlangan qatlamning borligi, kesuvchi
asbobning o’tmaslashishi, kesilayotgan qo’yimning notekisligi va boshqa sabablar
ta’sirida hisoblangan qiymatlardan sezilarli farq qilishi mumkin.
Bundan tashqari, zaruriy siqish kuchini aniqlash uchun qabul qilingan
hisobiy sxemada moslamaning o’rnatish elementlari va zagotovka, zagotovka va
siqish qurilmalari orasidagi tutashuvlarning turli holatlari (sirtlarning ezilishi,
moylashning mavjudligi, turlicha g’adir-budirlik va b.) yuzaga kelishi mumkin.
Kesish kuchlarining va tutashuv holatining ushbu o’zgarishlarini hisobiy
usulda aniqlashning imkoni yo’q, shu sababli amaliy hisoblarda muvozanat
tenglamalari bo’yicha aniqlangan siqish kuchi miqdorini ehtiyot koeffitsiyenti K ga
ko’paytirish lozim.
Quyida turlicha bazalash sxemalaridagi zagotovkalarni siqish kuchlarini
hisoblash misollari keltirilgan.
1-Misol. Uch mushtchali patronga mahkamlangan zagotovkada teshikni
parmalashda (1-rasm) u kesish kuchi P
0
ta’sirida mushtchalar bo’ylab siljishi va
kesish momenti M ta’sirida buralib ketishi mumkin (1-rasm). Shu sababli shunday
siqish kuchini qo’yish kerakki, zagotovka mushtchalarga nisbatan siljimasin ham,
buralib ketmasin ham. Mushtchalardagi qirqilishning shakliga qarab siljish va
buralib ketishga qarshilik har-xil bo’lishi mumkin, chunki bu o’rinda ishqalanish
koeffitsiyentlari turlicha bo’lishi mumkin.
Faraz qilamiz, zagotovkaning o’q bo’ylab mushtchalarda siljishida
ishqalanish koeffitsiyenti f
1
ga, mushtchalarda buralib ketishida esa f
2
ga teng
bo’lsin.
Mushtcha va zagotovka orasidagi ishqalanish kuchi siljishda T
1
=f
1
Q ni,
buralib ketishda esa T
2
=f
2
Q ni tashkil qiladi.
1-rasm. Tokarlik dastgohida parmalash uchun siqish kuchini aniqlash
sxemasi
Zagotovkaning mushtchalarda siljimasligi shartiga binoan siqish kuchining
miqdorini aniqlaymiz. Qabul qilingan belgilanishlardan foydalangan holda va
patronda uchta mushtcha borligini nazarda tutib, kuchlar tenglamasini tuzamiz:
3T
1
=P
0
.
T
1
ning qiymatini qo’yganimizdan va K koeffitsiyentni kiritganimizdan
keyin tenglama quyidagi ko’rinishga keladi:
3𝑓 𝑄 = 𝐾𝑃 ,
bundan
𝑄 =
.
Endi zagotovkani mushtchalarda buralib ketmasligi shartiga binoan siqish
kuchi miqdorini aniqlaymiz. Zagotovka uchta mushtchaga siqilganligi sababli,
momentlar tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
3𝑇 𝑟 = 𝑀
bu yerda r - zagotovkaning mushtchalarda siqilgan qismi tashqi aylanish sirti
radiusi.
T
2
ning qiymatini qo’yganimizdan va K koeffitsiyentni kiritganimizdan
keyin tenglama quyidagi ko’rinishga keladi:
3𝑓 𝑄𝑟 = 𝐾𝑀,
bundan
𝑄 =
.
Hisoblangan ikkita siqish kuchi qiymatlaridan kattasi tanlanadi.