Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

 

 

3-rasm. Daromadlarni  tegishli  byudjet  va  byudjetdan  tashqari 

jamg’armalariga  o’tkazishning  amaldagi  tartibi 

RG’H  dagi  mablag’lar  taqsimlovchisi  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi  G’aznachiligi  hisoblanadi.  Respublika  byudjetidan  moliyalashtirishni 

amalga  oshirish  uchun  ajratilgan  byudjet  mablag’larining  bosh  taqsimlovchisi 

hisoblangan  byudjetdan  mablag’  oluvchilar,  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligining  tarmoq  boshqarmalariga  byudjetning  g’azna  ijrosi  bilan  qamrab 

olingan  har  bir  byudjetdan  mablag’  oluvchi  bo’yicha  sertifikat  summasining 

yoyilmasini ilova qilgan holda, shuningdek byudjetning g’azna ijrosi bilan qamrab 

olinmagan, quyi turuvchi byudjetdan mablag’ oluvchilarga mablag’larni o’tkazish 

uchun  byudjet  mablag’lari  bosh  taqsimlovchilarining  byudjet  depozit 

hisobvaraqlariga o’tkazilishi lozim bo’lgan qismi bo’yicha mablag’larni RG’H ga 

o’tkazish uchun rasmiylashtirilgan tayinlash sertifikatlarini taqdim etadilar. 




261 

 

Tarmoq  boshqarmalari  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  tomonidan  taqdim 



qilingan  tayinlash  sertifikatlarini  o’rnatilgan  tartibda  tekshirganlaridan  so’ng, 

ularni  ijro  uchun  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  Davlat  byudjeti 

Bosh boshqarmasiga (DBBB) taqdim etadi.  

DBBB  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  tayinlash  sertifikatlari  asosida 

respublika  byudjetining  asosiy  hisobvarag’idan  RG’Hga  mablag’ o’tkazish uchun 

to’lov topshiriqnomalarini o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va ularni HKKMga 

ijro uchun taqdim qiladi. 

23402  (005)  hisobvarag’idan  respublika  g’azna  hisobvarag’iga  mablag’lar 

o’tganligini  tasdiqlovchi  HKKMdan  shaxsiy  hisobvaraqdan  ko’chirmalar 

olinganidan  so’ng,  DBBB  ijro  etilgan  tayinlash  sertifikatlarining  birinchi 

nusxalarini  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligiga  taqdim 

etadi. 


Byudjetdan  mablag’  oluvchilar  (moliyalashtirish  saqlangan  sharoitda  - 

RG’Hda  moliyalashtirilgan  mablag’lar  mavjud  bo’lganda)  O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligiga  RG’Hdan  mablag’larni  mahsulot 

etkazib  beruvchilarning  bevosita  bank  hisobvaraqlariga  yoki  qonunchilikda 

nazarda  tutilgan  maqsadlarga  o’tkazish  uchun  to’lov  topshiriqnomalarni  qoidaga 

ko’ra, mablag’larni o’tkazish sanasidan bir kun oldin taqdim etadi. 

Respublika 

byudjeti 

qaramog’ida 

bo’lgan 


byudjetdan 

mablag’ 


oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari (ota-onalarning maktabgacha ta’lim 

muassasalarida bolalarni saqlash uchun to’lovlari, ota-onalarning musiqa va san’at 

maktablarida bolalarni o’qitish uchun  to’lovlari, maktabgacha ta’lim muassasalari 

ishchilaridan  ovqatlanish  uchun  tushgan  tushumlar,  shuningdek  ijtimoiy  ta’minot 

organlaridan  byudjet  tashkiloti  xodimlariga  pensiya  va  ijtimoiy  nafaqa  to’lash 

uchun tushgan mablag’lar) o’rnatilgan tartibda RG’Hga kirim qilinadi. 

 Joriy yilda byudjetdan mablag’ oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib 

tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali RG’Hga kirim 




262 

 

qilinadi  (byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  shartnomalar  tuzmasdan  amalga 



oshiriladigan to’lovlari bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar). 

Byudjetdan mablag’ oluvchilarning o’tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy 

moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni, asosiy 

vositalarni  sotishdan  va  inventarizatsiya  (tekshirish)  natijalari  bo’yicha  kelib 

tushgan  summalar  RG’Hga  kirim  qilinadi  va  keyinchalik  ushbu  summalar 

byudjetdan  mablag’  oluvchilar  joylashgan  hududning  shartli  hisobvaraq  raqami 

(ShHR) bilan ochilgan, 23402 (005) “Respublika byudjeti mablag’lari” daromadlar 

tranzit  hisobvaraqlari  orqali  respublika  byudjetining  daromadlariga  o’tkazilishi 

bilan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi.  

RG’H shaxsiy hisobvaraqlaridan ko’chirmalar RG’Hda operatsiyalar amalga 

oshirilganligini  tasdiqlovchi,  birlamchi  to’lov  hujjatlarining  asl  va  ko’chirma 

nusxalari  ilovalari  bilan,  shuningdek  naqd  pul  mablag’larini  berish  uchun  23212 

“Moliya vazirligi G’aznachiligi mablag’lari” va 23214 “G’aznachilikning hududiy 

bo’linmalari  mablag’lari”  hisobvaraqlaridan  ko’chirmalar  ularga  ilovalar  bilan, 

tegishli  ravishda,  HKKM  va  tegishli  xizmat  ko’rsatuvchi  banklar  tomonidan 

RG’Hda  va  23212  “Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  mablag’lari”  va  23214 

“G’aznachilikning  hududiy bo’linmalari mablag’lari”  hisobvaraqlarida mablag’lar 

harakatining  keyingi  ish  kunida  doimiy  ravishda  g’aznachilik  bo’linmalariga 

taqdim etiladi. 

Respublika  byudjeti  qaramog’ida  bo’lgan  byudjetdan  mablag’  oluvchilarni 

g’azna ijrosi bilan to’liq qamrab olingandan so’ng, ularning xarajatlarini respublika 

byudjetining asosiy hisobvarag’idan RG’Hga moliyalashtirish to’xtatiladi va asosiy 

respublika byudjeti hisobvarag’i RG’H bilan birlashtiriladi. 

Respublika  byudjetining  asosiy  hisobvarag’i  RG’H  bilan  birlashtirilgandan 

so’ng,  respublika  byudjeti  daromadlari  23402  (005)  “Respublika  byudjetining 

mablag’lari”  hududiy  daromad  tranzit  hisobvaraqlaridan  mablag’lar  to’g’ridan-

to’g’ri RG’Hga kirim qilinadi. 



263 

 

Hududiy g’azna hisobvaraqlari. Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti  va 

mahalliy  byudjetlar  qaramog’ida  bo’lgan  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  pul 

mablag’larini  kirim  qilish  va  o’tkazish  bo’yicha  operatsiyalar  hududiy  g’azna 

hisobvaraqlari (HG’H) orqali amalga oshiriladi. 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar qaramog’ida 

bo’lgan  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  byudjetdan  tashqari  mablag’lari  (ota-

onalarning  maktabgacha  ta’lim muassasalarida  bolalarni  saqlash  uchun  to’lovlari, 

ota-onalarning  musiqa  va  san’at  maktablarida  bolalarni  o’qitish  uchun  to’lovlari, 

maktabgacha  ta’lim  muassasalari  ishchilaridan  ovqatlanish  uchun  tushgan 

tushumlar,  shuningdek  ijtimoiy  ta’minot  organlaridan  byudjet  tashkiloti 

xodimlariga  pensiya  va  ijtimoiy  nafaqa  to’lash  uchun  tushgan  mablag’lar) 

o’rnatilgan tartibda HG’Hga kirim qilinadi. 

Joriy yilda byudjetdan mablag’ oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib 

tushgan  debitorlik  qarzlari  summasi  kassa  xarajatlarini  tiklash  orqali  HG’Hga 

kirim qilinadi (byudjetdan mablag’ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga 

oshiriladigan to’lovlari bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar). 

Byudjetdan mablag’ oluvchilarning o’tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy 

moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek tovar-moddiy boyliklarni, asosiy 

vositalarni  sotishdan  va  inventarizatsiya  (tekshirish)  natijalari  bo’yicha  kelib 

tushgan  summalar  HG’Hga  kirim  qilinadi  va  keyinchalik  ushbu  summalar 

byudjetdan  mablag’  oluvchilar  joylashgan  hududning  shartli  hisobvaraq  raqami 

(ShHR) bilan ochilgan 23402 (005) “Respublika byudjeti mablag’lari” daromadlar 

tranzit hisobvaraqlari orqali tegishli byudjetlarning daromadlariga o’tkazilishi bilan 

alohida shaxsiy hisobvaraqlarda hisobga olinadi.  

HG’H shaxsiy hisobvaraqlaridan ko’chirmalar HG’Hda operatsiyalar amalga 

oshirilganligini  tasdiqlovchi,  birlamchi  to’lov  hujjatlarining  asl  va  ko’chirma 

nusxalari  ilovalari  bilan,  shuningdek  naqd  pul  mablag’larini  berish  uchun  23212 

“Moliya vazirligi G’aznachiligi mablag’lari” va 23214 “G’aznachilikning hududiy 



264 

 

bo’linmalari  mablag’lari”  hisobvaraqlaridan  ko’chirmalar  ularga  ilovalar  bilan, 



tegishli  banklar  tomonidan  HG’Hda  va  23212  “Moliya  vazirligi  G’aznachiligi 

mablag’lari”  va  23214  “G’aznachilikning  hududiy  bo’linmalari  mablag’lari” 

hisobvaraqlarida  mablag’lar  harakatining  keyingi  ish  kunida  doimiy  ravishda 

g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etiladi. 




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish