Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


darajalariga binoan korrupsiya quyi darajadagi, yuqori darajadagi va vertikal



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

darajalariga binoan korrupsiya quyi darajadagi, yuqori darajadagi va vertikal jihatlari bilan 
bir-biridan farqlanadi. 
Quyi  darajadagi  korrupsiya-hokimiyat  va  boshqaruv  organlarining  o’rta  va  quyi 
darajalarida  keng  tarqaladi,  mansabdorlar  va  fuqarolarning  muntazam  o’zaro  aloqalari  bilan 
bog’liqdir  (masalan,  ro’yxatdan  o’tkazish,  jarimalardan  qutilish,  litsenziyalar  hamda  turli 
ruxsatnomalar olish va sh.k.). 
Yuqori  darajadagi-korrupsiya  yuqori  hokimiyat  organlarida  ishlaydigan  siyosatchilar, 
oliy  martabali  mansabdorlarni  o’ziga  qamrab  oladi  va  juda  katta  boyliklar  evaziga  o’z  foydasiga 
qarorlar qabul qilish bilan bog’liqdir (qonunlarni ilgari surish va qabul qilish, davlat buyurtmalari, 
mulk  shakllarini  o’zgartirish  va  sh.k.).  Aksariyat  hollarda  korrupsiyaviy  bitimdan  manfaatdor 
bo’lgan ikkala tomon ayni bir davlat hokimiyati organida ishlashi mumkin. Masalan, quyi turuvchi 
davlat  organining  mansabdori  o’zidan  yuqorida  turuvchi  boshliqqa  o’zining  korrupsiyaviy 
harakatlariga homiylik qilishi yoki qo’shimcha mablag’lar, resurslar, vakolatlar ajratishi uchun pora 
beradi. 
Korrupsiyaning pora olish va xizmat mavqeini suiste’mol qilish kabi odatdagi shakllaridan 
tashqari, yana uning quyidagi amalda namoyon bo’lishi shakllarini bir-birlaridan farqlash mumkin: 
huquq  tizimini  isloh  etilishi,  Prezident  va  Xalq  qabulxonalariga  kelib  tushayotgan  murojaatlarni 
tahlil  etib  borish  qoidalarining  o’rnatilishi,  mnnsabdorlar  xizmatini  oxirgi  natijalariga  qarab 
baholanishi qoidalarini o’rnatilishi kabi chora-tadbirlar o’z natijasini bera boshladi. Yuqori davlat 
organlari bilan chatishib ketgan bir necha uyushgan jinoiy ishlar fosh etildi. 
2017-yilning  birinchi  yarmida  1566  ta  mansabdor  shaxsga  nisbatan  1130  ta  jinoiy  ish 
qo’zg’atilib, ulardan 954 tasi (84,4 foizi) sudga oshirilgan. Lekin bu davrda 2016-yilning birinchi 
yarmiga nisbatan sudga  oshirilgan jinoiy ishlar 22 foizga kamaydi. Korrupsiyaviy  faoliyat tufayli 


141 
keltirilgan  zararning  77  foizi  undirildi.  374  ta  guruhlar  tomonidan  sodir  etilgan  korrupsiyaviy 
jinoyatlar ochib tashlandi, 1330 tn korrupsiyaviy jinoyatlar aniqlandi. 
Mamlakatda har payshanba kuni “Huquqbuzarliklarni oldini olish kuni” deb e’lon qilinib, 
bu kunlari mehnat jamoalari va yasfiash joylarida huquqni himoya qilish organlari vakillari aholini 
ro’y berayotgan jinoyatlardan ogoh etib borish, aholini huquqiy madaniyatini oshirish tadbirlarini 
o’tkaish an’anaga aylandi. Shuningdek, payshanba kunlari ichki ishlar tayanch punktlarida “ochiq 
eshiklar kuni” o’tkazish, fuqorolarni qabul qilish ishlari olib borish qoidasi o’rnatildi. 
2018  yil  19-fevralda  O’zbekiston  ichki  ishlar  vazirining  bergan  ma’lumotlariga  binoan 
2017-yilda  1426  ta  korrupsiyaviy  jinoyatlar  fosh  etilib,  undan  171  tasi  poraxo’rlik,  109  tasi 
tovlamachilik, 517 tasi firibgarlik, 125 tasi noqonuniy valyuta aylanmasini amalga oshirish, 19 tasi 
soxta  pullarni  ishlab  chiqish,  190  tasi  davlat  mulkini  o’g’irlash  va  unga  kamomad  keltirish  kabi 
jinoyat turlarini tashkil etdi. 2017-yilda jinoiy harakat qilganligi uchun 230 ta ichki ishlar organlari 
xodimlari ustidan jinoiy ish qo’zg’atildi, 8000 ta xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. 2017-yilda 
73.692 ta jinoiy ishlar fosh etilib, bu 2016- yilgn nisbnlnn 15,7 foizga kamaygani ham qayd etildi. 
Shuningdek.  prokuratura,  davlat  milliy  xavfsizligi,  soliq  idoralari  kabi  mamlakatdagi 
barcha  davlat  organlari  faoliyati  tahlil  etilganida.  2017-yilga  kelib  korrupsiyaviy  jinoyatlarning 
ancha kamayganligi seziildi. Bu haqda Prezident Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy 
Majlisga  Murojaatnomasida  alohida  e’tibor  qaratilib,  mamlakatda  korrupsiyaning  2016-yilga 
nisbatan 33%ga kamayganligini ko’rsatib o’tdi. 
2017-yil  29-dekabr  kuni  O’zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasida  Korrupsiyaga 
qarshi  kurashish  bo’yicha  respublika  idoralararo  komissiyasining  navbatdagi  yig’ilishida  davlat 
organlari  va  boshqa  tashkilotlar  tomonidan  “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  to’g’risida”gi 
O’zbekiston Respublikasi Qonuni, 2017-2018-yillarga mo’ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish 
bo’yicha  Davlat  dasturida  belgilangan  chora-tadbirlarining  ijrosi,  yo’l  qo’yilgan  kamchiliklar 
muhokama  qilindi.  Shuningdek,  yig’ilishda  Komissiya  tomonidan  o’tgan  davrda  korrupsiyaga 
qarshi  kurashish  bo’yicha  ko’plab  tashkiliy-  huquqiy  ishlar  va  amaliy  tadbirlar  bajarilganligi 
ta’kidlab  o’tildi.  Xususan,  mamlakatda  aholining  huquqiy  ongi  va  huquqiy  madaniyatini 
yuksaltirish,  jamiyatda  korrupsiyaga  nisbatan  murosasiz  munosabatni  shakllantirish,  davlat  va 
jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko’lamli ishlar 
amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi. 
Shu bilan birga, komissiya davlat dasturi ijrosi tahlili ayrim vazirlik va idoralar tomonidan 
belgilangan  tadbirlar  ijrosiga  yetarli  mas’uliyat  bilan  yondashilmay,  unda  nazarda  tutilgan 
tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etilmaganligi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish 
masalasiga  doir  o’quv-metodik  va  ilmiy  adabiyotlar  ishlab  chiqilmaganligi,  bu  sohada  tizimli 
ravishda o’quv mashg’ulotlari tashkil etilmaganligi qayd etildi. 
Komissiya  korrupsiyaga  oid  huquqbuzarliklarni  oldini  olish,  aniqlash,  chek  qo’yish, 
shuningdek  korrupsiya  holatlarini  keltirib  chiqarayotgan  sabab  va  shart-sharoitlarni  bartaraf  etish 
borasidagi  chora-tadbirlarning  mutasaddi  tashkilotlar  tomonidan  samarali  va  o’z  vaqtida  amalga 
oshirilishiga qaratilgan aniq vazifalarni ko’rsatib o’tdi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  o’tgan  salkam  ikki  yil  ichida  O’zbekistonda  korrupsiyaga  qarshi 
kurashning  zamonaviy  huquqiy  asoslari  ishlab  chiqildi,  ular  amaliyotda  qo’llana  boshlandi. 
Muhimi,  aholining  Prezident  va  Xalq  qabulxonalari  vositasida  yuz  berayotgan  korrupsiyaviy 
jinoyatlarni  davlat  hokimiyati  organlariga  to’g’ridan  to’g’ri  yetkazish  imkoniyati  yaratildi. 
Korrupsiyaga  barham  berish  uchun  maxsus  davlat  hokimiyati  organlari  tuzilmalari  shakllandi, 
ularning  xalq  oldidagi  mas’ulligi  oshirildi.  Qisqa  davr  ichida  korrupsiyaviy  jinoyatlar  ancha 
kamaydi. Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashning fuqarolik jamiyatiga xos bo’lgan shakllari va 
targ’ibotlari  shakllantirildi,  bu  sohadagi  muhim  vazifa  sifatida  aholi  huquqiy  madaniyatini 
rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. 



Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish