G`ilofli issiqlik almashgichlar.
Bunday qurilmalarda (reaktorlarda) isitish yoki sovitish boshqa
jarayonlar bilan (masalan, kimyoviy) birgalikda olib boriladi. 21.10-rasmda qo׳sh devorli yoki g`ilofli
qurilmaning shakli ko׳rsatilgan. Bunda issiqlik almashinish yuzasi vazifasini reaktorning devori
bajaradi. G`ilof (2) qobiq (1) flaneslar (4) yordamida biriktirilgan. Qurilma devorining tashqi yuzasi va
g`ilof oralig`idagi bo׳shliqda issiqlik tashuvchi agent (masalan, suv bug`i) sirkulyatsiya qiladi.
Qurilmaning ichida esa issiqlikni qabul qiluvchi agent (suyuqlik) bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |