Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

Tizimlilik  -  fuqarolik  jamiyatini  bir  butun  tizim  sifatida  va  har  bir  belgilaming  paydo 
bo’lishi, rivojlanishi va tizimdagi o’rni va rolini aniqlash. 
Qiyosiy tahlil - fuqarolik jamiyati shakllanish va rivojlanish tajribalarini solishtirish, har 
bir davlatdagi o’ziga xos jihatlarini ko’rsatish. 
Fuqarolik  jamiyati  fani  bakalavriat  bosqichi  o’quv  rejasidagi  “O’zbekiston  tarixi”, 
“Falsafa”,  “Milliy  g’oya”,  “Iqtisodiyot  nazariyasi”,  “Dinshunoslik”  kabi  fanlar  bilan  o’zaro 
bog’liqdir. Ushbu fanlarda fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining turli yo’nalishlaridagi 
holati, qonuniyatlari, tamoyillari o’rganiladi. “Fuqarolik jamiyati” fanining o’ziga xosligi shundan 
iboratki,  u,  jamiyatni  rivojlanib  boruvchini  bir  butun  yaxlit  tizim  va  tizimning  tarkibiy  qismlari 
sifatida o’rganadi. Ijtimoiy fanlaming xulosalari asosida fuqarolik jamiyati fani jamiyat taraqqiyoti 
qonuniyatlarini umumlashtiruvchi funksiyani bajaradi. 
Fuqarolik  jamiyati  fanining  metodologik  funksiyasi  ijtimoiy  fanlaming  rivojlanishi 
ijtimoiy  jarayonlami  o’rganishning  umumiy  yo’nalishlarini  belgilashdan,  ishlab  chiqilgan 
me’yorlaming foydalanilishidan iborat. 
Fuqarolik  jamiyati  fanining  prognostik  (bashorat  qilish)  funksiyasi  jamiyatning 
rivojlanish istiqbollarini oldindan ko’rishga inson huquqlari va erkinliklarining namoyon bo’lishida 
ko’rinadi.  Jamiyatning  har  bir  fuqarosi  o’z  kasb-kori  va  ixtisosligidan  qat’i  nazar  jamiyat 
rivojlanishi to’g’risidagi bilimlami chuqur egallashi orqaligina yon atrofida ro’y berayotgan voqea 
hodisalaming  kelib  chiqish  sabablari  va  oqibatlarini  bilishi,  ulami  boshqarishda  bevosita  yoki 
bilvosita ishtirok etish, bunyodkor kuchga aylanishi mumkin. 
Ijtimoiy-siyosiy fanlarda “fuqarolik jamiyati” va “davlat” tushunchalari uzoq davrlar bir-
biridan unchalik farqlanmay keldi, ular aynan bir mazmundagi tushunchalar sifatida ishlatildi. Biroq 
XVII  asr  o’rtalaridan  boshlab,  jamiyat  turli  jabhalarining  tabaqalashishi,  nodavlat,  o’zini  o’zi 
boshqarish  unsurlarining  shakllanishi,  ba’zi  fuqarolarning  o’z  huquq  va  erkinliklarini  qo’lga 
kiritishi,  erkin  fikrlaydigan  va  mustaqil  individning  shakllanishi  jarayoni  ijtimoiy  taraqqiyotning 
ikki tamoyilini yuzaga keltirdi. Ular endi fan obyekti sifatida o’rganila boshlandi. 


44 
 
Davlatda  hokimiyatning  uchga  bo’linish  prinsipining  asoslanishi,  siyosiy  partiyalar, 
manfaatlar guruhlarining (kasaba uyushmalari, ommaviy axborot vositalari va h.k.) paydo bo’lishi 
bilan jamiyat hayoti mazmuni endi faqat davlat hokimiyati bilan cheklanib qolmaslikni taqozo etdi. 
Jamiyat boshqaruvi dunyosiga yangi ishtirokchi institutlar kirib kela boshladi, ular siyosiy qarorlar 
qabul qilish, fuqarolik jamiyati strategiyasini ishlab chiqish, shaxs faoliyatining umumiy maqsad va 
mazmunini shakllantirish jarayoniga sezilarli darajada ta’sir ko’rsata boshladi. 
Fuqarolik jamiyati tushunchasi absolutizm rejimi ag’darilganidan so’ng shakllangan yangi 
hayotni,  ya’ni  fuqarolarning  shaxsiy  hayotini  davlat  tazyiqidan  xalos  etishni  aks  ettira  boshladi. 
Fuqarolik  jamiyati  unsurlari  davlatning  jamiyatdagi  nodavlat  ijtimoiy  tuzilmalaridan  ajralishi, 
nodavlat ijtimoiy munosabatlarining nisbatan mustaqillikka erishishi natijasi o’laroq paydo bo’ldi. 
Fuqarolik  jamiyati  shakllanishi  va  rivojlanishi  jarayoniga  monand  ravishda  huquqiy  davlat 
shakllana boshladi. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish