Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037-yy.)  fikricha,  ijtimoiy  munosabatlar  odamlar  o’rtasidagi 
tafovut  va  tengliksizlik  natijasidir.  Xususan,  Ibn  Sino  “iqtisodiy  va  ijtimoiy  hamda  shaxsiy 
xususiyatlarga  ko’ra  tengsizlik  inson  ijtimoiy  faolligi  sababi  hisoblanadi”,  deb  ta’kidlaydi.  Ideal 
davlat  qurish  esa  jamiyat  a’zolarining  ma’naviy-axloqiy  ravnaqi  bilan  bog’liqdir.  Uning  fikricha, 
ma’naviy,  axloqiy  qadriyatlaming  yuksak  qadrlanishi  nafaqat  har  tomonlama  farovonlikni,  balki 
jamiyatda adolat va barqarorlikni ham ta’minlaydi. 
Bu  davrda  Sharqda  ijtimoiy  adolat,  ma’rifat  va  tenglik  nafaqat  nazariy  me’yor,  balki 
amaliy hayot me’yori, ijtimoiy-siyosiy muammolar yechimini topish va jamoa bo’lib yashashning 
asosi  sifatida  tushunildi  fozil  jamiyatni  (fuqarolik  jamiyatining  ilk  loyihasini)  shakllantirishning 
ma’rifatli  yo’li  tanlangan  bo’lsa,  Yevropa  ijtimoiy-siyosiy  tafakkurida  esa  xristianlik  dogmatikasi 
hukmronlik qilib, jamiyatni diniy va dunyoviy manfaatlar o’rtasida kurashlar tufayli “diniy” taiimot 
asosida namoyon bo’ldi. 
Mutafakkir  Yusuf  Xos  Hojib  o’zining  “Qutadg’u  bilig”  dostonida  davlatni  boshqarish 
amallari, qoidalari va siyosiy-axloqiy munosabatlarini jamiyatda qaror toptirishga e’tibor qaratdi. U 
davlat  boshqaruvi  va  xizmatini  tashkil  etish  turlarini  hamda  uning  turli  darajalarga  muvofiq 
sifatlarini tasniflaydi. Jumladan, “Shohlikka da’vogarlar onadan ajib bir iste’dod bilan tug’iladilar 
va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega boladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va 
yumshoq  bir  ko’ngil  ato  etadi,  qolaversa,  yaxshi  ish  yuritish  uquvi  bilan  ham  siylaydi”,  deb 
ta’kidlaydi. 
Adolatli  davlat  boshqaruvi,  uning  mukammal  nazariy  asoslarini  yaratish  borasida  ulkan 
ilmiy  meros  qoldirgan  o’rta  asrlar  mutafakkiri,  davlat  arbobi  Nizomulmulkning  “Siyosatnoma” 
asari  muhim  manba  hisoblanadi.  U  mansabdorlami  axloqiy  fazilatlariga  qarab  tanlash,  adolat  va 
insofhi  oyoqosti  qiladigan  kishilami  davlat  ishlariga  arulashtirmaslikni,  davlatni  boshqarishni 
kengash  bilan  olib  borish,  boshqaruv  faoliyatlarini  muntazam  nazorat  qilish,  itoat,  ijro  va  uning 
sil’ati  to’g’risidagi  qarashlari  hozirgi  davrda  ham  o’z  ahamiyatini  yo’qo’lgani  yo’q.  Ayniqsa, 
Nizomulmulkning  “ko’pchilik  bo’lib  qabul  qilingan  tadbir  eng  savobli  bo’ladi  va  shunday  yo’l 
tutish  kerak”  degan  fikri  ajdodlarimizning  davlat  qurilishining  adolatli  tartibotlariga  katta  e’tibor 
berganligidan dalolatdir. 
Ijtimoiy  siyosiy  taraqqiyotning  ma’naviy  asoslarini  o’rganishda  O’rta  Osiyoda  kelgan 
tasavvuf ta’limotining ahamiyati ham alohida muhim o’rin tutadi. Tasavvuf garchi islom bag’rida 
ildiz  otib,  Qur’on  va  hadislar  hikmatidan  oziqlangan,  ko’p  hollarda,  shariat  ahkomiga  suyangan 
bo’lsa-da,  u  rasmiy  diniy  aqidaparastlik  va  mutaasiblikka  hamda  hokim  tabaqalaniing  aysh-u 
ishratlarga g’arq bo’lgan turmush tarzi, talonchilik va manfaatparastlikka zid o’laroq, mehnatkash 
xalq  noroziligini  ifodaladi.  Tasavvuf  ta’limoti  asosida  adolat,  haqiqat,  to’g’rilik,  mehr-shafqat, 


54 
 
insof, iymon, e’tiqod, ilm, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi umuminsoniy qadriyatlami targ’ib 
qiluvchi  futuvvatga  asoslangan  bir  qancha  diniy,  siyosiy  oqimlar  paydo  bo’ldi.  Ular  jamiyatning 
axloqsiz unsurlariga g’oyaviy kuch sifatida qarshi qo’yildi. 
Ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivoji va huquqiy davlat va adoiatli jamiyatining asosiy sharti - 
qonun  ustuvorligi  tamoyilini  amaliyotda  qo’llash  tajribasini  Sharqning  buyuk  davlat  arbobi  va 
sarkardasi  Amir  Temurning  (1336-1405-yy.)  boy  ijtimoiy-siyosiy  va  ma’naviy  merosi  misolida 
ko’rish mumkin. Uning tuzuklarida davlat tizimi, uni idora qilish uslublari va vositalari, undagi turli 
lavozim-vazifalar darajasi, tabaqalaniing toifalanishi, harbiy qo’shinlaming tashkil etilishi, jang olib 
borish  mahoratlari,  davlat  xizmatchilari  rag’batini  tashkil  etish  omillari,  adolatli  soliq  turlarining 
joriy  etilishi,  mamlakatni  obodonlashtirish  tadbirlari  milliy  davlatchilikning  yuksak  madaniy  va 
huquqiy  darajada  shakllantirishga  erishganligidan  dalolat  beradi.  “Har  mamlakatning  yaxshi 
kishilariga  men  ham  yaxshilik  qildim,  nafsi  yomonlar,  buzuqlar  va  axloqsiz  odamlami 
mamlakatimdan  quvib  chiqardim.  Pastkash  va  razil  odamlarga  o’zlariga  loyiq  ishlar  topshirdim 
hamda  hadlaridan  oshishlariga  yoi  qo’ymadim.  Ulugiami  va  sharaf-e’tiborli  kishilami  hurmatlab, 
martabalarini oshirdim. Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulm-u sitam yoiini to’sdim”. 
Ma’lumki,  fuqarolik  jamiyatining  unsurlaridan  biri  bu  jamiyat  hayotiyligini  va 
samaradorligini  ta’minlovchi  kuch  -  qonun  ustuvorligidir.  Shu  jihatdan,  Sohibqiron  Amir 
Temuming quyidagi so’zlari hozirgi zamon bilan hamnafasdir: “Tajriba, - deb  yozadi u, - menga 
shuni ko’rsatdiki, din va qonunga tayanmagan hukumat, o’zining buyuk qudratini uzoq vaqt saqlab 
tura olmaydi. Uni har qanday yovuz kishi kirishi mumkin bo’lgan na tomi, na eshigi, na derazalari 
bor uyga o’xshatish mumkin. Shuning uchun men o’z saltanatimni islom arkonlari va boshqaruvda 
o’zim qat’iy amal qiluvchi qonunlar asosiga qurdim”. 
Shu  nuqtayi  nazardan,  muvaffaqiyatli  boshqaruv  qonuniyatiga  ko’ra,  Amir  Temur 
rahbaming  adolatga  tayanib  ish  ko’rishini  talab  etgan.  Uning  fikricha,  “Rahbar  uchun  barcha 
ishlarda  adolatga  amal  qilishi  kerak:  u  sotilmaydigan  va  fazilat  egasi  bo’lgan  odamni  vazirlikka 
tayinlashi lozim, chunki adolatli vazirning o’zi mahdud-rahbar qilgan adolatsizliklami to’g’rilashi 
mumkin,  ammo  vazirning  o’zi  shunday  bo’lsa,  halokat  yaqindir”.  Sohibqiron  fikricha,  davlat 
boshqaruvida yana bir muhim qonuniyat - qonun ustuvorligidir: “Qat’iy tartib va qonunlarga amal 
qilishim baxt-saodatim kaliti bo’ldi”. U asosiy qonunlar sifatida diniy ahkomlami va ular asosida 
yozilgan  fikrlami  bildi.  Ko’rinib  turibdiki,  Amir  Temur  adolatli  va  fozil  boshqaruvga  asoslangan 
jamiyat qurishga muhim e’tibor bergan. 
Komil  insonlar  yashaydigan  jamiyat  haqidagi  g’oyalar  Alisher  Navoiyning  (1441-1501-
yy.)  siyosiy  va  adabiy  faoliyati  asosi  bo’ldi.  Navoiy  ideal  ijtimoiy-iqtisodiy  tuzum  haqidagi 
qarashlarini  o’zining  “Saddi  Iskandariy”,  “Mahbub  ul-qulub”,  “Tarixi  anbiyo  va  hukamo” 
(“Payg’ambarlar  va  dononishmandlar  tarixi”  va  boshqa  asarlarida  talqin  etdi.  Ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzum muammolari faqat adolatli hukmdor boshqarayotgan va qonun ustuvor bo’lgan mamlakatda 
o’z  yechimini  topishi  mumkin.  Shunday  qilib,  Navoiy  fikricha,  adolat  va  qonun  ijtimoiy 
taraqqiyotning  asosi  hisoblanadi.  Uning  konsepsiyasida  hukmdor  shaxsi  alohida  ahamiyat  kasb 
etadi.  Fazilatli  va  ideal  shaxs  haqida  mulohaza  yuritar  ekan,  Navoiy  o’ziga  xos  insonparvarlik 
nazariyasini  yaratdi.  Bu  nazariyada  mutafakkir,  bir  tomondan,  hukmdor  va  bog’bonni,  boshqa 
tomondan, davlat va bog’ni bir-biriga solishtiradi. Unga ko’ra, agar bog’bon aqlli va mehnatsevar 
bo’lsa,  uning  bog’i  gullab-yashnaydi.  Xuddi  shu  tariqa  agar  mamlakatning  aqlli,  dono,  adolatli, 
xalqi uchun qayg’uradigan va uni sevadigan hukmdori bo’lsa, u rivojlanadi va farovonlashadi. 
Navoiy nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning 
ma’naviy  mezonlarini  rivojlantirishga  katta  hissa  qo’shdi.  Ayniqsa,  uning  adolatsizlik  va  zulm 
davlatni tanazzulga, jamiyatni jaholatga olib kelishi to’g’risidagi qarashlari g’oyatda ahamiyatlidir: 
“...davlat ishi bilan mashg’ul bo’lgan mansabdorlik chog’larimda ko’ngil mulkini turli odamlaming 
hujumi  bulg’aladi.  Goh  amirlik  o’rnida  o’tirdim  va  hukumat  mahkamasida  xalqning  arz-dodini 


55 
 
so’rdim va  goh podshoh  yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan  elga 
mumvvat ko’rsatdim”, deb  yozadi. Adolatli jamiyat shakllanishining asosiy omili sifatida Navoiy 
insoniy  fazilatlar  -  adolatlilik,  rahmdillik,  mehnatsevarlik,  rostgo’ylik,  vatanparvarlik,  vijdonlilik, 
insonparvarlik vajasorat kabilami namuna sifatidakeltiradi. 
Antik davr va o’rta asr Sharq allomalarining fuqarolik jamiyatiga oid konseptual-nazariy 
merosi va nazariy ishlanmalari hozirgi davrga qadar o’z ahamiyatini yo’qo’tmagan. Ular qoldirgan 
ilmiy  meros  fuqarolik  jamiyati  tamoyillarining  rivojlanishi,  insoniy  birlik  sifatida  jamiyat  tarixiy 
taraqqiyotining muhim omillari sifatida hozirgi fuqarolik jamiyati qurish g’oyalarini to’ldirmoqda.  

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish