Operatsion sikl - aylanma aktivlar jami yig‘indisining to‘liq aylanish davriga tengdir.
Xo‘jalik yurituvchi sub'ektning operatsion sikli - materiallarni xarid qilish, ishlab
chiqarish va naqd pulga yoki osonlik bilan pulga aylantiriladigan moliyaviy aktivlarga sotish
o‘rtasidagi o‘rtacha vaqtdir. Joriy operatsion aktivlarni tasnif etish maqsadida ayni shu tarmoq
yoki faoliyatning shu turi uchun kattaroq davr muvofiqroq hisoblanmasa, bir yil operatsion
sikl hisoblanadi.
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, aylanma aktivlarning operatsion siklda aylanish davri
to‘rt bosqichdan iborat. Bu davrlarda aylanma aktivlar o‘z moddiy shaklini bir turdan ikkinchi
turga o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: