Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


 O’zbekistonda o’zini o’zi boshqarish organlarini demokratlashtirish jarayoni



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

2. O’zbekistonda o’zini o’zi boshqarish organlarini demokratlashtirish jarayoni 
Markaziy  Osiyoda,  xususan,  Q’zbekistonda  mahalla  o’zini  o’zi  boshqaruvchi  ijtimoiy 
institutning noyob shakli sifatida bir necha ming yillardan buyon  yashab kelmoqda. O’zbek xalqi 
uchun  mahalla  jamoa  tushunchasiga  nisbatan  ko’proq  jamoaviylik,  uyushganlik,  ittifoq  kabi 
tushunchalami anglatadi. Mahalla odamlar o’rtasidagi munosabatlarda yaxshi qo’shnichilik, o’zaro 


187 
hurmat va insonparvarlik kabi qadriyatlami shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. U fuqarolarning 
ijtimoiy  manfaatlarini  himoya  qiladi,  aholining  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  qatlamlariga  aniq  va 
manzilli yordam ko’rsatadi. 
Hozirgi  davrda  O’zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  tub  o’zgarishlar  va  islohotlar 
natijasida zamonaviy jahon stivilizatsiyasi talablariga mos keladigan hamda milliy ma’naviyatimiz 
an’analarimizni  o’zida  aks  ettirigan  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarini  shakllantirishni  hayot  kun 
tartibiga qo’ymoqda. Shu ma’noda mahalla - o’zbek xalqining bebaho boyligi bo’lib, u ma’naviy-
axloqiy  qadriyatlami  asrab-avaylash,  barkamol  yosh  avlodni  tarbiyalashga  xizmat  qilmoqda. 
Mamlakatda  mahalla  haqiqiy  demokratiya  va  aholini  ma’naviy-axloqiy  qadriyatlar  mhida 
tarbiyalash maktabiga aylandi. 
Mahalla  o’zbek  xalqining  turmush  tarzi,  mhiyati,  ijtimoiy  hayotining  o’ziga  xos 
xususiyatlarini  aks  ettimvchi,  milliy  an’analari,  urf-odatlari,  axloqiy-ma’naviy  qadriyatlarini 
avloddan-avlodga yetkazuvchi maskan, ijtimoiy birlashma darajasiga erishdi. 
Mahallalarda  istiqomat  qiluvchi  fuqarolarning  bir-birini  qoilab  quvvatlashi  tufayli 
yurtimizda tinchlik, osoyishtalik, millatlararo hamkorlik kabilarga erishilmoqda, ana shu qadriyatlar 
tufayli  tarixiy-  madaniy  merosimiz  e’zozlanmoqda,  tiklamoqda,  qadr  topmoqda.  Mahalla  -  asrlar 
davomida o’z hududida istiqomat qiluvchi aholining ijtimoiy jihatdan uyushtimvchi, aholi orasida 
ma’naviy-ahioqiy  qadriyatlami  yuksaltirish  va  fuqarolarni  himoya  qilish  organi  sifatida  yashab 
kelmoqda.  Mahalla  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  va  ijtimoiy-siyosiy  barqarorlikni 
mustahkamlashda davlat va jamiyatning eng ishonchli ko’makchisidir. Shuningdek, mahalla milliy 
qadriyatlami tiklash, o’zaro munosabatlarini mustahkamlash, axloqiy normalami qaror, ma’naviyat 
va ma’rifatni aholi o’rtasida yoyishda keng imkoniyatlarga egadir. Mahallada yashayotgan odamlar 
bir-birlarini  har  tomonlama  yaxshi  biladi,  o’z  hududidagi  yaxshi  va  yomon  odamlami  bir-biridan 
ajrata oladi. Shu bois, barqarorlik, totuvlik, ijtimoiy adolat kabi qadriyatlami ro’yobga chiqarishda 
mahallaning  o’rni  beqiyosdir.  Shuni  ta’kidlash  joizki,  hozirgi  davrga  kelib  mahalla  ijtimoiy 
munosabatlarini  mustahkamlashning  eng  ta’sirchan  va  eng  ishonchli  instituti  sifatidagi  o’rnini 
saqlab  kelmoqda.  Mustaqillik  davrida  mahalla  institutining  nufuzini  oshirish  nafaqat  ijtimoiy-
iqtisodiy,  balki  siyosiy,  tarbiyaviy  va  ulkan  ma’naviy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  ustuvor  vazifa 
sifatida  belgilandi.  Mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirishda  uning  har  oila  va  uning 
a’zosini  barkamol  inson  sifatida  shakllinishida  uning  o’rnini  bosadigan  boshqa  biron-bir  institut 
mavjud emas. Mahalla fuqarolar yig’ini oqsoqolini saylashni ham demokratik, ham xalqchillik, ham 
adolat  prinsipiari  asosida  o’tkazish  xalqimizning  an’anasiga  aylandi.  Fuqarolar  yig’ini  raisi 
(oqsoqoli)  ni  saylash  jarayonini  fuqarolar  yig’ini  faoliyatini  samarali  tashkil  etishning  asosiy 
omilidan biri hisoblanganligi uchun 2004-yil 29-aprelda “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning 
maslahatchilari saylovi to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunda fuqarolar yig’ini raisi 
(oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylashning asosiy prinsiplari, saylovga tayyorgarlik ko’rish va 
uni  o’tkazish  tartib  qoidalari,  shuningdek,  oqsoqollikka  nomzodlarga  qo’yiladigan  talablar 
mujassamlashdi.  2013-yilda  bu  Qonunning  yangi  tahriri  qabul  qilinib,  uning  muhim  jihati  -  bu 
fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha alohida-alohida komissiyalarini tuzishni 
muvofiqlashtirishi  hisoblanadi.  Ilgarilari  fuqarolar  yig’inlarida  sakkiztadan  o’n  beshtagacha 
komissiyalar  faoliyat  yuritayotgan  bo’lib,  ularga  uslubiy-metodik  yordam  ko’rsatish  hamda 
faoliyatini  muvofiqlashtirishda  qator  noqulayliklar  vujudga  kelgan  edi.  Qonunning  18-moddasida 
fuqarolar  yig’ini faoliyatining asosiy  yo’nalishlari bo’yicha 8 ta komissiyalar faoliyat olib borishi 
helgilab  qo’yildi.  Shuningdek,  tegishli  hududdagi  muammolaming  dolzarbligidan  kelib  chiqib, 
fuqarolar yig’ini tomonidan yana boshqa komissiyalar ham tuzish huquqlari ham berildi.. Mahalla 
fuqarolar  yig’inlari  komissiyalari  faoliyatini  samarali  tashkil  etish  va  takomillashtirish  vositasida 
mahallannig  jamiyat  hayotidagi  o’rni  va  ahamiyatini  yanada  oshirish  maqsadida  Vazirlar 
Mahkamasining  2013-yil  7-oktabrdagi  274-sonli  qarori  mahalla  hududida  ish  olib  boradigan 


188 
komissiyalaming  namunaviy  Nizomlari  tasdiqlandi.  Shuningdek,  Vazirlar  Mahkamasining  qarori 
bilan  mazkur  Qonun  ijrosi  doirasida  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  faoliyatini 
muvofiqlashtirish bo’yicha respublika va hududiy Kengashlaming tashkil etilishi jamiyat hayotidagi 
muhim  voqelik  bo’ldi.  Mazkur  Kengashlar  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari 
faoliyatining  tashkiliy  asoslarini  yanada  takomillashtirish,  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
vakolatlarining  amalga  oshirilishiga  ko’maklashish,  ular  faoliyatidagi  muammolami  kompleks 
o’rganish  va  tizimli  hal  qilish  yuzasidan  aniq  asoslangan  takliflar  hamda  ta’sirchan  mexanizmlar 
ishlab chiqish vazifalarini bajara boshladi. 
O’zbekistonda  huquqiy  davlati  qurish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirishga  qaratilgan 
islohotlaming  zamirida  “Kuchli  davlatdan  -  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari”  tamoyili  yotadi.  Bu 
tamoyilning  asosiy  maqsadi  mahaliiy  davlat  hokimiyati  organiarining  ba’zi  vakolatlari 
fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  va  fuqarolik  jamiyalining  boshqa  institutlariga 
bosqichma-bosqich o’tkazishdan iboratdir. Hech shubha yo’qqi, bu chora-tadbirlar har bir mahalla 
hududida  xususiy  mulkni  rivojlantirish,  bu  orqali  aholini  ish  bilan  ta’minlash,  iste’mol  bozorini 
to’ldirish,  ijtimoiy  infratuzilmani  taraqqiy  ettirish,  odamlarning  farovonligini  oshirish  kabi 
masalalami mahalliy hokimiyat va fuqaroiaming o’zini o’zi boshqarish organlari hamkorligida hai 
etish  imkonini  beradi.  Hozirgi  davrda  mamlakatda  10  mingga  yaqin  fuqarolar  yig’inlariga  oldin 
mahalliy  davlat  hokimiyati  organlariga  taalluqli  bo’lgan  30  dan  ziyod  boshqaruv  va  boshqa 
vakolatlar  berilib,  ular  bu  vakolatlami  muvaffaqiyatli  tarzda  bajarib  kelmoqda.  O’z  faoliyatida 
amalga  oshirilayotgan  keng  ko’lamli  tashkiliy-huquqiy  chora-tadbirlami  uddalab  kelayotgan 
mahalla  noyob,  boshqa  davlatlarda  takrori  bo’lmagan  tuzilmaga  aylandi.  Hozirgi  davrga  kelib 
fixqarolar  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarining  ijtimoiy-siyosiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlami 
chuqurlashtirish jarayonida faol ishtirok etishi uchun mustahkam zamin yaratildi. Shu bilan birga, 
mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirishning  zamonaviy  talablari  fuqarolarning  o’zini 
o’zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalaming samarali ijrosini ta’minlash tizimini 
yanada takomiilashtirishni taqozo etmoqda. 
Qadimiy  va  noyob  boshqaruv  shakli  bo’lgan  mahalla  institutini  har  tomonlama 
rivojlantirishga,  uning  vakolatlarini  yanada  kengaytirishga  hamda  qonunchilik  tizimida  belgilab 
berilgan  vakolatlardan  yanada  samarali  foydalanishga  ko’maklashish  borasida  olib  borilayotgan 
islohotlar  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarining  jamiyatdagi  o’rni  yanada  oshib  va 
mustahkamlanib  bormoqda.  Davlat  hokimiyati  organlari  faoliyati  ustidan  jamoatchilik  nazoratini 
amalga  oshirish  fuqarolik  jamiyati  barpo  etishning  eng  muhim  shartlaridan  biri  hisoblanadi. 
Fuqarolar yig’ini tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar 
va shaharlar ijroiya hokimiyati rahbarlarining turli sohalarga oid masalalar yuzasidan hisobotlarini 
eshitish,  fuqarolar  yig’inlarining  murojaatlari  ko’rib  chiqilishi  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish, 
atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  hududning  sanitariya  holati,  uni  obodonlashtirish  masalalari 
yuzasidan  o’z  vakolati  doirasida  tegishli  hududda  joylashgan  korxona,  muassasa  va  tashkilotlar 
rahbarlarining  hisobotlarini  tinglash  hamda  ularning  natijalari  bo’yicha  qarorlar  qabul  qilish  kabi 
faoliyatlar mahalla fuqarolar yig’inlarining jamoatchilik nazorati va iste’molchilaming huquqlarini 
himoya  qilish  komissiyasi  faoliyatida  o’z  ifodasini  topmoqda.  Shuni  aytish  joizki,  qonun  asosida 
tashkil  etilgan  “Mahalla  posboni”  jamoatchilik  tuzilmasi  faoliyatining  asosiy  maqsadi 
mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarda 
ogohlik  va  hushyorlikni  oshirish,  huquq-tartibotni  mustahkamlashda  fuqarolarning  o’zini  o’zi 
boshqarish organlari bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamkorligidagi ishlami tizimli 
tashkil  etishga  ko’maklashishdan  iboratdir.  Mahallalarda  ijtimoiy-  ma’naviy  muhitni 
sogTomlashtirish,  huquqbuzarlikning  oldini  olishda  mahalla  posbonlari  IIB  profilaktika 
inspektorlarining yaqin ko’makchisiga aylandi. 


189 
Qonunga  binoan  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  faoliyatini 
muvofiqlashtirish bo’yicha respublika kengashi, shuningdek, Qoraqalpog’iston  Respublikasi,
 
viloyat, tuman va shahar muvofiqlashtirish kengashlarining tuzilishi natijasida bu organlar 
faoliyatining tashkiliy va huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlami 
qo’llash  va  ularga  amal  qilish  faoliyati  ustidan  monitoring  olib  borish,  qonun  hujjatlarida 
belgilangan vakolatlarining amalga oshirilishiga ko’maklashish, muammolami kompleks o’rganish, 
tizimli hal qilish yuzasidan aniq taklif va mexanizmlari ishlab chiqish kabi sohalar samarasi oshib 
bormoqda. Ayni paytda, mahallalarda aholi bilan ishlash, uning dardini eshitish, uchrab turadigan 
oilaviy  kelishmovchiliklar,  ishsizlik,  mahalla  ahlidan  tushadigan  turli  xil  arzlarga  doir  masalalar 
yechimini  topish,  mahallalar  hududlarini  gazlashtirish,  suv  bilan  ta’minlashni  yo’lga  qo’yish, 
mahalla  guzarlarida  maishiy  xizmatlami  tashkil etish,  mahalladagi  to’y  va  ma’rakalami  ma’naviy 
qadriyatlarga rioya qilgan holda o’tkazish, ko’kalamzorlashtirish, tozalik-ozodalik oylarini o’tkazib 
turish kabi tadbirlami amalga oshirishni mahallasiz tasavvur etib bo’lmaydi. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish