Liberallashtirish – ijtimoiy hayotning barcha sohalarida erkinlik ustuvor bo‘lishini,
jamiyatning evolyutsion rivojlanish yo‘lini e’tirof etuvchi va asoslovchi nazariya, amaliyot.
Liga - lot. ligare-bog‘lamoq; ijtimoiy-siyosiy birlashma; davlatlar, tashkilotlar, alohida
shaxslar ittifoqi.
Lobbi - lot. lobyy-kuluar; jamiyatdagi ma’lum bir siyosiy doiralar, kuchli iqtisodiy
tizilmalar manfaatlarini ifodalovchi, ana shu manfaatlarni amalga oshirish parlament va
mansabdorshaxslarga bosim o‘tkazishga intilayotgan guruhlar.
Madaniyat – kishilarning tabiatni, borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirish jarayonida
yaratgan moddiy, ma’naviy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yo‘llari
va uslublari majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |