Ma’naviy jasorat – yer yuzida barcha o‘lmas obidalarni, insoniyat hayotini tubdan
o‘zgartirib yuborgan jamiki ulug‘ kashfiyot va ixtirolarni, mumtoz san’at va adabiyot durdonalari
hamda mardlik va qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan insonlarning mislsiz aql-zakovati
vayuksak ma’naviy salohiyatini ifodalaydi.
Ma’naviy tahdid – tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi
erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish
maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion hurujlarni nazarda tutadi.
Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki
dunyosi, irodasini baquvvat, imon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos
kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |