Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


Qimmatli qog’ozlar  bozori ishtirokchilari quyidagilardir



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

    Qimmatli qog’ozlar  bozori ishtirokchilari quyidagilardir:  

•  bozorni  tashkil  etuvchilar  –  bular  bozorda  faoliyat  yuritish  qoidalarini  va 

ishtirokchilar  tarkibini  belgilovchi  emitentlar,  ya’ni  Moliya  vazirligi  va 

O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  (Moliya  vazirligining  bosh  agenti 

sifatida)dir; 

 •  diler  –  bu  yuridik  shaxs,  amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  investitsion 

institut  (qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchisi)  yoki bankdir,  u 

O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  bilan  obligatsiyalar  bo’yicha 

operatsiyalarga xizmat ko’rsatish bo’yicha shartnoma imzolaydi; 

 •  investor–  diler  bo’lmagan  yuridik  shaxs,  amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq 

obligatsiyalarni  mulk  sifatida  sotib  oladi  va  ularni  ishlab  chiqarish  shartlari  va 

parametrlarini boshqara oladi.    

         Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari – qarz qog’ozlari bo’lib, ularga binoan 

zayom  beruvchi  (davlat)  kredit  oluvchiga  (investor  –  O’zbekiston  Respublikasi 

rezidenti  bo’lgan  har  qanday  yuridik  shaxs)  belgilangan  muddat  o’tgandan  so’ng 

investitsiyalangan  summa,  shuningdek  ma’lum  bir  daromad  to’lanishini 

kafolatlaydi.  Davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalari  3,  6,  9  va  12  oylik  aylanish 

muddati  (auktsion  kuni  bilan  qarzni  qaytarish  vaqti  oralig’idagi  davr)  bilan 

chiqariladi, ular davlatning barcha aktivlari bilan ta’minlanib, investitsiyalarga o’ta 

ishonchlilikni  ta’minlaydi.  Obligatsiya  emissiyasi  vaqti-vaqti  bilan  alohida 

chiqarishlar shaklida amalga oshiriladi. Har chiqarish, ko’pchilik hollarda, oyda bir 

bo’lib  o’tadi.  Obligatsiyaning  nominal  qiymati  1000  so’m.  Auktsionda  birlamchi 

joylashtirilganda  obligatsiyalar  diskont  bilan  sotiladi,  qarz  nominal  bo’yicha 

qaytariladi.  Davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalari  bilan  operatsiyalardan  olingan 

daromad  soliqqa  tortilmaydi.  Davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalarining  har  bir 

chiqarilishi  ma’lum  bir  parametrlar  bilan  tavsiflanadi  va  auktsionda  sotiladi. 

Chiqarish  parametrlari,  hajmi,  joylashtirish  va  qoplash  vaqti,  potentsial 

ishtirokchilarni  chegaralash  emitent  (Markaziy  bank  bilan  kelishilgan  holda 

Moliya  vazirligi)  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Davlat  qisqa  muddatli 

obligatsiyalarining har bir chiqarilishiga davlat registratsiya raqami beriladi.  



721 

 

  Davlat registratsiya raqami to’qqizta razryaddan tashkil topadi.  



Masalan:  1) birinchi marta chiqarilgan uch  oylik obligatsiyalar quyidagi  raqamga 

ega bo’ladi: «21001UMFS», bu erda:  

• birinchi razryad, «2» soni qimmatli qog’oz turini ko’rsatadi – qarz majburiyati;  

•  ikkinchi  razryad  qimmatli  qog’oz  tipini  anglatadi:  «1»  -  uch  oylik  davlat 

obligatsiyalari, «2» - olti oylik; «3» - to’qqiz oylik; «4» - o’n ikki oylik;  

• uchinchi, to’rtinchi va beshinchi razryadlar: bu tipning chiqarilish tartib raqamini 

anglatadi; 

 •  oltinchi,  ettinchi  va  sakkizinchi  razryadlar,  abbreviatura  «UMF»  emitentni 

ko’rsatadi  – «Uzbekistan  Ministry  of Finance»; •  to’qqizinchi  razryad, «S» harfi, 

qimmatli qog’oz davlatniki ekanligini ko’rsatadi. 

       Ushbu  davlat  registratsiya  raqami  xalqaro  operatsiyalarda  ishlatilishi  ISIN 

raqami  kabi  amalga  oshiriladi,  uning  chap  tomoniga  ikki  razryadli  prefiks 

qo’shiladi,  o’ng  tomoniga  esa  ISO  6166  xalqaro  standartiga  muvofiq  kontrol 

razryadi  qo’shiladi.  Davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalari  qog’ozsiz  shaklda 

chiqariladi  va  sotilganda  egalarining  Depozitariydagi  shaxsiy  hisob  varaqlarida 

(depo” hisob varaqlarida) qayd etish tarzida rasmiylashtiriladi. Qonun hujjatlariga 

muvofiq obligatsiyalar bozori ishtirokchilari ikki toifaga: dilerlar va investorlarga 

bo’linadi.  

        Investor diler (dilerlar) bilan xizmat ko’rsatish bo’yicha shartnoma imzolashi 

shart.  Bu  shartnoma  obligatsiyalarni  sotib  olish,  ularga  egalik  qilish  va  ularni 

sotish tartibini,  shuningdek  ushbu  operatsiyalarni  bajarishda  tomonlarning huquq, 

majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.  

      Davlat  qisqa muddatli  obligatsiyalarining  birlamchi joylashtirilishi  auktsionda 

amalga  oshiriladi.  Unda  Markaziy  bankning  rasmiy  ro’yxatga  olingan  dilerlari 

obligatsiyalar  sotib  olish  uchun  buyurtmalarni  barcha  xohlovchilardan  to’plab 

beradilar. Buyurtmalarda sotib olinayotgan obligatsiyalar narxi va soni ko’rsatiladi. 

Buyurtmalar  narxlarni  ko’rsatmasdan  berilishi  mumkin  (raqobatsiz  buyurtmalar), 

ularning hajmi emitent tomonidan oldindan chegaralanadi. Emitent talab summasi 

va  chiqarish  hajmidan  kelib  chiqib  kesib  tashlanadigan  narxni  –  obligatsiya 



722 

 

sotilishining  minimal  narxini  belgilaydi.  Shu  narxda  va  undan  yuqori  narxlarda 



obligatsiyalarni  sotib  olish  bo’yicha  tushgan  buyurtmalar  qondiriladi,  minimal 

narxdan  past  darajadagi  takliflar  qondirilmaydi,  ya’ni  kesib  tashlanadi.  Amalda 

yopiq auktsion savdosini o’tkazishning ikki tizimi – “amerikacha” va “gollandcha” 

tizimlar  qo’llaniladi.  “Amerikacha”  tizim  bo’yicha  kesib  tashlanadigan  narxdan 

yuqori  darajadagi  narxlar  qayd  etilgan  buyurtmalar  buyurtma  narxlari  bo’yicha, 

raqobatsiz  buyurtmalar  esa  –  o’rtacha  narxlar  bo’yicha  qondiriladi.  “Gollandcha” 

tizim  bo’yicha  barcha  buyurtmalar  yagona  minimal  ruxsat  etilgan  narx  –  kesib 

tashlanadigan  narxda  qondiriladi.  O’zbekistonda  davlat  qisqa  muddatli 

obligatsiyalari  savdo  tizimi  “amerikacha”  tizimga  o’xshashdir.  Davlat  qisqa 

muddatli  obligatsiyalarining  savdo  sessiyalari  respublika  valyuta  birjasi 

(O’zRVB)da  amalga  oshiriladi.  Oldi-sotdi  va  hisob-kitob  operatsiyalarining 

hammasi obligatsiyalar elektron savdosi har kuni amalga oshirilishini ta’minlovchi 

kompyuterlashtirilgan  savdo-depozitar  tizimi  yordamida  amalga  oshiriladi.  Savdo 

sessiyalari  tugaganidan  so’ng  ma’lumotlar  hisob-kitob  tizimiga  kelib  tushadi,  u 

erda  kliring  amalga  oshiriladi,  ishtirokchilar  va  birjaning  o’zaro  majburiyatlari 

aniqlanadi,  pul  mablag’lari  bo’yicha  hisob-kitoblar  amalga  oshiriladi,  qimmatli 

qog’ozlar bo’yicha esa bu depozitariyda bajariladi.  

       Obligatsiya  egasi  keyingi  chiqarishdagi  obligatsiyalarni  sotib  olishda  qarzi 

qoplanayotgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari qiymati bilan to’lash huquqiga 

ega.  Ular  bilan  operatsiyalar  “depo”  hisob  varaqlarida  qayd  etish  orqali  amalga 

oshiriladi.  

       Obligatsiyalarning  ikkilamchi  bozorda  aylanishi  faqatgina  oldi-sotdi 

bitimlarini,  shu  jumladan  Savdo  tizimi  (O’zRVB)  orqali  garovga  qo’yilgan 

obligatsiyalarni  sotish  bitimlarini  imzolash  orqali  amalga  oshiriladi. 

Obligatsiyalarni  chiqarishga  xizmat  ko’rsatish  bo’yicha  savdo,  hisob-kitob  tizimi 

va  depozitariyni  yaratish  O’zbekiston  Respublikasi  valyuta  birjasi  zimmasiga 

yuklangan.  Chiqarilishi  rejalashtirilayotgan  obligatsiyalarni  joylashtirish  davrida 

20 foizdan ortig’i sotilsa, ularni chiqarish amalga oshdi deb hisoblanadi Markaziy . 

bank  va  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  ikkilamchi  bozorda 



723 

 

obligatsiyalarni  sotib  olish  bo’yicha  operatsiyalarni  amalga  oshirishlari  mumkin. 



Hukumatning zayomlar bo’yicha faoliyati qimmatli qog’ozlar bozorida faollashadi, 

bu  hol  byudjet  taqchilligini  qoplashda  Markaziy  bank  kreditlaridan 

foydalanishning  rad  etilishi  natijasidir.  Davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalari 

bozorida  mablag’larni  o’zlashtirish  muddatining  uzayishi,  auktsionlarda  va 

ikkilamchi  bozorlarda  obligatsiyalar  qiymatining  pasayishi,  obligatsiyalar  qarzini 

to’lash  qat’iy  belgilangan  muddatlarda  amalga  oshirilishi,  vaqtinchalik  bo’sh 

turgan  pul  mablag’larini  risksiz  aktivlarga  qisqa  muddatli  investitsiyalash 

imkoniyatlari bozor ishtirokchilari doirasining kengayishiga olib keldi, bu esa, o’z 

navbatida,  uning  hajmi  sezilarli  darajada  oshishiga  sabab  bo’ldi.  Davlat  qisqa 

muddatli obligatsiyalari  jozibadorligining  oshishida  muhim omillardan biri davlat 

qimmatli  qog’ozlari  daromadlarini  imtiyozli  soliqqa  tortish  rejimi  saqlanib 

qolinganligidir. Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorida eng katta investorlar 

xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxonalar  va  sug’urta  kompaniyalari 

hisoblanadi.  Bozorning  eng  yirik  operatorlari  –  Sanoatqurilishbank,  Asaka  bank, 

Kredit standart bank, Qishloqqurilishbank va Xalq banki.  

      O’zbekiston  Respublikasining  davlat  o’rta  muddatli  pul  majburiyatlari 

Hukumat  nomidan  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan 

qog’ozsiz  shaklda  (depozitariyda  “depo”  hisob  varaqlari  bo’yicha  elektron  yozuv 

ko’rinishida)  chiqariladi  va  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  muomalada  bo’ladi, 

davlat  o’rta  muddatli  pul  majburiyatlari  tijorat  banklari  va  yuridik  shaxslar  – 

O’zbekiston  Respublikasi  rezidentlari  o’rtasida  joylashtiriladi.  Davlat  o’rta 

muddatli g’aznachilik majburiyatlari (DO’G’M)ning nominal qiymati O’zbekiston 

Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi va 1000 so’mni tashkil etadi. Diler o’z 

nomidan,  investor  nomidan  va  uning  topshirig’iga  binoan  DO’G’M  bo’yicha 

bitimlar imzolashda brokerlik funktsiyasini bajarishi mumkin. Dilerlar ikki toifaga 

bo’linadi: birlamchi va ikkilamchi diler.  

     Birlamchi diler:  



724 

 

auktsionlarda  DO’G’Mni  sotib olish  bo’yicha  operatsiyalarni  o’z nomidan  va o’z 



hisobiga,  o’z  nomidan  va  investorlar  hisobiga  va  topshirig’iga  binoan  amalga 

oshirish huquqiga egadirlar;  

DO’G’Mni  joylashtirish  bo’yicha  har  bir  auktsionga  Markaziy  bank  tomonidan 

DO’G’Mni  sotib  olish  bo’yicha  birlamchi  dilerlarga  qo’yilgan  minimal  talablar 

darajasidan  kam  bo’lmagan  me’yorda  ularni  sotib  olish  buyurtmalarini  berishga 

majbur; 


 DO’G’Mni  sotib  olishga  va  sotishga  kotirovkalarni  o’rnatish  orqali  ikkilamchi 

bozorda DO’G’Mning aylanishini qo’llab turishga majbur; 

 auktsionda  DO’G’Mni  pul  mablag’larini  oldindan  zaxira  qilib  qo’yishsiz  sotib 

olish huquqiga ega va auktsionda sotib olingan DO’G’Mni auktsionning ertasidan 

kech bo’lmagan muddatda pulini to’lashga majbur. 

     Ikkilamchi  diler  ikkilamchi  savdolarda  ishtirok  etish  va  ikkilamchi  bozorda 

DO’G’Mni  o’z  nomidan  va  o’z  hisobidan, o’z  nomidan  va  investor  hisobidan  va 

uning  topshirig’iga  binoan  sotib  olish  huquqiga  ega.  DO’G’Mning  har  bir 

chiqarilishiga davlat registratsiya raqami beriladi. Davlat registratsiya raqami o’nta 

razryaddan tashkil topadi. Masalan:  

birinchi  marta  chiqarilgan  o’n  sakkiz  oylik  qayd  etilgan  foizli  daromadga  ega 

DO’G’M quyidagi raqamga ega bo’ladi: «25001UMFS F », bu erda:  

• birinchi razryad «2» soni qimmatli qog’oz turini ko’rsatadi – qarz majburiyati; 

 • ikkinchi razryad, qimmatli qog’oz tipini anglatadi: «4» - o’n ikki oylik DO’G’M, 

«5» - 18 oylik; «6» - 24 oylik; «7» - 30 oylik; «8» - 36 oylik; «9» - 48 oylik; «0» - 

60 oylik;  

• uchinchi,  to’rtinchi  va beshinchi  razryadlar: bu  tipni  chiqarilishi  tartib raqamini 

anglatadi;  

•  oltinchi,  ettinchi  va  sakkizinchi  razryadlar,  abbreviatura  «UMF»,  emitentni 

ko’rsatadi – «Uzbekistan Ministry of Finance»;  

• to’qqizinchi razryad, «S» harfi, qimmatli qog’oz davlatniki ekanligini ko’rsatadi; 

 •  o’ninchi  razryad,  foiz  to’lovlarining  foiz  stavklarini  o’zgarishini  ko’rsatadi:  - 

«F» qayd etilgan foiz, «V» - o’zgaruvchan foiz.  



725 

 

36  oylik  o’zgaruvchan  foizli  daromali  DO’G’Mning  birlamchi  chiqarilishi 



quyidagi  raqamga  ega  edi:  «7001UMFS  V».  DO’G’M  bo’yicha  depozitariyda 

“depo”  hisob  varaqlarini  ochish  va  yuritish  tartibi  davlat  qisqa  muddatli 

obligatsiyalar  hisob  varaqlarini  yuritishga  o’xshash  ravishda  va  “Davlat  qisqa 

muddatli obligatsiyalarini  muomalaga  chiqarish  va  xizmat  ko’rsatish  to’g’risidagi 

Nizom”ga binoan amalga oshiriladi.  

       Emissiya  bir  yildan  besh  yilgacha  aylanish  muddatiga  qayd  qilingan  yoki 

o’zgaruvchan  foizli  daromadga  ega  bo’lgan  alohida  chiqarishlar  bilan  amalga 

oshiriladi.  Davlat  o’rta  muddatli  g’aznachilik  majburiyatlarini  joylashtirishdan 

tushgan  mablag’lar  respublika  byudjetiga  kelib  tushadi.  Davlat  o’rta  muddatli 

g’aznachilik  majburiyatlarini  joylashtirish  va  chiqarishni  qoplash  O’zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  Moliya  vazirligi  nomidan  va  davlat 

byudjeti  mablag’lari  hisobidan  amalga  oshiriladi.  Moliya  vazirligi  har  bir 

chiqarilish  hajmini,  to’lovlar  muddatini  va  foizli  daromad  hajmini  moliya  bozori 

kon’yunkturasi  va  byudjet  ehtiyojlaridan  kelib  chiqib,  O’zbekiston  Respublikasi 

Markaziy banki bilan kelishilgan holda aniqlaydi, shuningdek ikkilamchi bozorda 

davlat  o’rta  muddatli  obligatsiyalarini  g’aznachilik  (majburiyatlarini)  sotib  olish 

operatsiyalarini  va  muddatidan  oldin  ularning  qarzini  to’lash  operatsiyalarini 

amalga oshiradi.  

     Zayom  obligatsiyalari  bo’yicha  barcha  daromadlar  yutuqlar  ko’rinishida 

to’lanadi.  Zayom obligatsiyalari  250, 500 va 1000  so’mlik ko’rinishda  chiqarildi. 

Yigirma yillik zayom muddatida barcha obligatsiyalarning 32% yutuqlidir, qolgan 

68%  obligatsiyalar  zayom  muddati  tugaganidan  so’ng  ustiga  yozib  qo’yilgan 

qiymat bo’yicha sotib olinadi. Yutuqli obligatsiyalar bo’yicha qarzlar to’lanadi va 

ular  keyingi yutuqlar tirajidan  chiqarib  tashlanadi. Yigirma  yillik  zayom muddati 

ichida 80 ta yutuqlar tiraji o’tkaziladi, bir yilda 4 marta.  

     O’zbekiston Respublikasi ichki yutuq zayomlari obligatsiyalari va ular bo’yicha 

yutuqlar soliqlardan ozod qilingan. Jahon moliya bozorida O’zbekiston ko’pincha 

qarz oluvchi  sifatida  namoyon  bo’ladi.  O’zbekistonning  asosiy  kreditorlari  bozor 




726 

 

iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bo’lib, ular mablag’larni hukumatlararo zayomlar 



va banklararo kreditlar ko’rinishida taqdim etadilar. 

     O’zbekiston  Respublikasi  rezidentlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  tashqi 

qarzlarni jalb qilish turlari  

1.  Davlatlararo  kelishuvlar  asosida  xorijiy  kreditlar  va  zayomlar.  Xorijiy 

mamlakatlarning  ixtisoslashtirilgan  hukumat  moliya  institutlari  (KfV  bank 

(Germaniya), Djayka (Yaponiya), Iqtisodiy  rivojlanish  va  hamkorlik jamg’armasi 

(Janubiy  Koreya),  KFAER  (Quvayt),  SFR  (Saudiya  Arabistoni)  va  boshqalar) 

tomonidan  O’zbekiston  Respublikasi  Hukumatiga,  shuningdek  O’zbekiston 

Respublikasi  rezidentlariga  xorijiy  tijorat  banklari  kreditlarini  rasmiy  hukumat 

eksport-kredit va sug’urta agentliklarining (Koreya, AQSh eksport-import banklari, 

Euler-Germes (Germaniya), KOFAS (Frantsiya) sug’urta agentliklari va boshqalar) 

sug’urtasi  bilan  xorijiy  kreditorlar  foydasiga  O’zbekiston  Respublikasi kafolatlari 

bilan taqdim etiladi.  

2.  Xalqaro  moliya  institutlari  tomonidan  strategik  jihatdan  muhim  ijtimoiy  va 

infratuzilmaviy  loyihalarni  alohida  kreditlar  va  O’zbekiston  hukumati  va  (yoki) 

O’zbekiston  Respublikasi  rezidentlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  tashqi 

qarzlarni  jalb  qilish  turlari  Davlatlararo  kelishuvlar  asosida  xorijiy  kreditlar  va 

zayomlar  Portfel  investitsiyalar  Xalqaro  moliya  institutlari  tomonidan  strategik 

jihatdan muhim ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarni alohida kreditlar va (yoki) 

zayomlar berish, shuningdek kredit liniyalari ochish orqali moliyalashtirish. 

       O’zbekistonda  loyihalarni  moliyalashtirish  Jahon  banki  guruhi  moliyaviy 

tashkilotlari (Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish agentligi, 

Xalqaro  moliya  korporatsiyasi),  Osiyo  taraqqiyot  banki,  Islom  taraqqiyot  banki, 

Xalqaro rivojlanish bo’yicha OPEK jamg’armasi, Evropa ta’mirlash va taraqqiyot 

banklari tomonidan amalga oshiriladi. 

 3.  Portfel  investitsiyalar  –  xorijiy  firmalar  kapitalini  korxonalar  aktsiyalari  va 

boshqa  qimmatli  qog’ozlarga  daromad  olish  maqsadida  joylashtirishdir,  bunda 

korxonaning  moliyaviy-xo’jalik  faoliyati  ustidan  nazorat  o’rnatish  maqsadi 

ko’zlanmaydi.  “Toshkent”  respublika  fond  birjasida  maxsus  maydoncha  tashkil 



727 

 

etilgan bo’lib, u erda xorijiy firmalar xususiylashtirilayotgan korxonalarning 100% 



aktsiyalarini sotib olishlari mumkin 

4.  To’g’ridan-to’g’ri  xorijiy  investitsiyalar  –  O’zbekiston  hududidagi  uzoq 

muddatli investitsiyalar bo’lib, ularni nazorat qilish investorlar tomonidan amalga 

oshiriladi.  O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  binoan  kompaniya 

aktsiyadorlik  kapitalining  10  foizdan  kam  bo’lmagan  qismining  sotib  olinishi 

to’g’ridan-to’g’ri  xorijiy  investitsiyalar  hisoblanadi.  Ularning  xususiyati  –  shu 

korxona boshqaruvida bevosita ishtirok etish. 

5. Qo’shma tadbirkorlik. O’zbekiston uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishning 

ustuvor  sohalari  quyidagilardir:  •  agrosanoat  kompleksi,  bu  oxir  natijada  aholi 

turmush darajasining oshishiga olib keladi;  

•  sanoat,  kimyo,  to’qimachilik,  yoqilg’i-energetika  kompleksining  ustuvor 

tarmoqlarini  jadal  rivojlantirish,  xalq  xo’jaligining  faoliyat  yuritayotgan 

sohalaridagi  ilmtalab  texnologiyalarini  yangilash  va  yangi  kuchlarini  yaratish,  bu 

oxir natijada respublikaga tovarlar importini kamaytiradi;  

•  kichik  va  o’rta  tadbirkorlikni  rivojlantirish,  qadimgi  va  an’naviy 

hunarmandchilikni  tiklash.  Zayomlarning  asosiy  oluvchilaridan  biri davlat sektori 

hisoblanadi  (byudjet  taqchilligini  moliyalashtirish,  davlat  korxonalari  va 

tashkilotlarini  kreditlash,  davlat  investitsiya  loyihalarini  kreditlash).  Zayomlar 

bilan  birga  davlat  kreditlashni  ham  amalga  oshiradi.  Masalan,  O’zbekiston 

qonunchiligiga  binoan  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  va    mahalliy 

byudjetlar  taqchilligiga  yo’l  qo’yilmaydi,  ular  yuqori  byudjetlarning  ssudalari 

hisobiga  tartibga  solinadi.  Yuridik  shaxslarga  tarkibiy  qayta  qurishlarni  amalga 

oshirish  uchun  ssudalar  berish  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 

tomonidan  Moliya  vazirligining  moliyaviy  rejasiga  muvofiq  amalga  oshiriladi. 

Byudjet  ssudalarini  berish  to’g’risidagi  shartnomaga  rioya  qilinishi  ustidan 

nazoratni  Moliya  vazirligi  va  uning  joylardagi  tarkibiy  bo’linmalari  amalga 

oshiradi. Ssudalar joriy moliya yili davridan oshib ketmagan muddatga beriladi va 

uning  to’lovlari  davlat  qarzi  bo’yicha  foizlar  to’lanishini  ta’minlaydigan  hajmda 

bo’ladi.  Ssudalar  maqsadli  tavsifga  ega  bo’lib,  ishlab  chiqarishni  tarkibiy  qayta 



728 

 

qurishni  amalga  oshirish  uchun,  maqsadli  kreditlarni  hisob-kitob  qilish  uchun 



(masalan,  uskunalarni  sotib  olishga),  yangi  texnologiyalarni,  uskunalar  va 

materiallarni ishlab chiqish, joriy qilish yoki sotib olish uchun beriladi.  

   Tashqi  ssudalar  –  O’zbekiston  Respublikasi  tomonidan  xorijiy  davlatlarga, 

yuridik  shaxslarga  va  xalqaro  tashkilotlarga  beriladigan  kreditlardir.  Xorijiy 

davlatlar,  yuridik  shaxslar  va  xalqaro  tashkilotlarning  O’zbekiston  Respublikasi 

oldida  moliyaviy  majburiyatlari  paydo  bo’ladi.  Hozirgi  vaqtdagi  moliyaviy  holat 

O’zbekistonning  faol  kreditor  sifatidagi  faoliyatini  cheklamoqda.  Davlat 

amaliyotida  Tojikiston  va  Qirg’izistonga  bir  martali  beg’araz  moddiy  yordam 

berish hollari qayd etilgan.  

  

    




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish