byudjet darajalari tasnifi Davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tilishi munosabati
bilan kiritilgan bo‘lib, o‘zi bilan mablag‘lar manbalari (Davlat byudjeti, Davlat
maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari, boshqa byudjetdan tashqari Davlatning
jamg‘armalari, grantlar, kreditlar)ni
O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy
tuzilmalari darajalari bo‘yicha guruhlanishini namoyon etadi va davlat byudjeti
xarajatlarini ularni tashkil topish joy (hudud, tuman, shahar)lariga daxl etishga
imkon beradi.
Davlat byudjetning barcha xarajatlari har bir byudjet oluvchi uchun o‘zining
qat’iy yo‘nalishiga ega. Bu yo‘nalish byudjet tasnifi kodlariga ega: bob, bo‘lim,
bo‘linma, maqsadli bo‘linma, xarajat turi. Shundan kelib chiqqan holda, har bir
byudjet oluvchiga bir necha shaxsiy hisobraqam ochiladi. Har bir hisob raqam
bo‘yicha iqtisodiy tasnifga asosan bir necha yo‘nalish beriladi.
G‘aznachilikda ijroning samaradorligi uchun axborot tizimi asosida byudjet
tasnifidan ham foydalaniladi.
Iqtisodiyotni tubdan isloh qilish iqtisodiyotni rivojlanishiga alohida ta’sir
ko‘rsatuvchi byudjet tasnifi tizimni batafsil mukammallashtirishni talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining yangi byudjet tasnifini shakllantirishda jahon
tajribasidan va amaldagi xalqaro andozalardan foydalanish masalasi muhim
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining byudjet tasnifi tarkibiga dasturiy
tasnifni kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dastur doirasidagi har bir tadbirga
xarajatlar alohida ko‘rsatiladi. Bevosita byudjetda baholash mezonlarining
mohiyati ochiladi. Byudjet tasnifi shu dastur doirasida moliyalashtirilayotgan
ob’ekt yoki xizmatning holatini va dastur yakunlanganda erishilishi
rejalashtirilayotgan holatni aks ettiradi.
817
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining rivojlanish
darajasi juda yuqori, davlat moliyasini boshqarishda g‘aznachilik organlari
zimmasiga yuklatilgan vazifalar yildan-yilga takomillashtiriladi. G‘aznachilik
tizimida byudjet tasnifi tizimiga asoslangan davlatning moliyaviy nazorati
kuchaytiriladi. O‘zbekiston Respubliksida davlat byudjetini boshqarishni
takomillashtirish,
byudjet
jarayonini
tizimlashtirish,
byudjet
tasnifini
mukammallashtirish bo‘yicha nazariy ishlanmalar va amaliy asoslarning sezilarli
darajada zamon talabidan ortda qolmasligi uchun byudjet tasnifi bo‘yicha aniq
tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 20 avgustdagi 65-sonli
buyrug‘i bilan (2010 yil 11 oktyabrda 2146-raqami bilan ro‘yxatga olingan)
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma
tasdiqlandi. Ushbu hujjat milliy byudjet tasnifini davlat moliyasi tasnifining
xalqaro standartlari bilan uyg‘unlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2011
yilning 1 yanvaridan amalga kiritildi.
Ma’lumki, byudjet tasnifi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlaridan mablag‘ oluvchi tashkilotlarga qo‘llaniladi hamda davlat byudjeti
va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish
va ijro qilish, shuningdek, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash maqsadida foydalaniladi.
Ushbu hujjatning afzalliklari va muhim jihatlarini quyidagi asosiy
yo‘nalishlar bo‘yicha ochib berish mumkin (8.3.-Rasm):
818
5-rasm. Yo‘riqnomaning afzalliklari va muhim jihatlari
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi byudjetlar
daromadlari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda byudjet tashkilotlarining
byudjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat.
Byudjet tizimidagi islohotlar byudjet tasnifining takomillashuvini taqozo
etadi. Mustaqil davlat sifatida O‘zbekiston Respublikasida mustaqil davlat
byudjeti, ma’lum darajada shakllangan va iqtisodiy taraqqiyotning har bir
bosqichida
takomillashib
borayotgan
byudjet
qonunchiligi,
byudjet
munosabatlarini tashkil etish tamoyillari, aloxida vakolatlarga ega bo‘lgan byudjet
tizimini boshqarish organlari mavjud.
Byudjet amaliyotida qo‘llanilayotgan byudjet tasnifi ham doimo o‘zgarib va
takomillashib bormoqda.
Avval amal qilib kelgan tasnif tizimini makroiqtisodiy boshqaruviga
moslashmaganligi, xalqaro tasniflash tizimlari bilan muvofiq emasligi, asosan,
rejali iqtisodiyot tamoyillaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilganligi bilan
xarakterlanadi. Bugungi kunda davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimi jarayonida
amalga oshirilayotgan tadbirlar amaldagi byudjet tasnifini ham takomillashtirishni
taqozo etadi.
Xorijiy mamlakatlar byudjet tizimining tahlili shuni ko‘rsatadiki,
daromadlarning shakllanishi va ulardan foydalanish yo‘nalishlari tarkibiga ko‘ra
819
byudjet daromadlari va xarajatlari o‘ziga xos xususiyatga ega. Yagona byudjet
tizimi doirasida daromadlar va xarajatlarni rejalashtirish va prognoz qilish
jarayonida, daromadlar va xarajatlarning tasnifi juda kata ahamiyatga ega.
Ko‘pchilik xorijiy mamlakatlarning byudjet tasnifi Xalqaro valyuta
jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan Davlat moliyasining xalqaro statistika
standartlari asosida ishlab chiqilgan. Byudjet amaliyotida yuz berayotgan
o‘zgarishlar – byudjet ijrosining g‘aznachilik tizimiga o‘tilishi, yagona byudjet va
hisob tizimining ishlab chiqilishi yangi byudjet tasnifini ishlab chiqish va kiritishni
taqozo etmoqda.
Rossiya Federatsiyasida Federal byudjetni tuzish va ijro etish bo‘yicha
asosiy metodologik hujjat bo‘lib byudjet tasnifi xizmat qiladi. Byudjet tasnifi –
byudjet tizimining barcha darajalaridagi byudjetlari daromadlari va xarajatlarini,
shuningdek, ushbu byudjetlarning taqchilliklarini moliyalashtirish manbalari va
davlat qarzi turlarini bir xil belgi bo‘yicha qonunga muvofiq guruhlash bo‘lib,
undan byudjetlarni tuzish va ijro etishda tasnif ob’ektlariga guruh kodlarini berish
orqali foydalaniladi. Tasnif barcha darajadagi byudjetlar ko‘rsatkichlarining
qiyosiyligini, ularni iqtisodiy va statistik tahlil qilish imkoniyatini ta’minlaydi.
Rossiya Federatsiyasi G‘aznachiligining asosiy vazifalari va funksiyalar
G‘aznachilikka oid tegishli qo‘llanma va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish, byudjet
tasnifini takomillashtirish loyihasini tayyorlashdan iborat.
Rossiya Federatsiyasi byudjeti jarayoniga «natijaviylikka yo‘naltirilgan
byudjetlashtirish»ni kiritish, byudjetni rejalashtirishni maqsadli dasturlar uslubini
mukammallashtirish, byudjet tasnifini takomillashtirish bilan bog‘liq. Shu
maqsadda byudjet tasnifi tarkibiga dasturiy tasnif kiritiladi. Rossiya Federatsiyasi
byudjetlari xarajatlarining funksional tasnifi xarajatlarning turi hamda maqsadli
moddalari hududiy va mahalliy byudjetlar qismi byudjet to‘g‘risidagi qonun bilan
tasdiqlanadi. Xarajatlar moddalari maqsadli moddalar tarkibiga dastur va kichik
dasturlar kodlarini kiritiladi. Byudjet xarajatlari tasnifining dasturini
shakllantirishning asosi deb baholash mumkin. Dasturiy tasnif o‘rta muddatli
dasturlash doirasida natijaviylikka asoslangan byudjetlashtirishning ajralmas
820
qismidir. Byudjetlashtirish ko‘rsatilgan modelini ishlatishga o‘tish Rossiya
Federatsiyasining 2004-2018 yillar byudjet jarayonini isloh qilish ishlarining
muhim masalasidir. G‘aznachilik sharoitida Rossiya Federatsiyasi byudjet tasnifida
o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Federal byudjetning barcha sohalari, bosqichlari
va jarayonlarini qamrab olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |