Axborot madaniyati – jamiyatning axborot resurslar va axborotkommunikatsion
texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek bu maqsadlarda axborotlashtirish vositalar va
axborot texnologiyalarni rivojlantirish sohasida ilg‘or yutuqlarni qo‘llash qobiliyati. Axborot
madaniyati kishida axborot muhiti bilan o‘zaro munosabatda bilim, mahorat, ko‘nikma va refleksli
ko‘rsatmalar mavjud bo‘lishi bilan ifodalanadi. Kishining axborot madaniyatining eng muhim
elementlaridan biri – axborot resurslarini bilish (ulardan erkin foydalanish imkoniyati).
Axborot makoni – (Axborot muhiti) axborotni saqlash, ishlash va uzatish bo‘yicha
texnikaviy va dasturiy vositalar, shuningdek axborotlashtirish jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy shartsharoitlari majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |