Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

kechiktirmay  amalga  oshiriladi.  Bunda,  byudjet  mablag’larini  taqsimlovchi 

bo’ysunuvidagi  byudjet  tashkilotlari  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilar  xarajatlar 

smetasini byudjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan belgilangan muddatlarda, 

biroq joriy moliya yilining 10 martidan kechiktirmay tasdiqlaydi. 

Yuqorida  ta’kidlanganidek,  smeta  xarajatlari  quyidagi  xarajat  guruhlari 

bo’yicha rejalashtiriladi: 



I  guruh  –  Ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  to’lovlar  (stipendiyalar  va 

boshqalar); 



II  guruh – Ish beruvchilarning ajratmalari (Ish haqiga ustamalar); 

III guruh – Kapital qo’yilmalar; 

IV guruh – Boshqa xarajatlar. 

Xarajatlarni  moliyalashtirish  (to’lash)  byudjet  ijrosi  jarayonida  xarajatlar 

ro’yxati va smetasiga kiritiladigan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tegishli yil 

uchun  tasdiqlangan  byudjet  parametrlariga  hamda  byudjet  tashkilotlarining 

xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan byudjet xarajatlarining choraklar bo’yicha 

taqsimlangan yillik ro’yxatiga binoan amalga oshiriladi. 



I  guruh  –  Ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  to’lovlarga  quyidagi  xarajat 

turlari kiradi: 

  “Ish haqi”; 

  “Ta’lim  muassasalarining  o’rnak  ko’rsatgan  xodimlarini  rag’batlantirish 

Direktor  fondi  mablag’lari”  (umumta’lim  maktablari,  kasb-hunar  kollejlari  va 

akademik litseylarda); 

  Stipendiyalar. 



383 

 

Umuman olganda, byudjet tashkilotlari xodimlari ish xaqini hisoblashda ular 



mehnatiga  haq  to’lashning  Yagona  Tarif  Setkasi  (YaTS)  qo’llaniladi.  YaTS 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  o’rnatiladi.  U  22  ta 

razraddan  va  har  bir  razrad  uchun  o’rnatilgan  tegishli  tarif  koeffitsientlaridan 

iborat.  Yagona  Tarif  Setkasi  qonunan  o’rnatilgan  eng  kam  ish  haqi  miqdoriga 

asoslanadi  va  byudjet  tashkilotlari  xodimlari  lavozim  okladlarini  aniqlash  uchun 

qo’llaniladi. Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to’lashning tarmoq setkasi 

qo’llaniladi. Masalan, oliy ta’lim muassasalari, xalq ta’limi muassasalari, sog’liqni 

saqlash davlat tashkilotlari uchun  ular  xodimlari  mehnatining xususiyatidan  kelib 

chiqqan holda haq to’lashning tarmoq setkalari ishlab chiqilgan. 

II guruh – “Ish haqiga ustamalar” (Ish beruvchilarning ajratmalari):  

Bu  guruhda  mehnat haqi  fondiga  nisbatan  foizlarda hisoblanadigan  yagona 

ijtimoiy  to’lov  summasi  aks  ettiriladi.  Xarajatlar  hisoblab  chiqilgan  mehnat  haqi 

fondi summasiga nisbatan o’rnatilgan foizlarda hisoblanadi. 2018 yil uchun yagona 

ijtimoiy to’lov miqdori mehnat haqi fondiga nisbatan 25 foiz qilib belgilangan

117




III  guruh  –  “Kapital  qo’yilmalar”  guruhi  bo’yicha  xarajatlar  Davlat 

investitsiya  dasturida  nazarda  tutilgan  aniq  ro’yxatlarga  muvofiq  alohida  tarzda 

rejalashtiriladi.  Bu  xarajatlar  alohida  byudjet  tashkilotining  smetasida 

rejalashtirilmaydi. 



IV guruh – “Boshqa xarajatlar” tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga 

mos xarajat kodlari kiradi: 

– “Xizmat safar xarajatlari”; 

– “Kommunal xizmatlarni to’lash xarajatlari”; 

– “Telefon, telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari”; 

– “Joriy ta’mirlash xarajatlari”; 

                               

117


  “O’zbekiston  Respublikasining  2018-yilgi  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlari  prognozi  va  davlat 

byudjeti parametlari to’g’risida”gi Prezident Qarori. PQ-3454-son. 29.12.2018. 3-band.

 



384 

 

– “Saqlash,  ekspluatatsion  xarajatlar  va  boshqa  xizmatlarni  to’lash 



xarajatlari”; 

– “Texnika,  uskunalar,  joriy  maqsadlardagi  boshqa  buyumlarni  va  oziq-

ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari”; 

– “Boshqa joriy xarajatlar”. 

IV  guruh  moddalari  bo’yicha  xarajatlarni  rejalashtirish  va  hisob-kitob 

qilishning eng umumiy bo’lgan o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

– amaldagi narxlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi; 

– natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi; 

– hisoblagichlarning  ko’rsatkichlari  bo’yicha  o’tgan  yildagi  haqiqiy 

xarajatlar inobatga olinadi; 

– bir birlik uchun o’rnatilgan xarajat me’yorlariga rioya etiladi; 

– energo-yoqilg’i va boshqa resurslarni iqtisod qilish rejimiga rioya etiladi. 

Shtat jadvallarini tuzish va tasdiqlash 

 Byudjet  tashkilotining  shtat  jadvalida  mehnatga  haq  to’lash  shartlarida 

nazarda  tutilgan,  bir  yilga  hisob-kitob  qilingan  ustamalar  to’lashga,  qo’shimcha 

haq  to’lash  va  xodimlarni  moddiy  rag’batlantirishga  yo’naltiriladigan  mehnatga 

haq to’lash jamg’armasi alohida satrda ko’rsatiladi, masalan: 

-  qonun  hujjatlariga  muvofiq  shakllantiriladigan  Byudjet  tashkilotlari  va 

muassasalarini moddiy rag’batlantirish maxsus jamg’armasi (tibbiyot muassasalari, 

barcha  tipdagi  umumta’lim  maktablari  va  o’rta-maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 

muassasalari bundan mustasno); 

-  mukofotlash,  moddiy  yordam  ko’rsatish,  ko’p  yillik  mehnati  uchun  bir 

martalik rag’batlantirish uchun mehnatga haq to’lash jamg’armasi; 

-  ko’p  yillik  mehnati  va  maxsus  unvonlarga  (malaka  darajasi,  darajali 

unvon,  diplomatik  martaba  va  boshqalar)  oylik  ustamalar  va  qo’shimcha  haq 

to’lashni belgilash uchun mehnatga haq to’lash jamg’armasi; 

-  mehnat ta’tilidagi shaxslarning o’rnini bosuvchi xodimlarning mehnatiga 

haq to’lash uchun mehnatga haq to’lash jamg’armasi; 




385 

 

-  Umumta’lim, o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktor 



jamg’armasi va boshqalar. 

          Byudjet  tashkilotining  shtat  jadvalini  tasdiqlash  joriy  moliya  yilining  10 




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish