Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning tashkiliy asosi - o‘zini o‘zi
boshqarishhuquqining instituti sifatida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tuzilishi,faoliyat
tartibi, shakli va prinsiplarini, faoliyat doirasini belgilab beruvchi huquqiy normalarning
mushtarak tizimidir.
Fuqarolarning o‘zini o‘ziboshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi -
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mablag‘laridan, ushbu organlarga xalq
deputatlari tuman va shahar kengashlari belgilangan tartibda ajratgan byudjet mablag‘laridan,
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy hayr-ehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa mablag‘lardan tashkil topadi.
Fuqarolik – insonlarni muayyan davlat, davlatchilik bilan bog‘liq huquqiy holatlarini,
munosabatlarini ifoda etuvchi tushunchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |