Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc


Yuqori harorati suyuqliklar bilan isitish



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/206
Sana18.08.2021
Hajmi2,15 Mb.
#150277
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   206
Bog'liq
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR

 
Yuqori harorati suyuqliklar bilan isitish.
 Kimyoviy texnologiyada ko׳pgina moddalarni isitish 
uchun bir qator talablar qo`yiladi. Bunday talablar qatoriga eng avvalo bir me’yorda isitish va 
xavfsiz ishlash sharoitini ta’minlash kiradi. Ayniqsa, isitilishi lozim bo׳lgan moddani qisqa 
muddatda ham o׳ta qizib ketishi mumkin bo׳lmagan holatda, bu talablar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu talablarga javob beradigan issiqlik tashuvchi agentlar qatoriga o׳ta qizdirilgan suv, mineral 
moylar, organik suyuqliklar, suyultirilgan tuzlar, suyuq metallar va boshqalar kiradi. 
O׳ta qizdirilgan suv yoki boshqa suyuq holatdagi issiqlik tashuvchi agentlar yordamida isitish tabiiy 
yoki majburiy sirkulyatsiya  bilan ishlaydigan qurilmalarda olib boriladi. Tabiiy sirkulyatsiya  bilan 
ishlaydigan qurilma (20.2-rasm, shakli) tutun gazlari bilan isiydigan zmeevik, issiqlik sarflana-
digan qurilma, suyuqlikni ko׳tarish va tushirishga mo׳ljallangan quvurlardan tashkil topgan. 
Zmeevik o׳txonada yoqilg`ining yonishidan hosil bo׳lgan gazlar yordamida qizdiriladi. Zmeevik 
ichida qizdirilgan suyuqlik ko׳tarish quvuri orqali issiqlik sarflaydigan qurilmaga tushadi va o׳z 
issiqligini isitilishi lozim bo׳lgan suyuqlikka beradi. Natijada issiqlik tashuvchi suyuqlik soviydi. 
Harorati pasaygan suyuqlik tushirish quvuri orqali o׳txonada joylashgan zmeevikka qaytadi. 
Shunday qilib, berk tizim sovuq va issiq suyuqliklar zichliklarining farqi ta’sirida tabiiy 
sirkulyatsiya  yuz beradi. Bunday sharoitda suvning tezligi 0,2 m/s ga teng bo׳ladi. Quvurlar 
korroziyasini kamaytirish va kondensatsiyalanmaydigan gazlarning ajralishini yo׳qotish uchun 
isitish tizimi distillangan suv bilan to׳ldirilishi zarur. 
Tabiiy sirkulyatsiya li qurilmalarning yaxshi ishlashi uchun issiqlik sarflovchi qurilma o׳txonaga 
nisbatan eng kamida 4-5 m balandlikda joylashgan bo׳lishi kerak. Natijada isitish qurilmasining 
umumiy balandligi ancha katta qiymatga ega bo׳ladi. Ammo bu sharoitda ham suyuqlikning tezligi 
ancha kichikdir, shu sababli tabiiy sirkulyatsiyali isitish qurilmalarining ish unumi yuqori emas. 
Majburiy sirkulyatsiyali qurilmada (20.2-rasm, b shakli) o׳txona va issiqlik sarflovchi qurilma 
o׳rtasidagi suyuqlik nasos yordamida harakatga keltiriladi. Majburiy sirkulyatsiya  yordamida 
suyuqlikning tezligi 2—2,5 m/s va undan kattaroq bo׳lishi mumkin, natijada issiqlik almashinish 
jarayonining samaradorligi ham ko׳payadi. Bunday chizmada issiqlik sarflovchi qurilmani 
o׳txonadan yuqoriga ko׳tarish kerak emas. Bu qurilmada bitta o׳txona bir necha qurilmani issiqlik 
bilan ta’minlashi mumkin. Biroq sirkulyatsiya  uchun nasosning ishlatilishi qurilma va undan 
foydalanishni qimmatlashtiradi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish