Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayangan holda faoliyat ko’rsatadi. Jumladan



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayangan holda faoliyat ko’rsatadi. Jumladan: 
- siyosiy sohada hamma odamlaming huquq va erkinliklarining tengligi; 
- butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo’lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq 
va erkinliklari kafolatlangan huquqiy himoya; 
-  individlaming  mulkka  ega  bo’lish  va  halol  mehnati  uchun  adolatli  haq  olish  huquqiga 
asoslangan iqtisodiy mustaqil ekanligi; 
- qonun bilan kafolatlangan fuqarolarning manfaatlari, kasbiy belgilari bo’yicha davlatdan 
va siyosiy partiyalardan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari; 
- siyosiy partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi; 
- fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma’naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a’zolarini qonun oldida 
ma’suliyatli  qilib  shakllantiradigan  fan,  madaniyat,  ta’lim  va  tarbiya  uchun  zamriy  moddiy  va 
boshqa shart- sharoitlami yaratish; 
-  faqat  qonun  bilan  cheklangan  davlat  senzurasidan  tashqari,  erkin  faoliyat  yuritadigan 
OAV yaratish va faoliyat yuritish erkinligi; 
-  davlat  va  fuqarolik  jamiyati  o’rtasidagi  munosabatlarini  hnrqarorlashtiradigan 
mexanizmning  (konsensusning)  mavjudligi  hamda  fuqarolik  jamiyati  xavfsizligining  davlat 


48 
 
organlari  tomonidan  ta’minlanishi.  Bu  mexanizm,  rasmiy  bo’ladimi,  norasmiy  bo’ladimi,  u  o’z 
ichiga  qonuniy  aktlami,  xalq  vakillarini  demokratik  saylov  yo’li  bilan  hokimiyatning,  o’z-o’zini 
boshqarishning turli organlari vositasida tayinlash kabilami oladi. 
Iqtisodiy sohada fuqarolik jamiyat asosini ko’p ukladli iqtisodiyot, mulkning turli shakllari 
va  boshqariladigan  bozor  munosabatlari  tashkil  etadi;  huquqiy  sohada  esa  hokimiyat  boshqaruvi 
vakolatlarining  markazda  yig’ilib  qolmasligi,  hokimiyatlar  bo’linishi,  siyosiy  plyuralizm, 
fuqarolarning davlat va jamoat ishlarida ishtirok etishlari, qonun ustuvorligi, hammaning ular oldida 
tengligi;  ma’naviy  sohada  yagona  mafkura  va  dunyoqarashning  yakkahokimligining  mavjud 
emasligi, vijdon erkinligi, madaniylik, yuqori ma’anaviyat va axloq tashkil etadi. 
Fuqarolik  jamiyati  shaxs  erkinligisiz  yashamaydi.  Erkinlik  me’yoriy  ko’rinishga  ega 
bo’lgani  uchun,  bundan  shunday  xulosa  kelib  chiqadiki,  bir  tomondan,  inson  erkinlikka  uning 
normativ talablariga bo’ysunish qobiliyati natijasida ega bo’ladi, boshqa tomondan, shaxs erkinligi 
borlig’ining tashqi shakli bu erkinlikning chegaralarini belgilovchi ijtimoiy me’yorlar mavjudligini 
anglatadi. Va faqatgina jamiyat uchun yoki insonning o’zi uchun eng muhim ahamiyatga ega, eng 
asosiy hisoblangan sohalardagina davlatning o’zi erkinlikning o’lchovini, me’yorini belgilab beradi. 
Bu esa huquqiy me’yorlar, qonunlar, Konstitutsiya yordamida amalga oshiriladi. 
Bunda huquq va erkinliklaming o’zi, jumladan, bir tomondan, konstitutsiyaviyligi, ikkinchi 
tomondan,  fuqarolik  jamiyatining  rivojianganlik  darajasi  bilan,  shuningdek,  uning  iqtisodiy, 
ijtimoiy,  ijtimoiy-siyosiy  uyushganligining  yetukligi  darajasi  bilan  belgilanadi.  Boshqa  tomondan 
qaraganda,  inson  va  fuqaroning  huquq  hamda  erkinligining  to’  liqligi,  ularning  kafolatlanganligi 
darajasi,  ularning  hayotdagi  izchilligi  fuqarolik  jamiyatining  haqiqiy  erkinlik  va  ijtimoiy  adolatli 
jamiyat sifatida muhim tavsiflarini namoyon etadi. Demak, faqat fuqarolik jamiyati sharoitidagina 
inson  va  fuqaro  huquqlari  har  tomonlama  ro’yobga  chiqadi.  Shu  tariqa  fuqarolik  jamiyati  qator 
muhim fiinksiyalami bajaradi: 
1. Qonun ustuvorligi asosida u insonning va fuqarolarning shaxsiy hayot sohasini davlat va 
boshqa  siyosiy  tuzilmalaming  asoslanmagan  qat’iy  muvofiqlashtirishidan  himoya  qilishni 
ta’minlaydi. 
2.  Fuqarolik  jamiyati  uyushmalari  asosida  ijtimoiy  (jamoatchilik)  o’zini  o’zi  boshqarish 
mexanizmlari yaratiladi va rivojlantiriladi.  
3.  Fuqarolik  jamiyati  davlatning  demokratik  organlarini,  uning  barcha  siyosiy  tizimini 
shakllanishi  va  sodda  ko’rinishga  keltirilishiga  ko’mak  beradi,  bunda  u  turli  vositalardan 
foydalanadi: saylov kampaniyalari va referendumlar, norozilik  yoki bu  yoki u talablarini qo’llab-
quvvatlash aksiyalarida, u yoki bu masalalar bo’yicha jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etish 
kabilar. 
4. Fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari o’z e’tiborini insonlaming huquq va 
erkinliklarini  amalda  kafolatlashni  va  davlat  va  jamoat  ishlarida  teng  ishtirokini  ta’minlashga 
qaratadi. 
5.  Fuqarolik  jamiyati  o’z  a’zolariga  nisbatan  ijtimoiy  nazorat  funksiyalarini  bajaradi:  u 
davlatdan  mustaqil  ravishda  vosita  va  sanksiyalar  berishga  ega  bo’lishi  mumkinki,  ularning 
yordamida  individlaming  jamoa  talablariga  rioya  qilishlariga  majburlashi,  fuqarolarning 
ijtimoiylashuvini va tarbiyalanishini ta’minlashi mumkin. 
6. Fuqarolik jamiyati kommunikatsiyaviy vazifani bajaradi. Bu jamiyat davlat organlariga 
fuqarolarning aniq manfaatlari haqida axborotlar berib turadi, bu manfaatlami amalga oshirish esa 
faqat davlat organlariga tegishlidir. 
7.  Fuqarolik  jamiyati  o’z  institutlari  va  tashkilotlari  vositasida  barqarorlashtiruvchilik 
vazifasini bajaradi. U davlat faoliyatida tang holatlar  yuz berganida unga  yordam beradi, jamiyat 
hayotini yashashini ta’minlaydigan mustahkam tuzilmalarini yaratadi. 


49 
 
Ma’lumki,  Vatanimiz  mustaqillikka  erishganidan  so’ng  bozor  iqtisodiyo’liga  asoslangan 
erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish 
bosh  strategik  maqsad  sifatida  belgilandi.  Shu  kabi  jamiyatgina  O’zbekiston  xalqining  munosib 
turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analar va ma’naviyatimizni qayta tiklashi, 
shaxs sifatida insonning ma’naviy- axloqiy kamol topishini ta’minlay olishi e’tirof etildi. 
Fuqarolik  jamiyatini  shakllantirishning  asosiy  mezonlaridan  biri  -  bu  uning  huquqiy 
negizini  yaratishdan  iborat  bo’lganligi  bois,  birinchi  navbatda,  O’zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasida  fuqarolik  jamiyatining  huquqiy  poydevorini  o’matishga,  uning  asosiy  qoida  va 
talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi normalarining o’z ifodasini topishiga alohida e’tibor 
berilgan. 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  fuqarolik  jamiyatining  usosiy  qoida  va 
talablarini aks ettimvchi prinsipial ahamiyatga ega bo’lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini 
ifoda etib, uning mnnliuitlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va 
fijqarolar  oldida  mas’ul  ekanligi  (2-modda)  ,  xalq  davlat  hokimiyatining  birdan  bir  manbayi 
hisoblanishi  (7-modda)  ,  O’zbekiston  Respublikasi  davlat  hokimiyatining  tizimi  -  hokimiyatning 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanishi (11-modda) , 
O’zbekiston  Respublikasida  ijtimoiy  hayot  siyosiy  institutlar,  maflcuralar  va  fikrlaming  xilma-
xilligi  asosida  rivojlanishi,  hech  qaysi  mafkura  davlat  mafkurasi  sifatida  o’rnatilishi  mumkin 
emasligi  (12-modda)  kabi  fuqarolik  jamiyatining  asosiy  prinsiplari  yuridik  jihatdan 
mustahkamlangandir. 
Mustaqillik  davrida  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  bo’yicha  Konstitutsiyamizda  qayd 
etilgan asosiy prinsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, 
sud-huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlash, 
saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, 
demokratik  bozor  islohotlari  va  iqtisodiyotni  liberallashtirishni  yanada  chuqurlashtirish  bo’yicha 
tadrijiy islohotlar amalga oshirildi. 
O’zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  yaratish  va  rivojlantirish  bo’yicha  amalga 
oshirilgan  ishlar,  fuqarolik  jamiyati  shakllanishi  va  rivojlanishini  shartli  ravishda  to’rt  bosqichga 
bo’linadi: 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish