Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

 Auktsion o’tkazish 

Auktsion  vositasidagi  davlat  xaridi  quyidagi  shartlar  bir  vaqtning  o’zida 

bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi: 

tovarning standart xususiyatlarga ega bo’lishi; 

tovarning  texnik,  ekspluatatsiya  qilinish  xususiyatlarini  va  boshqa 

xususiyatlarini baholash hamda taqqoslash zaruratining mavjud emasligi; 

xizmatlarning, ishlarning davlat xaridi ob’ekti bo’lmasligi; 

tovarning qiymati bir shartnoma bo’yicha eng kam ish haqining besh ming 

baravaridan  kam  bo’lishi.  Byudjet  buyurtmachilari  uchun  auktsiondagi  davlat 

xaridlari  bir  shartnoma  bo’yicha  eng  kam  ish  haqining  ikki  ming  besh  yuz 

baravaridan ortiq bo’lmasligi kerak. 

 Buyurtmachi  auktsion  o’tkazish  haqida  xaridlar  reja-jadvaliga  muvofiq 

portalga e’lon joylashtiradi. 

Buyurtmachilar  va  ishtirokchilar  tomonidan  auktsionda  ishtirok  etishdan 

oldin  HKKPdagi  shaxsiy  hisobraqamlariga  auktsionning  boshlang’ich  narxdan  3 

foiz miqdorida zakalat mablag’i o’tkaziladi. 

 Auktsion  o’tkazilishi  to’g’risidagi  e’lon  auktsion  g’olibini  aniqlangunga 

qadar kamida o’n kun avval joylashtirilishi kerak. 

 Auktsion  o’tkazilishi  to’g’risidagi  e’londa  quyidagi  ma’lumotlar  bo’lishi 

kerak: 

buyurtmachining nomi va manzili; 

auktsionning birinchi va oxirgi kuni (auktsion o’tkaziladigan davr); 

auktsion predmetining boshlang’ich narxi; 

auktsion predmetining xususiyatlari (auktsion predmetining tasnifi); 

auktsion predmetini lotlar bo’yicha bo’lib chiqish va har bir lotning hajmi; 

tovarlarni etkazib berish muddatlari va shartlari; 

tovarlar etkazib beriladigan joy (manzil); 

litsenziya  yoki  ruxsat  etish  xususiyatiga  ega  hujjatning  mavjudligi  haqida 

talab (zarur bo’lganda); 

tovarning o’ziga xos xususiy parametrlarini ifodalovchi alohida shartlar. 



646 

 

Auktsion buyurtmachining e’lonida bayon etilgan talablarni inobatga olgan 



holda o’tkaziladi. 

Auktsion elektron tizimda boshlang’ich narxni qadam-baqadam pasaytirish 

yo’li  bilan  o’tkaziladi. Qadam  o’lchovi  operator  tomonidan  vakolatli  organ  bilan 

kelishilgan  holda  belgilanadi,  lekin  ishtirokchi  tomonidan  kiritiladigan  zakalat 

miqdoridan ortiq bo’lishi mumkin emas. 

 Byudjet  buyurtmachisining  e’loni  buyurtmachi  tomonidan  e’lon 

joylashtirilgan  vaqtdan  va  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  pul 

mablag’lari  mavjudligi  haqidagi  tasdig’i  olingandan  so’ng  aktivlashtiriladi  va 

ishtirokchilarning  takliflarini  qabul  qilish  boshlanadi.  Agar  taklif  narxi 

buyurtmachi  tomonidan  berilgan  boshlang’ich  narxdan  past  va/yoki  boshqa 

ishtirokchining  taklif  qilgan  narxidan  past  bo’lsa,  portal  ishtirokchilarning 

takliflarini qabul qilishni ta’minlaydi. 

Auktsionni  o’tkazish  chog’ida  ishtirokchilar  auktsion  o’tkazilishi 

to’g’risidagi  e’lon  chop  etilgan  kundan  e’tiboran  va  u  tamom  bo’ladigan  paytga 

qadar  butun  muddat  ichida  narx  bo’yicha  takliflarni  cheklanmagan  miqdorda 

berishga haqli. 

Auktsion  uni  o’tkazish  haqidagi  e’londa  ko’rsatilgan  muddatda  (sana  va 

vaqt),  biroq  oxirgi  taklif  kelib  tushgan  vaqtdan  so’ng  besh  minutdan  kam 

bo’lmagan vaqtda tugagan deb hisoblanadi. 

Mazkur  vaqt  ichida  yangi  taklif  berilgan  taqdirda,  ishtirokchilardan 

takliflarni  qabul  qilish  muddati oxirgi taklif  olingandan  so’ng  yana  besh minutga 

uzaytiriladi. 

Bunda,  auktsionning  tugash  muddati  operatorning  ish  kuni  va  ish  vaqtiga 

to’g’ri kelishi lozim. 

Ishtirokchilarning  nomi  va  ular  bilan  bog’lanishga  doir  ma’lumotlar 

auktsion g’olibi aniqlanmaguniga qadar portalda aks ettirilmaydi. 

Agar  auktsion  mobaynida  ishtirokchi  tomonidan  taklif  qilingan  narx 

boshlang’ich narxdan 15 va undan ortiq foizga past bo’lsa, ishtirokchi boshlang’ich 




647 

 

narx  va  o’zi  tomonidan  taklif  etilgan  narxning  farqi  miqdoridagi  qo’shimcha 



zakalatni xarid predmetining har bir birligi uchun oldindan kiritishi shart. 

Qo’shimcha  zakalat  mavjud  bo’lmagan  taqdirda  ushbu  takliflar  elektron 

tizim tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi. 

Auktsion  tugaydigan  vaqt  kelganda  portal  auktsion  o’tkazilgan  vaqt 

davomida berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan taklifni avtomatik 

ravishda  aniqlab  oladi.  Eng  past  narx  ko’rsatilgan  taklifni  bergan  ishtirokchi 

auktsion  g’olibi  sifatida  portal  tomonidan  saralab  olinadi.  Ijrochining  nomi 

portalda aks ettirilib, ushbu tizim tuzilgan bitimni avtomatik ravishda qayd etadi va 

buyurtmachining  buyurtmanomasida  bayon  etilgan  shartlarga  muvofiq 

shartnomani shakllantiradi. 

 Agar  auktsionda bir  nafar  ishtirokchi  ishtirok  etgan bo’lsa  yoki  hech kim 

ishtirok  etmagan  bo’lsa,  auktsion  o’tkazilmagan  deb  hisoblanadi  va  g’olib 

aniqlanmaydi,  buyurtmachi  auktsionni  besh  kunga  uzaytiradi.  Auktsionni 

uzaytirish  avvalgi  auktsion  tamom  bo’lgan  paytdan  e’tiboran  uch  kun  ichida 

buyurtmachi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Auktsionni  uzaytirishda  buyurtmachi 

boshlang’ich narxni, texnik talablarni, xususiyatlarni yoki texnik topshiriqni qayta 

ko’rib chiqishga haqli. 

Agar  qayta  auktsion  takliflar  mavjud  emasligi  sababli  o’tkazilmagan  deb 

topilgan  bo’lsa,  buyurtmachi  nazarda  tutilgan  tartib-taomil  bo’yicha  tanlov 

o’tkazishga haqli. 




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish