birinchi va ikkinchi asli, shuningdek nusxasining barcha varaqlariga, To’lovlar
jadvali va Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga olishga)
«Shartnoma bo’yicha to’lovlar shaxsiy g’azna hisobvarag’i qoldig’i doirasida
amalga oshiriladi» yozuvi bilan «Hisobga olindi» shtampini va shaxsiy imzosini
qo’yish hamda vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlash yo’li bilan hisobga olinadi.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan yuridik majburiyatlar ro’yxatdan
o’tkazilganidan yoki hisobga olingandan so’ng:
- shartnomalarning ikki asli va To’lovlar jadvallarning birinchi asli
shartnomalarning nusxasi, To’lovlar jadvalining ikkinchi asli va buyurtmachilar
tomonidan shartnomalar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa
buyurtmaning va To’lovlar jadvalining birinchi asli buyurtmachilarga qaytariladi,
ikkinchi asli hamda Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga
olishga) buyurtmalar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar nusxalari esa g’aznachilik
olingan shartnomalar va Yuridik majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazishga (hisobga
439
Shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish (hisobga olish) kitobida elektron ko’rinishda
yuritiladi.
Ro’yxatdan o’tkazilgan yoki hisobga olingan shartnomalar summasiga
nisbatan moliyaviy majburiyatlarni kam miqdorda ro’yxatdan o’tkazilishi yoki
hisobga olinishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlarni qoplashga tegishli manba
(byudjetdan ajratilgan mablag’lar, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning
byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari va BMJ mablag’lari) bo’yicha
ishlatilmagan qoldiq mavjud bo’lganida buyurtmachilar amal qilish muddati:
tugamagan shartnomalar bo’yicha — tegishli hisobot davri uchun
shartnoma summasini kamaytirishni va uni mazkur shartnoma bo’yicha qabul
qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi
qo’shimcha kelishuv tuzishi va g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etishi;
tugagan shartnomalar bo’yicha — g’aznachilik bo’linmalari tomonidan
shartnoma summasini kamaytirilishi va uni mazkur shartnoma bo’yicha qabul
qilingan moliyaviy majburiyatlar summasiga muvofiqlashtirilishi uchun asos
bo’luvchi mazkur shartnoma bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib
beruvchilar (pudratchilar) bilan solishtirish dalolatnomasini tuzishi va g’aznachilik
bo’linmalariga taqdim etishi zarur.
108. Agar shartnomalar bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib
berilishi asosli sabablarga ko’ra keyingi moliya yiliga o’tsa, buyurtmachilar
mazkur shartnoma muddati tugaguniga qadar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib
beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilgan solishtirish dalolatnomalari asosida
shartnomalar muddatini uzaytirish, joriy moliya yilida qabul qilingan yuridik
majburiyatlar summasini etkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) summasiga
kamaytirish, shuningdek etkazib berilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha
yuridik majburiyatlarni keyingi moliya yiliga o’tkazishni nazarda tutuvchi
qo’shimcha kelishuvlar tuzishi mumkin. Bunda mazkur qo’shimcha kelishuvlar
tovarlar (ishlar, xizmatlar) birligi narxining oshishini nazarda tutmasligi va
ularning umumiy summasi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) etkazib
berilmagan qismi bo’yicha yuridik majburiyatlar summasidan oshmasligi shart.
440
Bunda mazkur qo’shimcha kelishuvni ro’yxatdan o’tkazish yoki hisobga
olishda «O’RMV» ATda ularning amal qilish muddati joriy yilning 31 dekabri
sifatida kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: