Operatsion aktivlar korxonaning operatsion foyda olish maqsadida amalga
oshiriladigan ishlab chiqarish va tijorat faoliyatida (operatsion faoliyatda) bevosita ishtirok
etuvchi mol-mulki qiymatini aks ettiradi. Uning tarkibiga:
- ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalar;
- operatsion faoliyatga taalluqli nomoddiy aktivlar;
- aylanma operatsion aktivlar qiymati (qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar
summasidan tashqari) kiritiladi.
Investitsion aktivlar korxonaning investitsion faoliyatini amalga oshirish bilan
bog‘liq mulkiy qiymatliklaridan tashkil topadi. Uning tarkibiga:
- tugallanmagan kapital quyilmalar;
- o‘rnatiladigan asbob-uskunalar;
- uzoq muddatli moliyaviy quyilmalar;
- qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar kiritiladi.
4. Aktivlarni shakllantirishning moliyaviy manbalariga ko‘ra:
- yalpi aktivlar;
- sof aktivlar hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |