Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

byudjetning  daromadlari  mazkur byudjetni ijro etuvchi tegishli kassada jamg’arilishi 

tushuniladi

29

Shuningdek, ushbu  byudjetdan  mablag’ bilan  ta’minlanuvchi  barcha 

tashkilotlarga  pul mablag’lari ushbu kassa orqali beriladi.  

Bunda konsolidatsiyalashgan byudjetni  ijro qilish maqsadida va davlat moliyasi 

bilan  qilinadigan  barcha  jarayonlarni  o’z  vaqtida  va  aniq  hisobini    qilish  uchun 

g’aznachilikning hisob-kitob schyotlari davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining 

tasnif tizimiga mos kelishi kerak. Byudjetning daromad qismini ijro etish  yuridik  va 

jismoniy shaxslardan  soliq va soliqsiz to’lovlar  undirish  hisobiga  amalga oshiriladi. 

Bunda    yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tegishli    to’lovlarni    qonunda  belgilangan 

muddatlar  va tartiblarda mustaqil ravishda  hisoblaydilar va byudjetga to’laydilar.  

Byudjetning  daromadlar  qismi  ijrosida    soliq  organlarining  funktsiyasi  tartibga 

soluvchi  soliqlarni  taqsimlash,  noto’g’ri  to’langan  summalarni  qaytarish  va  byudjet 

daromadlari tushumi hisobini olib borishdan iborat bo’ladi.  

                               

29

 Steven  M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons, 



Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010 


102 

 

Byudjetning  tushumlar  bo’yicha  ijrosini  tashkil  etib,  G’aznachilik  organlari 



tushumlar  tushishining  qisqa  muddatli  prognozi  va  byudjetning  daromadlar  qismi 

ijrosining tahlilini amalga oshiradi. Mamlakatda moliyaviy va iqtisodiy  barqarorlikni 

saqlash, narxlar va ichki valyuta  bozorini  bosqichma-bosqich erkinlashtirish byudjet 

tizimini  izchil va tizimli tarzda rivojlantirishni  ta’minlaydi. 

G’aznachilik  -  davlat  byudjeti  ijrosini  ta’minlashning    bir  shakli    bo’lib,  unda 

maxsus  idora    davlat  soliqlarini  yig’imi  va  ulardan  foydalanishni  ta’minlaydi, 

mablag’lar  ustidan    nazorat  amalga  oshiriladi,  shuningdek,  davlat  tashqi    va  ichki  

qarzlarini  boshqaradi  hamda    byudjetdan    tashqari  maqsadli  jamg’armalar,  byudjet  

tashkilotlarining    byudjetdan  tashqari  mablag’lari  pul  oqimlari  monitoringini  olib 

boradi. 


Bugungi  kunga  kelib,  barchasida    ushbu  tizim  joriy  qilindi  va  ayni  paytda  

mutaxasislar mavjud  tizimni takomillashtirish ishlari bilan band.  

Yuqoridagi  fikrlarimizga  xulosa  shuki,  davlat  moliyasi  boshqaruvining 

tuzilishini  tarixiy  rivojlantirishda    nainki  ilmiy,  balki  amaliy  tajribalarga  ham   

tayaniladi.  

O’zbekistonda  davlat  byudjeti  g’azna  ijrosini  joriy  etishdan  ko’zlangan  

maqsad quydagilardan iborat: 

 byudjet mablag’laridan samarali foydalanish; 

 byudjet nazoratini kuchaytirish; 

 byudjet ijrosi yuzasidan hisobot muddatlarini qisqartirish.  

G’aznachilik  joriy  etish  byudjet  daromadlarining  to’liq  va  o’z  vaqtida 

tushishini  va  harajatlar  qismida  byudjet  mablag’larining  maqsadli  sarflanishini 

nazoratini  kuchaytirish  va  pul  oqimlarini  samarali  boshqarish  imkonini  beradi. 

Mazkur  tizimni  joriy  etish  orqali  byudjet  bajarilishini  kuzatish,  boshqaruv 

qarorlarini  qabul  qilishda  qulaylik  yaratish,  byudjet  mablag’larini  maqsadsiz 

sarflanishidan  ximoyalash  va  byudjetni  rivojlantirish  va  prognozlashtirish  sifatini 

oshirish mumkin. 



103 

 

Konsolidatsiyalashgan  byudjetni  ijro  qilish  va  davlat  byudjeti  mablag’lari 



xisobiga  moliyalashtirilayotgan  barcha  jarayonlarni  o’z  vaqtida  va  aniq    hisobini 

yuritish    maqsadida  G’aznachilik  xisob  –  kitoblar  schetlari  davlat  byudjeti 

daromadlari va xarajatlarining tasnif tizimi bilan moslashtiriladi. 

G’aznachilik  tizimini  joriy  qilish  bilan  bog’liq    bo’lgan  asosiy  ishlar 

quyidagilardan tashkil topadi: 

 byudjet  daromadlari  va  xarajatlari  bo’yicha    barcha  opertsiyalar  turli 

banklarda  ochilgan  ko’plab  byudjet  xisob  raqamlari  o’rniga  markaziy  bankda 

ochiladagan Moliya vazirligining yagona G’azna xisobvarag’iga jamlanadi; 

 byudjet  tashkilotlari  xarajatlarini  xisobga  olish  va  byudjet  mablag’laridan 

foydalanishni nazoartni qilish, hamda xisobotlar tayyorlash uchun ularning shaxsiy 

hisobvaraqlari G’aznachilikda ochiladi va yuritiladi; 

 tijorat banklar ijrosi o’rniga   G’aznichilik tomonidan  byudjet  kassa  ijrosini 

amalga  oshirilishi  va  byudjet  jarayonining  barcha  bosqichlari,  ya’ni  daromadlar 

tushumi,  byudjet  mablag’lari  ajratishdan  tortib  byudjet  ijrosi  xisobotini 

tayyorlashgacha bo’lgan ishlar birlashtiriladi; 

 zamanaviy  axborot  texnologiyalari  va  dasturiy  ta’minotni    qo’llagan  xolda 

G’aznachilikning  yagona  axborot  tizimi  shakllantiriladi    va  u  davlat  byudjeti 

daromadlari  va  xarajatlari  kassa  ijrosining  kundalik  monitoringini  ta’minlaydi, 

barcha  darajadagi  byudjetlar  holati  haqida  ma’lumotlarni  tezkor  yig’ish,  qayta 

ishlash va taxlil qilish imkonini beradi. 

Rivojlangan  mamlakatlar  amaliyotidagi  G’aznachilik  tizimini  O’zbekistonda 

ham joriy  etish  va rivojlantirish,  davlatning  moliya –  axborot tizimini  joriy etish, 

davlat moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini 

beradiki, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. 

Mamlakatimizda  davlat  byudjetining  g’aznachilik  tizimini    joriy  etilishi 

quyidagi ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi: 




104 

 

- davlat moliyaviy resurslasrini real hajmini va uning istiqbol ko’rsatkichlarini  



doimiy nazorat qilish; 

-  davlat  moliyasininig  holati  to’g’risida  tezkor  va  muntazam  ravishda 

axboratlarni yig’ish,ishlov berish va tahlil qilish; 

-  davlat  byudjetining  daromadlar  va  xarajatlar  qisimlarini  kassa  ijrosini  xar 

kungi aniqlashtirilgan monitoringini o’tkazish; 

- tasdiqlangan byudjet mablag’lari doirasida byudjet tashkilotlarining tovarlar 

va  xizmatlar  etkazib  beruvchilar  oldidagi  majburyatlarini  qabul  qilish  bosqichida 

dastlabki nazoratni amalga oshirish; 

-moliya  organlari  tomonidan  byudjet  xarajatlarini  o’z  vaqtida  va  adresli 

moliyalashtirish bilan birga byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari tomonidan 

suistmol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat olib 

borish; 


-  byudjet  tashkilotlari  majburyatlarni  olgandan  keyin  pul  mablag’larini 

G’aznachilik  xisob  raqamida  to’g’ridan-to’g’ri  tovar  etkazib  beruvchilar  xisob 

raqamiga  o’tkazish  orqali  pul  oqimlari  xarakatini  tezlashtirish    va  o’z  vaqtida 

to’lovni  amalga  oshirish  orqali  taminotchilarni  moliyaviy  imkoniyatlarini 

yaxshilash; 

-  g’aznachilik  tizimining  bir  pog’anasidan  ikkinchi  pog’anasiga  pul 

mablag’lari  o’tkazishni  tezlashtirish  orqali  byudjet  mablag’larini  tezkor  xarakat 

qilishini ta’minlash.  




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish