Microsoft Word \270\270\270darslik elektron tijorat docx


Elektron va an’anaviy biznes



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/186
Sana07.01.2022
Hajmi3,46 Mb.
#325785
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   186
Bog'liq
DARSLIK ELEKTRON TIJORAT

4.3.Elektron va an’anaviy biznes. 
 
An‘anaviy  va  elekton  tijorat  ko’rinishlari  o’zaro  munosabatlarining 
sxemasi qanday?  Elktron  tijorat  rivojlanishining  boshlang’ich  bosqichlarida  ―on-
layn  rejimiga  chiqishǁ korxonaning o’z Web-saytini ishga tushurishini bildirgan. 
Lekin  ko’p  o’tmay  korxonalar  saytini  shunchaki  ishga  tushirish  internet 
tarmog’ida  korxonaning  marketing  strategiyasisiz  va  tashkiliy  omillarni  xisobga 
olmasdan  samarali  bo’lmasligini  tez  orada  tushundilar.  Bunday  omillardan 
an‘anaviy  va  elektron  ko’rinishlari  o’zaro  munosabatlari  muhimlaridan  biri 
hisoblanadi (rasm.4.2.). 
An‘anaviy  va  elektron  biznes  ko’rinishlarining  o’zaro  munosabatlari 
odamlarga,  tizimlarga,  resurslarga  va  mijozlarga  nisbatan  har  xpl  talablarni 
nazarda  tutadi.  Biznesning  etakchi  xolatiga  odamlar,  resurslar,  tizimlar  va 
mijozlar  moslashuvi  natijalarini  o’lchovchi  mos  vositalar  yo’q  bo’lgan  holda 
strategik  maqsadlarga  erishish  mumkin  emas.  Elektron  biznes  an‘anaviy 
biznesdan  mustaqil  ravishda  mavjud  bo’lgan  alohida  biznes  ko’rinishiga 
aylanganda o’zgacha yondashuv talab qiladi. Masalan, tovarlarni an‘anaviy zanjir 
ishtirokchilari  (distribyutor  va  ommaviy  sotuvchilar)  orqali  sotadigan  ishlab 
chiqaruvchi  birdan  ularni  tarmoq  orqali  to’g’ridan-to’g’ri  taklif  qilishga  qaror 
qiladi. Tashkilot an‘anaviy zanjir ishtirokchilarining salbiy (negativ) reaksiyasini 
chetda  qoldirib,  taqsimlashning  odatiy  jarayonini  saqlab  qolgan  holda  tashkilot 
mijozlarga yangi usulda xizmat ko’rsata olmaydi. Elektron biznes strategiyasining 
samarali  ishlashiga  imkon  beradigan  tizimlarni ko’rib  chiqish, yaratish va ularni 
an‘anaviy  operatorlar  bilan  bog’lash  zarur.  Agar  bu  tizimlarni  birlashtirilmasa, 
ishni  olib  borishning  ikkala  usuli  (an‘anaviy  va  elektron)  katta  zarar  ko’rishi 
mumkin. 
 
 
 


72 
 
An‘anaviy  biznes  –  korxona  tovarlar  ishlab  chiqaradi  va  ularni 
an‘anaviy kanallar orqali sotadi. 
Bir  qismi  elektron  tijoratdagi  an‘anaviy  tijorat.  Masalan,
do’konlarda savdo va tarmoqda kataloglar taklifi. 
Qandaydir  darajada  tarmoqqa  integratsiyalashgan  an‘anaviy  biznes. 
Masalan,  distribyutorlar  orqali  savdo,  ba‘zi  ta‘mnotchilar  extranet orqali 
bog’langan. 
Intensiv  integrashtirilgan  elektron  faoliyatli  an’anaviy  tijorat. 
Masalan,  distribyutorlar  orqali  savdo  va  tarmoq  –  barcha  ta‘minotchilar 
extranet orqali ulangan. 
An‘anaviy  tijorat  elektron  tijoratga  aylanadi:  mahsulotlar,  xizmatlar 
elektron usulda etkaziladi. 
Rasm 4.2. An‘anaviy va elektron tijorat ko’rinishlarining o’zaro 
munosabatlari sxemasi

 
Ko’pchilik  an‘anaviy  korxonalar  Internet  inqilobini  qabul  qilishga  qodir 
emas  bo’lib  chiqdilar.  Ular  elektron  tijoratni  yuritish  uchun  barcha  kerakli 
resurslarga  ega  bo’lsalar ham o’zlari  uchun yangi tijorat  sohasini o’zlashtirishda 
hal qiluvchi qadamni amalga oshirmayaptilar. Ba‘zilar tijorat va sanoat inqilobiga 
ega jamiyatga ta‘sir qilish ko’lami bo’yicha internet inqilobini taqqoslaydilar. Bu 
inqilobdan korxonalar, tashkilotlar va iste‘molchilar ham foydaga ega bo’ladilar. 
Korxona uchun elektron tijorat foydasini quyidagicha ko’rsatish mumkin: 
-Elektron  tijorat  bozor  chegaralarini  kengaytiradi.  Korxona  xatto  katta 
bo’lmagan sarmoya bilan mijozlarga global ko’lamda xizmat ko’rsatishi mumkin. 
1997  yildayoq  aviaqurilish  giganti  Boeing  kompaniyasi  o’z  ta‘minotchisi  sifatida 
kichik  Venger  firmani  tanladi.  U  nafaqat  buyurtmani  sifatli  bajardi,  balki 
uskunalarni  vaqtida  va  ancha  arzon  narxda  etkazib  bera  oldi.  Bu  aloqa  elektron 
tender orqali amalga oshirilgan. 
-Elektron  tijorat  axborotni  olish,  qayta  ishlash  va  saqlash  kechikishlarini 
kamaytiradi. SHu bilan administrativ xarajatlarni kamaytiradi. 


73 
 
-Elektron  biznes  korxonalarga  tor  doira  mutaxassisligida  faoliyat  yuritishga 
imkonberadi. 
-Elektron  tijorat  zaxiraning  kamayishi  xisobiga  qo’shimcha  xarajatlarni 
sezilarli  pasaytirishga  imkon  beradi.  Mijozning  aniq  so’rovidan  so’ng  ishlab 
chiqarish boshlanadi. 
-Elektron  tijorat  umumiylashtirilishi  buyutmaga  asosan  ishlab  chiqarishga 
imkon yaratadi. Bu bilan korxonaning raqobat qilish imkoniyatlarini oshiradi. 
-Biznes 
jarayonlarning 
tezlashishi 
korxonaning 
barcha 
ishchilari 
unumdorligini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi. 
-Vaqtning real ko’lamida interaktivlik muvofiqlikning mumkinligi. Internetda 
aloqa  ikki  tomonlama  bo’lib,  real  vaqtda  yuz  beradi  va  axborot  tizimlari 
muvofiqligi bilan  ta‘minlanadi.  Bu  marketing qarorlarini qabul  qilishda prinsipial 
jihatdan  muhim  hisoblanadi.  Bu  xususiyatlar  marketologga  real  vaqtdako’pgina 
muammolarni (masalan, narx belgilash) hal qilishga imkon beradi. 
-Elektron tijorat texnologiyalari mijozlar bilan o’zaro aloqalarni operativligini 
oshirishga,  mijozlarning  katta  soni  bilan  bir  vaqtning  o’zida  ishlash  imkoniyati, 
mijozlar bilan paralell muloqot qilish imkoniyatigayo’l ochib beradi. 
-Bundan tashqari hamkorliklar imkoniyatlarini kengaytirish, ta‘minotchilar va 
mijozlar  bilan  uzoq  muddatli  munosabatlar  o’rnatish,  axborotdan  erkin 
foydalanishni kengaytirish v.h.larni foydaga kiritish mumkin. 
Elektron tijorat iste‘molchilarga quyidagicha foyda keltiradi: 
-Iste‘molchiga  qulay  bo’lgan  ixtiyoriy  vaqtda,  tanaffuslarsiz  va  dam  olish 
kunlarisiz 24 soat xizmat ko’rsatish; 
-Tovar,ta‘minotchilar,narxlar,sifatv.b.parametrlartanlovini kengaytirish; 
-To’liq va o’z vaqtida axborot olish imkoniyati; 
-Takliflarni  taqsimlash  va  boshqa  iste‘molchilar  bilan  axborot  almashinish 
imkoniyati. 
Elektron tijorat jamiyat uchun ham ma‘lum bir foyda keltiradi: 
-Uyda ishlash imkoniyati. Uydan turib xarid qilish transport oqimi va u bilan 
bog’liq muammolarni kamaytirishi mumkin. 


74 
 
-Nisbatan  arzon  narxlarda  mahsulot  sotib  olish  imkoniyati  fuqarolar  hayoti 
sifatini oshiradi. 
-Qishloq  erlarida  yashovchilar  yirik  shaharlarda  yashovchilar  bilan  birdek 
tovar, xizmat va axborotdan erkin foydalanish imkoniyatiga ega. 
-Elektron tijorat turli ijtimoiy xizmatlar, masalan, ta‘lim bilan ta‘minlaydi. 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish