Davlatning o‘z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq ravishda
ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, unga tegishli bo‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir,
ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul
fondlarining amal qilishi bilan bog‘langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi.
Shu bilan birgalikda byudjet xarajatlari bir butunning o‘ziga xos qismi bo‘lganligi
uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan foydalanish
munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli sohalarga yo‘naltirilayotgan
Byudjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli-tuman ko‘rinishlari
(turlari) orqali namoyon bo‘ladi. Xarajatlarning har bir turi esa o‘zining miqdoriy
va sifat xarakteristikasiga ega. Bunda ularning sifat xarakteristikasi voqelikning
iqtisodiy tabiatini ifodalab, byudjet xarajatlarining mo‘ljallanganligini, miqdoriy
780
xarakteristika esa ularning o‘lchamini (miqdorini, hajmini) aniqlashga imkon
beradi.
Byudjetning barcha xarajatlari joriy xarajatlar va kapital xarakterdagi
xarajatlardan iborat bo‘ladi. Mablag‘ning asosiy qismi joriy xarajatlarga
to‘g‘ri keladi, ularga tovar va xizmatlarni sotib olish davlat xizmatchilarining
ish haqi uchun ajratmalar, ichki qarzlar va davlatning tashqi qarzlarini to‘lash
va boshqalar kiradi. Kapital xarajatlarga asosiy fondlarga kapital qo‘yilmalar,
kapital qurilish, kapital ta’mirlash kiradi.
Joriy byudjet xarajatlari – bu mahalliy byudjet xarajatlarining bir qismi
bo‘lib, mahalliy boshqaruv organlari, byudjet tashkilotlari, davlat tomonidan
byudjet va boshqa iqtisodiy sub’ektlarga joriy davrdagi faoliyatlari uchun
dotatsiya, subventsiya va ssuda ko‘rinishida mabla²lar ajratishdir. Bu
xarajatlar barcha byudjet bo‘g‘inlarida asosiy o‘rinni egallab kelgan.
Kapital xarajatlar – bu xarajatlar ham byudjet xarajatlarining bir qismi
bo‘lib, u korxona va tashkilotlarga investitsiya qilish, yangi korxona barpo
etish, innovatsion faollikni oshirishga qaratilgan tabirlarni moliyalashtrish
bilan bog’liq xarajatlardir. Boshqacha qilib aytganda, bu – ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish sohasiga investitsiya qilish, kapital ta’mirlashga, ishlab
chiqarishni kengaytirishga bo‘lgan boshqa xarajatlar hisoblanadi.
Davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruvi
organlari, mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, boshqa byudjet
tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha xarajatlarni
guruhlashdan iborat bo‘ladi. Biz byudjet tashkiloti deganda zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga
oshirishi uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu
mablag‘ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat
qo‘mitasi, idora, davlat tashkilotini tushunamiz.