3.6. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni boshqarishga
logistik yondashuvni qo‘llashning samaradorligi
Ma'lumki, ishlab chiqarish korxonasidagi materialning 95-98% vaqti ortish–
tushirish va transport–ombor ishlariga to‘g‘ri keladi.
«Bosh», «Simens», «Mitsubisi» va «Djeneral motors» firmalari
ma'lumotlariga ko‘ra, korxonada moddiy oqimlarni boshqarishga logistik yondashish,
logistik operatsiyalar majmui bajarilishini maksimal optimallashtirishga imkon beradi.
Korxonada moddiy oqimlarni boshqarishga logistik yondashuvni qo‘llashdan
vujudga keladigan umumiy samaraning tarkibiy qismlari quyidagilar:
1.
Ishlab chiqarish bozorga mo‘ljallangan. Kam hajmdagi va individual
ishlab chiqarishga samarali o‘tish mumkin bo‘ladi.
2.
yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik munosabatlari o‘rnatiladi.
3.
Uskunalar to‘xtab turishi qisqaradi. Bu, ish joylarida kerakli materiallar
doimo mavjud bo‘lishi bilan, ta'minlanadi.
4.
Ishlab chiqarayotgan mahsulot sifati oshadi.
5.
Ishlab chiqarish sikli kamayadi va xarajatlar minimallashtiriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish imkonini
beradigan sabablarga to‘laroq to‘xtalib o‘tamiz.
Zaxiralar optimizatsiyasi – logistikaning markaziy muammolaridan biri.
Zaxiralarni saqlash, moliyaviy mablag‘lar ajratilishini, moddiy texnika baza va
mehnat resurslarining katta qismining ishlatilishini talab qiladi. Ishlab chiqarishni
tashkil etishning zamonaviy logistik uslublarini qo‘llayotgan qator /arbiy yevropa
firmalari tajribalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, logistikani qo‘llanilishi ishlab
chiqarish zaxiralarini 50% ga kamaytirish imkonini beradi.
Yordamchi ishchilar sonini kamayishi. Tizimlilik (ishni tizimli amalga
oshishi) darajasi qancha past bo‘lsa, mehnat jarayoni shunchalik aniqlanmagan
bo‘ladi, bu esa ishning katta hajmlarini bajarishda yordamchi ishchilarga bo‘lgan
ehtiyoj shunchalik ortishiga olib keladi.
Materiallar yo‘qotilishini kamayishi. Istalgan logistik operatsiya – bu
potensial yo‘qotishlar. Logistik operatsiyalar optimizatsiyasi – bu yo‘qotishlarnig
kamayishidir.
Ishlab chiqarish va ombor maydonlari ishlatilishini yaxlitlash. Oqim
jarayonlarining noaniqligi ko‘proq qo‘shimcha maydonlarni oldindan egallab
qo‘yishga undaydi. Masalan, ulgurji savdo bazalari loyihasida, oqim jarayonlarining
noaniqligi ombor maydonlarini 30%ga oshirilishiga majbur qilgan.
Jarohatlarning kamayishi. Logistik yondashuv o‘z ichiga mehnat
xavfsizligi tizimini ham kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |