Qonunning 3-moddasida korrupsiyaga doir asosiy tushunchalarga doir quyidagi
ta’riflar ifodalandi:
korrupsiya - shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini voxud
o’zga shaxslaming manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof
ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi
uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to’qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab
yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko’rsatayotgan yoxud ta’sir
ko’rsatishi mumkin bo’lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlaming,
jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga
kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyat.
Shuningdek, qonunda kormpsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari sifatida
qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik,
shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o’zaro hamkorligi; korrupsiyadan
ogohlantirish vajavobgarlikning muqarrarligi bo’yicha choralar ustuvorligi kabilar mustahkamlab
qo’yilgan.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari
sifatida quyidagilar belgilab qo’yildi:
- aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda
korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;
- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo’yicha
choralami amalga oshirish;
- korrupsion huquqbuzarliklami o’z vaqtida aniqlash, ularning oqibatlari, sabablari va
keltirib chiqargan sharoitlami bartaraf etish hamda kormpsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun
muqarrar jazolash tamoyilini tatbiq etish.
Shu bilan birga, Qonunda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish bo’yicha qator
choralar belgilandi. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash,
parlament va jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar faoliyati sifatini baholash hamda ishga
qabul qilish va mansab pillapoyalaridan ko’tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovlar
asosidagi saralashlarga amal qilish mexanizmlarini joriy etish belgilandi. Davlat organlari
xodimlarining huquqiy maqomi aniqlanib, ulami ijtimoiy himoya qilish, moddiy ta’minotini
oshirish va mehnat faoliyatini har tomonlama rag’batlantirish choralarini ko’rishga shart-sharoitlar
yaratildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy va tadbirkorlik sohalarida korrupsiya yuz bermasligi yoki undan voqif
etish qator choralar qatoridan ma’muriy va byurokratik to’siqlami bartaraf etish, turli ro’hatga olish,
ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish va ulami rasmiylashtirish tezkorligini
oshirish, davlat organlarining nazorat-tekshimv vakolatlarini optimallashtirish hamda ular bilan
tadbirkorlik subyektlari o’rtasida o’zaro munosabatlarining uzoqdan masofaviy tarzda bog’lana
olish shakllarini joriy etish belgilandi.
149
Shuning uchun ham Qonunda davlat organi xodimi biror-bir shaxs tomonidan uni
kormpsion huquqbuzarlikni sodir etishga da’vat qilish holati, shuningdek, boshqa xizmatchilar
tomonidan shu kabi holatlaming amalga oshirilishi bo’yicha unga oshkor bo’lgan ma’lumotlami o’z
rahbari yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etish huquqlari belgilab qo’yildi.
Mazkur majburiyatlaming amalda bajarilmasligi qonunchilikka muvofiq tegishli ravishda
jazolanishi qoidasi o’rnatildi. Komipsion jinoyat to’g’risida axborot bergan shaxs davlat himoyasi
ostiga olinadigan bo’ldi. Shuningdek, mazkur qoida yolg’on maiumotlami taqdim etuvchi
fuqarolarga nisbatan amal qilmasligiga e’tibor qaratildi.
Qonunning alohida moddalari bilan har qanday fuqaro turli tashkilotlar vadavlat organlari
faoliyati, o’ziga yoki boshqa shaxslar gumhiga taalluqli qabul qilinayotgan me’yoriy aktlar
to’g’risida ma’lumot olish huquqiga ega ekanligi belgilab qo’yildi. Davlat organlari, fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlari vanodavlat tashkilotlar tomonidan OAVga korrupsiya bilan bog’liq
hodisalar, dalillar, voqealar vajarayonlar to’g’risida maiumotlami taqdim etishi uchun qulay
sharoitlar yaratildi.
Mazkur chora-tadbirlaming yangi va yanada samarali tizimini yaratish, korrupsiyaga qarshi
kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan “Korrupsiyaga
qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy
munosabatlarini to’liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik
jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar
samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali
jamiyatda kormpsiyaning har qanday ko’rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat
qilishi bilan ham ahamiyatlidir.
Qonunda kormpsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari va bu boradagi davlat
siyosatining muhim yo’nalishlari mustahkamlab qo’yildi. Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari
himoya qilinishini ta’minlashning qo’shimcha huquqiy kafolatlarini yaratdi, shuningdek, u xususiy
mulk huquqiga g’ayriqonuniy tajovuzlar qilishdan, tadbirkorlik subyektlarfning faoliyatiga asossiz
aralashuvlami cheklashlardan himoya qila boshladi.
Qonunning 5-moddasiga binoan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat
siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagicha belgilandi:
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirjsh;
- davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-
tadbirlami amalga oshirish;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklami o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning
oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlami bartaraf etish, korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklami sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.
Qonunning 7-moddasiga binoan korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga
oshiruvchi davlat organlari sirasiga quyidagilar kiritildi: Bosh prokuratura; Davlat xavfsizlik
xizmati; Ichki ishlar vazirligi; Adliya vazirligi; O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlami legallashtirishga qarshi
kurashish departamenti; Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
Shu bilan birga, qonunda kormpsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni amalga
oshimvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlaming faoliyatini muvofiqlashtirish
uchun Kormpsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Respublika idoralararo komissiyasini tashkil etish
ham nazarda tutildi. Idoralararo komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi O’zbekiston
Respubiikasi Prezidenti tomonidan belgilanishi nazarda tutildi. Qoraqalpog’iston Respublikasida,
150
viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha hududiy idoralararo
komissiyalar tashkil etilishi belgilandi.
Unga muvofiq tarzda idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar
belgilandi:
- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga
oshirishni tashkil etish;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklaming oldini olishga, ulami aniqlashga, ularga chek
qo’yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlami
bartaraf etishga doir chora-tadbirlami ko’rish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
- hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.
Ma’lumki, jamiyatda kormpsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirishda keng
jamoatchilikning ishtiroki ta’minlanmasa, undan kutilgan natijalarga erishib bo’lmaydi. Mazkur
qonunning e’tiborli jihati shundaki, unda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat
notijorat tashkilotlari, fuqarolarning va ommaviy axborot vositalari kabi fuqarolik jamiyati
institutlarining ham korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishiga doir yangi huquqiy asoslar va
qoidalar mustahkamlab qo’yildi. Unga asosan, keng jamoatchilik, o’zini o’zi boshqarish organlari
yoki nodavlat tashkilotlar qonunga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat
dasturlarini va boshqa dasturlami ishlab chiqish hamda amalga oshirishda, aholining huquqiy ongi
va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirishda ishtirok etishi; kormpsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlarining ijro
etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Mazkur Qonunning 12-, 16-, 18- va 20-moddalari bevosita ta’lim tizimi jarayonida
qo’llanilishi moljallandi. Qonunning 16-moddasiga asosan, davlat organlari va boshqa tashkilotlar
kormpsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo’yicha zamr
chora-tadbirlami ko’rib borishlari lozim.
Shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini
oshirish uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar o’z mansabdor shaxslarining va
xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, jumladan, huquqiy
bilimlari darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlami ham amalga oshirib borishlari nazarda
tutildi.
Qonunda ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim
va tarbiyani olib borishga ham alohida urg’u berildi. Kelgusida ta’lim muassasalarida korrupsiyaga
qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya davlat tomonidan belgilab qo’yilgan ta’lim
standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida
huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislami kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta’lim
dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlami ishlab chiqishlari
belgilab qo’yildi.
Shuningdek, Qonunda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir
quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:
- davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini ta’minlash, davlat
boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining
mas’uliyatini kuchaytirish;
- kormpsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
151
Mazkur qonunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida uchrashi mumkin bo’lgan
kormpsiyaga oid jinoyatlaming oldini olish va ularga qarshi kurashish samaradorligini oshirish
uchun zamr barcha tartib-tamoyillar hamda ularning huquqiy asoslari mustahkamlab qo’yildi. Bu
esa mamlakatimizda kormpsiyaga qarshi kurashni takomillashtirishga oid islohotlaming yangi davri
boshlanganligini va bu jarayonda kormpsiyaga qarshi kurashish davlatning ustuvor vazifasi ekanligi
e’tirof etildi.
Mazkur Qonunning qabu qilinishi nafaqat davlat organlarining kormpsiyaga qarshi kurash
olib borishining huquqiy asoslarini yaratdi, balki mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga
ham shart- sharoitlar yaratdi: birinchidan, kormpsiyaga qarshi kurashning shaffofligi o’rnatildi;
ikkinchidan, kormpsiyaga qarshi kurash uchun fuqarolik jamiyati institutlariga ham vakolatlar va
huquqlar berildi; uchinichidan, qonunga binoan fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish ularning
kormpsiyani fosh etishda faol ishtirok etishini ta’rninlaydi; to’rtinchidan, fuqarolik jamiyatining
ijtimoiy va iqtisodiy tayanchi – mulkdorlar ijtimoiy qatlami korrapsiyaviy tajovuzlardan
himoyalanishi natijasi o’laroq mamlakat iqtisodiyo’lini rivojlantirishga ko’proq ta’sir etadi;
beshinchidan, jamiyatda ma’naviyat va axloq me’yorlariga itoat etish va amal qilish kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |