Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


Jamg’armaning daromad va xarajatlarini tayyorlash, ko’rib chiqish va



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

Jamg’armaning daromad va xarajatlarini tayyorlash, ko’rib chiqish va 

tasdiqlash 

 

Bosqichlar 



Sub’ektlar 

Tadbirlar 

Bajarish 

muddatlari 

 

 



 

 

   



   

   


1-bosqich 

Xalq ta’limi 

vazirligi 

Keyingi 


yil 

uchun 


Qoraqalpog’iston 

Respublikasi, 

viloyatlar  va  Toshkent  shahri  hamda 

tuman 


(shahar)lar 

bo’yicha 

umumta’lim  muassasalarini  qurish, 

rekonstruktsiya  qilish,  mukammal 

ta’mirlash  va  jihozlash  manzilli  har 

yilgi  dasturini,  xarajatlar  prognozi 

hajmlarini  va  byudjet  so’rovini 

Jamg’arma  ijro  etuvchi  direktsiyasiga 

taqdim etadi 

kelgusi yil uchun 

joriy yilning  

15 iyunigacha 

 

 

 



 

   


   

   


2-bosqich 

Xalq ta’limi 

vazirligi, 

Ijro etuvchi 

direktsiya 

Rivojlanish  davlat  dasturlariga 

kiritilgan  loyihalarni  shakllantirish 

uchun  uch  yillik  davrga  mablag’lar 

ajratish prognoz hajmlari O’zbekiston 

Respublikasi  Investitsiyalar  bo’yicha 

davlat qo’mitasi va Moliya vazirligiga 

taqdim etadi 

har yili  

1 avgustga qadar 

 

 

 



 

   


   

   


3-bosqich 

Ijro etuvchi 

direktsiya 

O’zbekiston  Respublikasi  Byudjet 

kodeksida 

belgilangan 

tartibda 

Jamg’arma  daromadlari  va  xarajatlari 

prognozi 

bo’yicha 

byudjet 

so’rovnomasini  Moliya  vazirligiga 

taqdim etiladi 

Byudjet 


kodeksida 

belgilangan 

muddatlarda 

 

 



 

 

   



   

   


4-bosqich 

Jamg’arma 

Boshqaruv 

Kengashi 

Ijro  etuvchi  direktsiya  va  Xalq 

ta’limi  vazirligi  taklifiga  ko’ra 

keyingi 

yil 


uchun 

Jamg’arma 

daromadlari 

va 


xarajatlari 

parametrlarini, 

shu 

jumladan, 



Jamg’arma  Ijro  etuvchi  direktsiyasi 

saqlash 


xarajatlari 

prognozini 

tasdiqlaydi 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Davlat byudjeti 

parametrlari 

tasdiqlangan keyin 

15 kun muddatda 

 

 



 

 

   



   

   


5-bosqich 

Jamg’arma 

Ijro etuvchi 

direktsiyasi 

Jamg’arma mablag’larini tegishli 

oluvchilarga ular uchun belgilangan 

xarajatlar prognozi hajmlarini 

yuboradi; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi 

Vazirlar Kengashi, viloyatlar, 

Jamg’arma 

Boshqaruv 

Kengashi 

tomonidan 

Jamg’arma 

parametrlari 

 

 

 




577 

 

Toshkent shahar hokimliklariga 



tegishli byudjetlardan Jamg’armaga 

ajratiladigan mablag’lar miqdorini 

ma’lum qiladi 

tasdiqlangandan 

keyin 10 kun 

muddatda 

 

   


   

   


6-bosqich 

Jamg’arma 

Ijro etuvchi 

direktsiyasi 

O’zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirligi bilan birgalikda Jamg’arma 

xarajatlarini moliyalashtirish uchun 

ushbu maqsadga Davlat byudjeti 

parametrlari doirasida o’tkaziladigan 

mablag’lar bo’yicha reja-jadvalini 

ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; 

har yili  

15 yanvarga qadar 

 

 



 

 

 



Qoraqalpog’iston Respublikasi 

Vazirlar Kengashi, viloyatlar, 

Toshkent shahar hokimliklari bilan 

birgalikda tegishli byudjetlardan 

Jamg’armaga mablag’lar o’tkazish 

jadvallarini ishlab chiqadi va 

tasdiqlaydi. 

 

har yili  



30 yanvarga qadar 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «O’zbekiston  Respublikasi 



Moliya  vazirligi  huzuridagi  Qishloq  xo’jaligini  davlat  tomonidan  qo’llab-

quvvatlash jamg’armasini tashkil etish to’g’risida» 2017 yil 27 iyundagi PF-5095-

sonli Farmonini ijro etish hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va 

zamonaviy,  yuqori  ishlab  chiqarish  quvvatiga  ega  qishloq  xo’jaligi  texnikasini 

etkazib berishni maqsadli moliyalashtirishning printsipial yangi mexanizmini joriy 

etish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Qishloq 

xo’jaligini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash jamg’armasi  tashkil etildi

169


O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankiga  Jamg’armaga  moliyaviy 

operatsiyalar  o’tkazish  uchun    milliy  va  chet  el  valyutasida  tegishli  maxsus 

hisobvaraqlari ochilgan. 

Jamg’arma  rivojlanayotgan  va  rivojlangan  davlatlarning  agrar  sohani 

moliyalashtirish  bo’yicha  tajribasini  o’rganish  va  keyinchalik  uning  ijobiy 

tomonini  respublikada  tatbiq  etishda  tegishli  xalqaro  tashkilotlar  va  moliyaviy 

institutlar bilan hamkorlik qiladi. 

Jamg’armani shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi: 

                               

169

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 maydagi PF-5428-sonli 



Farmoni asosida 

  



578 

 

paxta  tolasini  eksport  va  ichki  iste’molchilarga  sotishdan  tushadigan 



bo’nak,  shuningdek  ular  yuzasidan  yakuniy  hisob-kitob  qilishdan  tushadigan 

mablag’lar; 

tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan yuqori bo’lgan mablag’lar, 

tegishli  yil  hosili  paxta  tolasini  sotish  yakunlari  bo’yicha  —  ijobiy  tafovutning 

to’liq miqdordagi yakuniy summasi; 

don,  un  va  un  mahsulotlarini  sotish  va  qayta  baholashdan,  shuningdek 

mahsulotlar eksportidan tushgan valyuta mablag’larini erkin birja savdolari orqali 

sotishdan tushadigan mablag’lar; 

maqsadli  ajratilgan  mablag’larni  qaytarishdan  tushadigan  tushumlar  va 

ularga hisoblangan foizlar; 

byudjet tizimining byudjetlari mablag’lari; 

jalb etiladigan kreditlar; 

xalqaro moliya institutlari grantlari va donor tashkilotlar mablag’lari; 

Jamg’armaning  bo’sh  qoldiq  mablag’larini  joylashtirishdan  tushadigan 

daromadlar; 

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 

 Jamg’arma mablag’laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: 

etishtiriladigan paxta va g’alla hosilini o’z vaqtida moliyalashtirish; 

davlat  xaridi  uchun  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  etishtirishda  ishtirok 

etadigan fermer xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jaligi tashkilotlariga zamonaviy, 

yuqori  unumli  qishloq  xo’jaligi  texnikasini  imtiyozli  lizing  shartlarida  etkazib 

berishni moliyalashtirish; 

jalb etilgan kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarish; 

rivojlanayotgan  va  rivojlangan  davlatlarning  agrar  sohani  moliyalashtirish 

bo’yicha  tajribasini  keyinchalik  uning  ijobiy  natijalarini  respublikada  joriy  etish 

maqsadida o’rganish;  

urug’lik  paxta  etishtiruvchi  xo’jaliklar,  nav  originatorlari  bo’lgan  ilmiy 

muassasalarga,  shuningdek  urug’lik  chigitni  tayyorlashda  ishtirok  etgan  boshqa 

sub’ektlarga to’lanadigan ustama mablag’lari xarajatlarini qoplash; 



579 

 

sug’urta  hisobvarag’ida  jamlangan  paxta  tolasiga  preyskurant  va  jahon 



narxlari  o’rtasidagi  ijobiy  tafovut  mablag’laridan,  vaqtinchalik  mablag’ 

taqchilligida paxta hosilini etishtirish va yakuniy hisob-kitobini moliyalashtirish; 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Qishloq  xo’jaligini 

davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlash  jamg’armasini  boshqarish  departamenti 

(keyingi  o’rinlarda  Departament  deb  ataladi)  faoliyatini  ta’minlash  xarajatlarini 

moliyalashtirish. 

Quyidagilar Jamg’armaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

etishtiriladigan  paxta  va  g’alla  hosili  hisob-kitobini  o’z  vaqtida 

moliyalashtirish; 

davlat  xaridi  uchun  qishloq  ho’jaligi  mahsulotlarini  etishtirishda  ishtirok 

etadigan fermer xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jaligi tashkilotlariga zamonaviy, 

yuqori  unumli  qishloq  xo’jaligi  texnikasini  imtiyozli  lizing  shartlarida  etkazib 

berishni rag’batlantirish uchun qaytarib berish asosida qarz mablag’lari ajratish; 

moliyalashtirishga zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarini joriy 

etish va uni asosida hisob-kitob tizimini takomillashtirish; 

rivojlanayotgan  va  rivojlangan  davlatlarning  agrar  sohani  moliyalashtirish 

bo’yicha  tajribasini  keyinchalik  uning  ijobiy  natijalarini  respublikada  joriy  etish 

maqsadida o’rganish. 

 Jamg’arma  o’ziga  yuklangan  vazifalarni  bajarish  uchun  quyidagi 

funktsiyalarni amalga oshiradi: 

Jamg’armaning  daromadlari  va  xarajatlarining  har  yilgi  balansi  loyihasini 

ishlab  chiqadi,  belgilangan  tartib  va  muddatlarda  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi; 

Jamg’arma  mablag’lari  tushumini  tahlil  qiladi  va  o’z  vaqtida  tushishini 

ta’minlaydi; 

      Jamg’armadan ajratiladigan mablag’larni maqsadga muvofiq ishlatish, qishloq 

xo’jaligi  tashkilotlari  tomonidan  etkazib  berilgan  mahsulotlarga,  etkazib  berilgan 

moddiy-texnika resurslari  va  ko’rsatilgan  xizmatlar, bajarilgan  ishlar uchun to’liq 

hisob-kitob  qilishni  o’z  vaqtida  amalga  oshirish  javobgarligi  kontraktatsiya 



580 

 

shartnomalarini  bajarishda  ishtirok  etayotgan  tumanlar  hokimlari  o’rinbosarlari, 



qishloq  xo’jaligi  tashkilotlari  va  tijorat  banklari  filial  rahbarlari  zimmasiga 

yuklanadi. 

       «Agrobank»aktsiyadorlik  tijorat  banki,  paxta-to’qimachilik  tashkilotlarga 

xizmat ko’rsatuvchi tijorat banklari, «O’zpaxtasanoat» aktsiyadorlik jamiyati paxta 

tolasini  sotishdan,  «O’zdonmahsulot»  aktsiyadorlik  kompaniyasi  don,  un  va  un 

mahsulotlarini  sotishdan  tushgan  mablag’larni  o’z  vaqtida  Jamg’armaga 

to’lamaganligi 

uchun, 


«O’zagrolizing» 

aktsiyadorlik 

jamiyati 

hamda 


«O’zmashlizing» mas’uliyati cheklangan jamiyati va ularning hududiy tashkilotlari 

rahbarlari,  shuningdek  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqaruvchilarining 

rahbarlari  va  bosh  buxgalterlari  Jamg’arma  mablag’larini  maqsadga  muvofiq 

ishlatmaganligi,  hisob-kitob  qilish  tartibini  buzganligi  uchun  qonun  hujjatlarida 

belgilangan  tartibda  javobgarlikka  tortiladilar.  .  Jamg’arma  mablag’larining 

maqsadli  sarflanishi,  to’lovlar  va  hisoblarni  to’liq  hamda  o’z  vaqtida  amalga 

oshirish  ustidan  nazorat  qilish  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining 

Davlat  moliyaviy  nazorati  bosh  boshqarmasi  va  uning  hududiy  boshqarmalari 

tomonidan amalga oshiriladi. 

 

O’zbekiston 



Respublikasi 

Prezidentining 

“2009 

yilgi 


asosiy 

makroiqtisodiy  ko’rsatkichlari  va  davlat  byudjeti  parametrlari  to’g’risida”gi  2008 

yil  29  dekabr  PQ-1024-son  qarorining  23-bandiga  muvofiq,  2009  yildan  boshlab 

davlat  maqsadli  va  byudjetdan  tashqari  jamg’armalar  daromadlari  va 

xarajatlarining g’azna ijrosi mexanizmlari tadbiq etila boshlandi.  

Bugungi  kunga  kelib,  Konsolidatsiyalashgan  byudjet  tarkibiga  kiruvchi 

aksariyat  davlat  maqsadli  jamg’armalarining  daromad  va  xarajatlari  ijrosi  davlat 

byudjeti g’azna ijrosi mexanizmlari bilan qamrab olingan bo’lib, bu jamg’armalar 

mablag’lari  bo’yicha  yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlarni  qabul  qilish,  ularni 

ro’yxatga  olish  va  ular  bo’yicha  to’lovlarni  amalga  oshirish  tartibi  xuddi byudjet 

mablag’lari  kabi  g’aznachilikning  huquqiy-me’yoriy  hujjatlari  asosida  amalga 

oshiriladi. Jamg’armalarga kelib tushadigan mablag’lar ular uchun G’aznachilikda 

ochilgan  shaxsiy  hisobraqamlariga  kirim  qilinadi  va  davlat  byudjetining  Yagona 



581 

 

g’azna  hisobraqamida aks ettiriladi.  Jamg’armalar  mablag’lari  hisobidan  to’lovlar 



ularning  shaxsiy  hisobraqamlaridagi  mablag’lar  qoldiqlari  doirasida  amalga 

oshiriladi. 

“Byudjet  tizimi  byudjetlari  g’azna  ijrosi  Qoidalari”

170


  O’zbekiston 

Respublikasining 

Byudjet kodeksi

, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 

yil  28  fevraldagi  PQ-594-son  «Davlat  byudjetining  g’azna  ijrosi  tizimini  yanada 

rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida»gi 

qarori

  va  O’zbekiston  Respublikasi 



Vazirlar  Mahkamasining 2007  yil 20 martdagi 53-son «O’zbekiston  Respublikasi 

Moliya  vazirligining  G’aznachiligi  to’g’risidagi  nizomni  tasdiqlash  haqida»gi

 

qaroriga


  muvofiq  Yagona  g’azna  hisobvarag’ini  qo’llash  orqali  O’zbekiston 

Respublikasining  byudjet  tizimi  byudjetlari,  shuningdek  boshqa  maqsadli 

jamg’armalar  byudjetlarining  maxfiy  xususiyatga  ega  bo’lmagan  daromad  va 

xarajatlarining g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilaydi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi  huzuridagi byudjetdan tashqari 

Respublika  maqsadli  kitob  jamg’armasi,  O’zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi 

vazirligi  huzuridagi  Bolalar  sportini  rivojlantirish  jamg’armasi  ham  g’azna  ijrosi 

bilan qamrab olingan. Mazkur Qoidalarning amal qilishi byudjet tizimi byudjetlari 

va  BMJ  byudjetlarining  g’azna  ijrosi jarayonida ishtirok etuvchi  Moliya  vazirligi 

va hududiy moliya organlari, g’aznachilik bo’linmalari va buyurtmachilarga tatbiq 

etiladi.  DMJ(davlat  maqsadli  jamg’aralari)  va  BMJ(boshqa  maqsadli 

jamg’armalar)  byudjetlariga  to’lanadigan  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar 

YaG’Hga kirim qilinadi va qonun hujjatlariga muvofiq mos ravishda DMJ va BMJ 

byudjetlari  daromadlarida  aks  ettiriladi.  Byudjet  tashkilotlarining  byudjetdan 

tashqari  mablag’lari  YaG’Hga  kirim  qilinadi  va  mazkur  tashkilotlarga  tushumlar 

sifatida aks ettiriladi. 

                               

170


  “O’zbekiston  Respublikasi  byudjet  tizimi  byudjetlarining  g’azna  ijrosi  Qoidalari”  O’zbekiston 

Respublikasi  moliya  vazirining  2016  yil  22  noyabrdagi  88-son 

buyrug’iga

  ko’ra  O’zbekiston 

Respublikasi  adliya  vazirligi  tomonidan  2016  yil  22  dekabrda  ro’yxatdan  o’tkazildi,  ro’yxat  raqami 

№2580 


 


582 

 

Byudjet  tizimi  va  BMJ  byudjetlari  xarajatlari  YaG’H  yoki  Moliya 



vazirligining  (g’aznachilik  bo’linmalarining)  boshqa  bank  hisobvaraqlaridan 

Moliya  vazirligi  tomonidan  belgilangan  muddatlarda  hamda  DMJ  va  BMJ 

byudjetlari  mablag’lari qoldig’i doirasida amalga oshiriladi.

  

Buyurtmachilarning  joriy  moliya  yilida  qaytarilgan  o’tgan  yillarning 



debitor qarzdorlik summalari YaG’Hga kirim qilinadi va DMJ va BMJ mablag’lari 

bo’yicha — DMJ va BMJ byudjetlarining tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida 

joriy moliya yilining daromadlari sifatida tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida 

joriy moliya yilining daromadlari sifatida hisobga olinadi

DMJ  yoki BMJ byudjetlaridan mablag’ oluvchilarning  joriy  moliya  yilida 



qaytarilgan  o’tgan  yillarning  debitor  qarzdorlik  summalari,  shuningdek  tovar-

moddiy  qimmatliklarini  yoki  asosiy  vositalarni  sotishdan  va  inventarizatsiya 

(tekshirishlar)  natijalari  bo’yicha  tushgan  mablag’lari  YaG’Hga  kirim  qilinadi  va 

tegishli DMJ va BMJ byudjetlarida joriy moliya yilining daromadi sifatida hisobga 

olinadi. 

Bunda  DMJ  yoki  BMJ  byudjetlaridan  mablag’  oluvchilarning  byudjet 

mablag’lari  hisobidan  sotib  olingan  tovar-moddiy  qimmatliklarini  yoki  asosiy 

vositalarini  sotishdan  tushgan  mablag’lar  tegishli  byudjetlar  daromadiga 

o’tkaziladi. 

O’quvchilarning  ota-onalari  yoki  ularning  o’rnini  bosuvchi  shaxslar 

tomonidan  to’langan  darsliklar  ijara  to’lovlari  va  darsliklar  yoki  o’quv-metodik 

qo’llanmalarni  yo’qotilganlik  yoki  yaroqsiz  holga  keltirilganlik  uchun  to’lovlar 

bo’yicha tushumlarning kirim qilinishi, shuningdek ularni keyinchalik O’zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli 

kitob  jamg’armasining  shaxsiy  g’azna  hisobvarag’iga  o’tkazilishi  ta’lim 

muassasalarining  tegishli  (4011  mablag’lar  manbasi  bilan)  shaxsiy  g’azna 

hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.  

Ta’lim muassasalarining  tegishli  (4011  mablag’lar  manbasi bilan) shaxsiy 

g’azna  hisobvaraqlaridan  mablag’larni  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 

huzuridagi  byudjetdan  tashqari  Respublika  maqsadli  kitob  jamg’armasining 




583 

 

shaxsiy  g’azna  hisobvarag’iga  o’tkazilishi  «O’RMV»  ATda  avtomatlashtirilgan 



ravishda amalga oshirilishi mumkin. 

Byudjet  tizimi  byudjetlari,  shuningdek  BMJ  byudjetlari  daromadlariga 

kirim qilish uchun asos bo’lmagan YaG’Hga kelib tushgan mablag’lar g’aznachilik 

bo’linmalari tomonidan aniqlanmagan tushumlar sifatida qabul qilinadi. Agar uch 

ish  kuni  mobaynida  ushbu  tushumlarni  aniqlash  hamda  ularni  tegishli  shaxsiy 

g’azna  hisobvaraqlarga  kirim  qilish  imkoni  bo’lmasa,  g’aznachilik  bo’linmalari 

ularni  uchinchi  ish  kunida,  biroq  joriy  yilning  31  dekabridan  kechiktirmasdan 

belgilangan shaklda Yagona g’azna hisobvarag’idan to’lanishi (qaytarilishi) lozim 

bo’lgan aniqlanmagan tushumlar bo’yicha elektron to’lov topshiriqnomalari reestri 

asosida «O’RMV»  ATda  elektron  to’lov hujjatini  shakllantirish orqali mablag’lar 

qaysi bank hisob raqamlaridan o’tkazib berilgan bo’lsa shu bank hisob raqamlariga 

qaytaradi.  

YaG’Hdan  to’lovlarni  o’tkazish  uchun  «Bank-G’aznachilik»  dasturiy 

majmuasi  orqali  yuborilgan  to’lov  topshiriqnomalarining  asli  O’zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  bankiga  taqdim  etilmaydi  va  g’aznachilik  bo’linmalarida 

saqlanadi, bundan «UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan 

holda  g’aznachilik  bo’linmalariga  yuborilgan  elektron  to’lov  topshiriqnomalari 

mustasno. 

Daromadlar prognozlari, tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar, 

DMJ  va  BMJ  byudjetlari  hisobini  yuritish  uchun  DMJ  va  BMJ  taqsimlovchi 

organlari tomonidan «O’RMV» ATda quyidagilar shakllantiriladi: 

tegishli  byudjetlar  tasdiqlanguniga  qadar  —  birinchi  chorak  uchun  oylar 

kesimida vaqtinchalik xarajatlar yoyilmalari; 

byudjetlar  tasdiqlanganidan  so’ng  —  oylar  kesimida  daromadlar  va 

xarajatlarning yillik yoyilmalari. 

 DMJ  va  BMJ  taqsimlovchi  organlar  «O’RMV»  ATga  quyidagi 

ma’lumotlarni kiritadi: 



584 

 

xarajatlar  smetalari  ro’yxatga  olinguniga  qadar  —  birinchi  chorak  uchun 



oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro’yxatga 

olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini;  

xarajatlar smetalari ro’yxatga olinganidan so’ng — oylar kesimida tegishli 

DMJ  va  BMJ  taqsimlovchi  organlari  tomonidan  ro’yxatga  olingan  xarajatlar 

smetalari va ularga o’zgartirishlar bo’yicha ma’lumotlarni. 

DMJ  byudjetlari  daromadlarining  g’azna  ijrosi  Byudjet  tizimi  byudjetlari 

daromadlarining  kassa  ijrosi  to’g’risidagi 

yo’riqnomaga

  (ro’yxat  raqami  2771, 

2016 yil 30 mart) muvofiq amalga oshiriladi. 

DMJ  va  BMJlar  xarajatlarini  amalga  oshirishda  yuridik  majburiyatlarni 

shakllantirish  va  ro’yhatdan  o’tkazish,  moliyaviy  majburiyatlar  va  xarajatlar 

to’lovini  amalga  oshirish  tartibi  “Byudjet  tizimi  byudjetlari  g’azna  ijrosi 

Qoidalari”da belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

 

 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish