atamalarini izohlash bo‘yicha xalqaro qoidalar to‘plami bilan ta'minlashdan iborat.
Shunday qilib, turli mamlakatlarda bunday atamalardan saqlanish yoki hyech
bo‘lmaganda turli talqinlar noaniqligini ma'lum darajada qisqartitish mumkin.
T
M
k
V
l
t
Inkotermsning ta'sir qilish sohasi oldi-sotdi shartnomasi tomonlarining
sotilgan tovarlarni yetkazib berishga nisbatan (bu yerda “ tovar” deganda “ moddiy
tovarlar” tushuniladi, bundan kompyuter dasturiy ta'minot kabi “ nomoddiy tovarlar”
mustasno) huquq va majburiyatlari bilan bog‘liq masalalar bilan cheklanadi.
Amaliyotda Inkotermsni noto‘g‘ri tushunishning ikkita varianti ko‘p uchraydi.
Birinchisi – bu Inkotermsni oldi-sotdi shartnomasiga emas, balki tashish
shartnomasiga ko‘proq munosabatga ega sifatida noto‘g‘ri tushunish. Ikkinchisi – bu
ba'zida ular tomonlar shartnomaga kiritishni istagan barcha majburiyatlarni qamrab
olishi kerak, degan tasavvurning noto‘g‘riligi hisoblanadi.
Xalqaro savdo palatasi tomonidan har doim ta'kidlab kelinganidek, Inkoterms
oldi-sotdi shartnomalari doirasidagi faqat ma'lum jihatlarda sotuvchilar va xaridorlar
o‘rtasidagi munosabatlar bilan aloqa qiladi.
Eksportchilar va importchilar nafaqat oldi-sotdi, balki tashishlar, sug‘urta va
moliyalash shartnomalari muhim bo‘lgan xalqaro sotish bitimlarini amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan turli shartnomalar o‘rtasidagi haqiqiy munosabatlarni hisobga
olishi kerak. Bunda Inkoterms ushbu shartnomalarning biriga, ya'ni aynan oldi-sotdi
shartnomasiga taaluqlidir.
Inkoterms shartnomani buzish oqibatlari va turli to‘siqlar natijasida
javobgarlikdan ozod etish bilan shug‘ullanmaydi. Ushbu masalalar oldi-sotdi
shartnomasining boshqa shartlari va tegishli qonunlar tomonidan hal etilishi kerak.
Inkoterms boshidan tovarlar milliy chegaralar orqali yetkazib berilishi uchun
sotilayotgan holatlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan: shunday qilib - bu xalqaro
savdo atamalaridir. Biroq Inkoterms amaliyotda ko‘pincha tovarlarni faqat ichki
bozorlar doirasida sotish uchun shartnomalarga kiritiladi.
“ ye” atamasi sotuvchiga eng kam majburiyatlar yuklaydi: sotuvchi tovarni
faqat xaridor ixtiyoriga kelishilgan joyda – odatda sotuvchining shaxsiy binosida
taqdim etishi lozim. Ikkinchi tomondan, amaliyotda ko‘p uchraydigan narsa – bu
sotuvchi ko‘pincha xaridorga tovarni xaridorning transport vositasiga yuklashga
yordam beradi. Agarda sotuvchi majburiyatlari kengaytirilib, yuklashni ham o‘z
ichiga olganda, sotuvchining EXW atamasi shartlariga muvofiq eng kam
majburiyatlarining an'anaviy tamoyillarini ulardan sotuvchi tovarni yuklashga
nisbatan hyech qanday majburiyatlarni qabul qilmagan holatlar uchun foydalanish
maqsadida saqlash qarorini qabul qilinganida edi EXW atamasi buni yaxshiroq aks
ettirgan bulur edi. Mabodo xaridor sotuvchi ushbu vazifani ham bajarishini istasa, bu
oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.
“ F” atamasi sotuvchi tovarni xaridor ko‘rsatmalariga muvofiq tashishini
ko‘zda tutadi. Tomonlar FCA atamasiga ko‘ra yetkazib berishni amalga oshirishni
ko‘zda tutadigan punkt majburiyatlarning turli xilligi tufayli ushbu atama bilan
tuzilgan shartnomada uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi.
Masalan, tovar xaridor tomonidan tvoarni sotuvchi binosidan olib ketish uchun
yuborilgan transport vositasiga ortilishi mumkin; ikkinchi holatda tovar xaridor
tomonidan tovarni terminal, ya'ni xaridorga yetkazib berish uchun yuborilgan
transport vositasidan tushirishni talab qilishi mumkin. Inkoterms 2000 shartnomada
ko‘rsatilgan yetkazib berish joyi sifatida sotuvchi binosi hisoblanib, yetkazib berish
yakunlangan, tovar xaridorning transport vositasiga yuklangan holatlar shartlashgan
bo‘lsa, boshqa holatlarda yetkazib berish yakunlangan va tovar xaridor ixtiyoriga
sotuvchi transport vositasidan tushirilmasdan yetkazib berilgan bo‘lsa ushbu
variantlarni hisobga oladi. Transportning turli turlari uchun qayd etilgan variantlari
FCA atamasida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: