Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


 jadval. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining asosiy yondashuvlari



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

2.1. jadval. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarining asosiy yondashuvlari 
XX  asr  boshlaridan  fuqarolik  jamiyati  sohasida  amalga  oshirilgan  tadqiqotlar  “fuqarolik 
jamiyati”  kategoriyasining  funksional  tavsiflarini  tushunish  murakkablashdi.  Buning  sababi 
fuqarolik jamiyati tushunchasini tadqiq etishda fuqarolarning ijtimoiy hayotida dolzarb talablarini 
aks  ettiruvchi  yangi  mezonlaming  kiritilganligida  bo’ldi.  Shu  tariqa  fuqarolik  jamiyati  haqidagi 
tasavvurlar  rivojini  tizimlashtirish  quyidagi  shakllarda  yuz  berdi:  birinchidan,  ularning  ijtimoiy-
falsafiy  asoslari  tasniflari  bilan,  ikkinchidan,  mafkuraviy  asoslaming  xususiyatlariga  ko’ra, 
uchinchidan, fuqarolik jamiyatining sof ilmiy konsepsiyalarini aniqlash bilan belgilandi. 
Biroq  fuqarolik  jamiyati  modeli  dastlabki  tayanch  ijtimoiy-falsafiy  nazariyalar  va 
konsepsiyalarini ikki guruhga bo’lish rusumga kirdi: 
- formatsion va sivilizatsion yondashuvlar; 


62 
 
- modernizatsiya va postmodemizm konsepsiyasi. 
Yuqoridagilami  hisobga  olgan  holda  fuqarolik  jamiyatining  quyidagi  g’oyaviy-falsafiy 
doktrinalari ishlab chiqildi: 
- “byurokratik davlat sotsializmi doktrinasi”; 
- “avtoritar davlat kapitalizmi doktrinasi”; 
- “demokratik sotsializm doktrinasi”; 
- liberal-demokratik (“bozor demokratiyasi”). 
Byurokratik davlat sotsializmi uchun fuqarolik jamiyati - bu buijua, kapitalistik jamiyat, u 
xususiy  mulkka  va  yollanma  mehnatga  asoslanadi.  Byurokratik-davlat  sotsializmi  tarafdorlari 
fuqarolik  jamiyatini  ijtimoiy  notenglik  va  jamiyatda  kuchayib  borayotgan  keskinlik  sababi,  deb 
biladi. 
Avtoritar-davlat  kapitalizmi  fuqarolik  jamiyatini  xususiy  biznes,  oilaviy-qarindoshlik  va 
boshqa  nodavlat  munosabatlar  sohasi  bo’lib,  u  o’zida  kapitalistik  davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy 
bazasini mujassam qiladi, deb hisoblaydi. 
Demokratik  sotsializm  konsepsiyasi  tarafdorlariga  ko’ra,  fuqarolik  jamiyati  bu  ijtimoiy-
siyosiy  tashkilotlar  va  institutlar  majmuyi,  u  demokratik  davlat  bilan  birga  ijtimoiy  (iqtisodiy, 
siyosiy va hokazo) demokratiya asosini tashkil qiladi. 
“Bozor  demokratiyasi”  nazariyotchilari  fuqarolik  jamiyatini  bozor  demokratiyasi 
jamiyatiga  o’xshash  insoniy  birlik  deb  biladi.  Ular  fikricha,  fuqarolik  jamiyati  iqtisodiy  jamiyat 
bo’lib,  iqtisodiy  hayotni  boshqarish  imkoniyatlarida  cheklangan  va  ular  ijtimoiy  birlashmalar  va 
harakatlar tomonidan nazorat qilinadi. 
Shunday  qilib,  fuqarolik  jamiyati  g’oyasining  qayta  jonlanishida  jamiyatni 
davlatlashtirishga, jamiyat hayotida davlat roli va ta’sirining favqulodda o’sishiga qarshi qarashlar 
ham shakllandi. Ch.Teylor, E.Arato, R.Dvorkin va boshqa tadqiqotchilardan iborat bo’lgan o’ziga 
xos normativ diskurs ham shakllandi. Shuningdek, jamiyatning nodavlat sohasining ijtimoiy-siyosiy 
faolligi va o’z-o’zini tashkillashtirishning ahamiyati bog’liq bo’lgan muhim quyidagi konsepsiyalar 
ham shakllandi: 
- liberal an’ana konsepsiyasi; 
- amerikacha kommunitarizm konsepsiyasi; 
- yevropacha neokonservatizm konsepsiyasi; 
- post-markscha konsepsiya; 
Fuqarolik jamiyatining liberal an’ana g’oyasi, umuman olganda, yangilik emas. Fuqarolik 
jamiyati haqidagi dastlabki tasavvurlar mumtoz ingliz liberalizmi davridayoq ishlab chiqilgan edi. 
Fuqarolik  jamiyati  konsepsiyasining  amerikacha  madaniy  va  tarixiy  o’zagida 
“respublikachilik”  g’oyasi  yotadi.  U  XX  asrdagi  o’zini  o’zi  boshqarish  va  o’zini  o’zi  ijtimoiy 
uyushtirishga  asoslangan  teng  huquqli  fuqarolar  tomonidan  tashkil  etilgan  amerika  kommunalari, 
ya’ni lokal birlashmalarining uyg’un va faollikdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqidagi tasavvurlarga 
asoslandi. 
Avtoritar-burjua doktrinasi (“davlat kapitalizmi” doktrinasi)  
Liberal-demokratik doktrina (“bozor demokratiyasi” doktrinasi)  
Fuqarolik jamiyati zamonaviy konsepsiyasining mafkuraviy modellari 
Avtoritar-sotsialistik  doktrina  (“davlat  byurokratik  sotsializmi”  doktrinasi)  Sotsial-
demokratik doktrina (“demokratik sotsializm” va “sotsialistik fuqarolik jamiyati” konsepsiyasi). 
Mazkur  kommunalar  o’zini  o’zi  uyushtirishi  fuqarolik  jamiyati  turi  sifatida  qoilab-
quvvatlangan.  Bu  to’g’risida  batafsil  axborotlar  A.  de  Tokvil  asarlarida  keltirilgan.  Bunda 
demokratik  madaniyat  kommunal  o’zaro  hamkorlik  va  sherikchilik,  shuningdek,  xristian  axloq 
qadriyatlarining yuqori darajada namoyon bo’lishi bilan boshqalardan farqlanadi. Shu bilan birga, 
bu kommunitaristik loyihalarga binoan jamoaviy qadriyatlar individual qadriyatlardan ustun bo’lib, 


63 
 
individlar  o’zaro  ishonch  va  hamkorlik  muhitida  o’z  qiziqishlarini  uyushma  qiziqishlariga 
bo’ysundirishga tayyor turadi. 
Turli  manbalar  tahlili  shuni  ko’rsatadiki,  mumtoz  marksizm  zamonaviy  diskursning 
alohida  konseptual  yo’nalishi  sifatida  fuqarolik  jamiyatining  kelib  chiqishini,  jamiyatning  feodal-
aristokratik  va  patemalistik  tizimi  o’rniga  kommersiya  kapitalizmi  davridagi  iqtisodiy 
partikulyarizm bilan bog’laydi. Biroq Marks unda individual erkinlik va avtonomiyani emas, sinfiy 
jamiyatda  obyektiv  mavjud  bo’lgan  notenglikni,  erksizlik  va  ijtimoiy-iqtisodiy  begonalashuvni 
berkitib tumvchi niqobni, ya’ni uning tashqi shaklini ko’rgan, xolos. 
Keyinroq  postmarksistik  loyiha  doirasidagi  nazariyotchilar,  fuqarolik  jamiyati  g’oyasini 
qaytadan  ko’rib  chiqishga  urindi.  Shu  tariqa,  postmarksistik  tushunishga  binoan  u  quyidagicha 
asoslanadi:  fuqarolik  jamiyati  “oxirgi  vaqtlarda  paydo  bo’layotgan,  jamiyatning  erkin  ixtiyoriy 
assotsiatsiyalari,  shuningdek,  huquqiy  va  ommaviy  institutlari  doirasida  yuzaga  kelgan 
jamoaviylikning  nomumtoz  shakllari,  nafaqat  davlat  tizimi  doirasidan,  balki  kapitalistik  bozor 
iqtisodiyo’li chegarasidan ham chiqib ketayotgan ijtimoiy birliklar”dir. Bu kabi qarash markazida, 
birinchidan,  davlat-byurokratik  mashinasining  “umumiy  manfaatlar  davlati”  sharoitida,  ta’sir 
doirasining  kengayib  borishi,  ikkinchidan,  transmilliy  koorporatsiyalar  va  globallashuv  davrining 
markazlashgan iqtisodiyo’lini jamiyatga xavf tug’dirishi g’oyasi turadi. 
Fuqarolik  jamiyatining  zamonaviy  konsepsiyalarini  tahlil  etish  shuni  ko’rsutadiki,  ularda 
mazkur  fenomenning  ontologik  va  gnoseologik  jihatlariga  nisbatan  ijtimoiy  qarashlaming  xilma-
xiltigini  ko’ramiz.  Shuni  ta’kidlash  o’rinliki,  fuqarolik  jamiyatining  zamonaviy  konsepsiyalari 
ijtimoiy muammolar tahlilining tizimli mezonlarini ishlab chiqqanligi va ilmiy hamjamiyat oldiga 
muhim va zaruriy konseptual va amaliy ycihimlarni talab qilayotgan yangi masalalami ko’ndalang 
qilib  qo’yganligi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  XX  asr  nafaqat  texnik  tiuuqqiyot,  balki  tizimli 
ftkrlashning shakllanishi va hukmronligi davri ho lganligini ham nazardan qochirmaslik lozim. 
 
 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish