Mustaqil bosma OAV lari –davlat boshqaruvidan holi bo‘lgan, o‘zining fikr va so‘z
erkinligini ro‘yobga chiqaruvchi, lekin bunda o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik doirasidagina
olib boruvchi ommaviy axborot vositalaridir.
Nizom- muayyan davlat yoki jamoat tuzilmalarini tashkil etish tartibini, tuzilishi, vazifasi,
funksiyalari va vakolatlarini belgilovchi kodekslashtirilgan normativ hujjat hisoblanadi.
Nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan
ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib
olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida
taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |